2§ maktab kimyo kursining tuzilishi va mazmuni. O‘quv jarayonini rejalashtirish. Reja
XI sinf organik kimyo kursining davomi /haftasiga 2 soatdan, jami 23
Download 220.96 Kb. Pdf ko'rish
|
2-Ma`ruza (KUM)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shu munosabat bilan kimyoning nazariy masalalarini o‘rganishni 3 bosqichda amalga oshirish tajribasiga amal qilish zarur bo‘ladi.
XI sinf organik kimyo kursining davomi /haftasiga 2 soatdan, jami 23
soat / organik moddalarning tuzilishi va xossalarini qaytarish. 2 soat. 10 - mavzu. Aminlar. Aminokislotalar. Azotli geterosiklik birikmalar. 6 soat, amaliy ish belgilanmagan. 11 - mavzu. Oqsillar. Nuklein kislotalar. 4 soat, amaliy ish belgilanmagan. 12 - mavzu. Yuqori molekulyar sintetik moddalar va ular asosida olinadigan polimer materiallar. 7 soat, 2 soat amaliy ishga ajratilgan. 13 - mavzu. Organik kimyo kursidan olingan bilimlarni umumlashtirish 2 soat. Umumiy kimyo kursi /haftasiga 2 soatdan, jami 45 soat. 1 - mavzu. Atomlarning tuzilish ta’limoti asosida D.I.Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy qonuni va davriy jadvali. 5 soat. 2 - mavzu. Modda tuzilishi. 7 soat. 3 - mavzu. Kimyoviy reaksiyalarning sinflanishi va kimyoviy reaksiyalarining borish qonuniyatlari. 5 soat. 4 - mavzu. Metallmaslar. 8 soat. 5 - mavzu Metallar. 8 soat. 6- mavzu Mamlakatimiz xalq xo‘jaligini rivojlantirishda kimyoning roli. 10 soat, 5 soat amaliy ishga ajratilgan. Kimyo fanini kimyoviy elementlar davriy sistemasi va davriy qonuni, atom va molekulalarning tuzilishi haqida erishilgan bilimlar asosida o‘rganish maqsadga muvofiq ekanligini keyingi yillarda maktabda kimyo o‘qitish tajribasi isbotlab berdi. Shu munosabat bilan kimyoning nazariy masalalarini o‘rganishni 3 bosqichda amalga oshirish tajribasiga amal qilish zarur bo‘ladi. Birinchi bosqichda o‘quvchilar kimyoviy elementlar, atomlar, moddalar, kimyoning asosiy tushunchalari va qonunlari, atomning tarkibiy qismlari, anorganik moddalar haqidagi dastlabki bilimlar bilan tanishtiriladi. Ikkinchi bosqichda kimyoviy elementlar davriy sistemasi va davriy qonun, atomning tuzilishi, ularning xossalarini belgilab beradigan omil ekanligi, kimyoviy bog‘lanishning elektron tabiati, kimyoviy ishlab chiqarishning yutuqlariga doir bilimlar o‘rganiladi. Uchinchi bosqichda kimyoviy elementlar davriy sistemasidagi ayrim guruhlarda joylashgan, tabiatda ko‘p tarqalgan metallar, metallmaslar, ularning muhim birikmalari, shu birikmalarning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, ularni laboratoriya va sanoat miqyosida olish, eng kerakli birikmalarni sanoat miqyosida olishda kechadigan texnologik jarayonlar, organik moddalar, ularning formulalari, tabiatda uchrashi, ahamiyati bilan o‘quvchilar tanishtirib boriladi. Bunda oddiy va murakkab moddalarning xossalari ularning tarkibi va tuzilishiga, qo‘llanish sohalariga bog‘liq ekanligiga, hamda kimyoga oid o‘quv-laboratoriya jihozlaridan, asbob va uskunalardan foydalanish, tajriba ishlarini bajarish, ularning natijalari asosida xulosalar chiqarish, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish malakalarini shakllantirish va har bir kimyoviy reaksiyaning amaliy ahamiyatiga alohida e’tibor beriladi. Dasturda har bir bo‘limga ajratilgan dars soatlari taxminiy bo‘lib, ular shu bo‘limga oid mavzularni o‘rganishga, unga oid ko‘rgazma va tajribalarni namoyish etishga, laboratoriya ishlarini bajarishga, masalalarni yechishga hamda o‘quvchilar bilimini baholashga mo‘ljallangan. Har bir bo‘lim oxirida keltirilgan laboratoriya ishlaridan ayrimlarini bajarish uchun asboblar yetarli bo‘lmagan taqdirda teng kuchli boshqa laboratoriya ishi bilan almashtirilishi mumkin. Ko‘rgazma va tajribalarni namoyish etish hamda laboratoriya ishlarini bajarishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilinishi zarur. O‘quvchilar kimyo darslarida olgan bilimlarini amaliy jihatdan sayohatda yanada mustahkamlashlari mumkin. Sayohat mavzusi va obyekti o‘qituvchi tomonidan belgilanadi. Download 220.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling