2. Markaziy bankning funktsiyalari: emission funktsiya; “banklarning banki” funktsiyasi


Markaziy bankning “davlatning banki” funktsiyasi; rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini boshqarish funktsiyasi


Download 37.39 Kb.
bet6/8
Sana11.05.2023
Hajmi37.39 Kb.
#1454762
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Markaziy bankning rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini boshqarish funksiyasi

3.Markaziy bankning “davlatning banki” funktsiyasi; rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini boshqarish funktsiyasi.
Markaziy bank, davlat banki sifatida, Davlat byudjetining kassali bajarilishini amalga oshiradi, davlat organlarining naqd pulsiz operatsiyalarini ma’lum qismini amalga oshiradi, xukumatning tashqi qarzlarini to’lashga xizmat qiladi, byudjet defitsitining ma’lum qismini qoplashga va boshqa davlat muassasalarining xarajatlarini moliyalashtirish maqsadlariga qisqa muddatli kreditlar beradi. Hamda xukumatga pul-kredit va valyuta masalalari boyicha maslahatlar beradi.

Masalan, Bundesbank davlat banki sifatida Federatsiyaga, ma’muriy-hududiy bo’linmalarga hamda Federatsiyaning parabyudjet fondlariga kreditlar berish huquqiga ega. Bu kreditlar hajmi cheklangan bo’lib, qisqa muddatli xarakterga egadir.

Davlat banki sifatida Bundesbank, xukumat nomidan uning obligatsiyalarini, moliyaviy veksellarini sotadi va ularni sotish uchun e’lon qiladi. U federal zayomlar kursini barqaror darajada saqlanishi uchun javobgar hisoblanadi.

Markaziy bank davlatning asosiy bankiri va xukumatning moliyaviy maslahatchisi bo’lib hisoblanadi. Bu borada:




  • xukumat miqyosidagi tashkilotlarning hisob raqamlarini yuritadi;

  • davlat zayomlarini chiqarish, saqlash va ular bilan tegishli operatsiyalarni amalga oshiradi;

  • xukumatga kredit beradi;

  • davlatning oltin-valyuta va qimmatbaho toshlardan iborat rezervini o’zida saqlaydi va boshqaradi;

  • mamlakat miqyosida valyuta kursini o’rnatadi, foiz siyosatini yurgizadi va davlatning boshqa davlatlar oldidagi majburiyatlariga javob beradi. Ular bilan korrespondentlik munosabatlarini o’rnatadi va olib boradi.

Markaziy bankning davlat banki sifatidagi funktsiyasining muhim kqrinishlaridan biri xukumatning tashqi qarzlarini tqlash jarayonida namoyon bo’ladi.


4. Oltin-valyuta zaxiralarini boshqarish funktsiyasi.
Davlatning oltin - valyuta rezervlarini boshqarish funktsiyasi. Markaziy Bank davlatning oltin, kimmatbaxr metal va kamyob toshlarni valyuta zaxiralarini boshqaradi. Davlatning rasmiy oltin-valyuta zaxiralari xalkaro xisob-kitoblarda aktivlar rezervi, xisob-kitoblar boyicha davlatning kafolatli sug’urta fondi sifatida namoyon bo’ladi. Odatda mamlakat oltin zaxiralarining asosiy qismi Markaziy bank ixtiyoriga berilgan bo’ladi. Ba’zi davlatlarda oltin zaxiralar moliya ministrligi ixtiyorida bo’lib, markaziy bank oltin bilan operatsiyalarni olib boradi.
Rivojlangan davlatlarda xukumatning odatda, chet el valyutalarida hisob-raqamlari bo’lmaydi. Mamlakatning oltin-valyuta zaxiralarini boshqarish Markaziy bank zimmasida bo’lib, ularning summasi Markaziy bank balansida aks etadi. Xukumatning esa, chet el valyutalarida tashqi qarzlari mavjud bo’ladi. qarzni tqlash muddati kelishi bilan xukumat Markaziy bankka tqlov topshiriqnomasi yozadi. Bank qzining valyuta zaxiralari hisobidan xukumatning tashqi qarzini to’laydi va to’langan summaning milliy valyutadagi ekvivalentini xukumatning hisob raqamlaridan chegirib oladi. Rivojlangan industrial davlatlarda Markaziy bank bajaradigan an’anaviy funktsiyalardan biri - valyuta zaxiralarini boshqarishda Markaziy bankning monopol mavqeiga ega ekanligidir. Xususan, Avstriya, Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSh kabi davlatlarning markaziy banklari mamlakat valyuta zaxiralarini boshqarishda ana shunday huquqqa egadirlar. Markaziy banklarning maslahatlar berish va ma’lumotlar bilan ta’minlash funktsiyasini uning davlat banki sifatidagi funktsiyasiga kiritish mumkin. Markaziy bankning ma’lumotlar talab qilish huquqi to’g’risida tijorat banklari uchun hisobotlar shaklini va topshirish muddatini belgilab berishligini Markaziy bankning ma’lumot - tadqiqot funktsiyasining bir ko’rinishi sifatida ko’rsatadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Markaziy bankning funktsiyalari qo`yilgan maqsadlarga erishishni ta’minlash uchun xizmat qiladi. Shu sababli asosiy maqsadga erishish yo`lida belgilangan u yoki bu vazifani hal etish Markaziy bank funktsiyalarining ayrimlarini boshqalariga nisbatan faolroq jalb qilinishini talab etadi. Yuqorida qayd etib o`tilgan Markaziy bankning asosiy an’anaviy funktsiyalari xalqaro bank tizimida an’anaviy ko’rinish sifatida keng tarqalgan, ya’ni har bir rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar Markaziy banklarining funktsiyalari bir-biriga o’xshab ketadi. Ommaviy axborot vositalari, nashriyot va matbaa korxonalari, matbuot tarqatuvchi tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qabul qilingan Prеzidеnt qaroriga binoan ular uchun yaratilgan imtiyoz va prеfеrеnsiyalar mazkur tuzilmalarning mustaqilligini so‘zda emas, amalda ta’minlashda qulay moliyaviy sharoit tug‘dirib, ushbu sohada mеhnat qilayotgan ming-minglab ishchi va xodimlarning daromadini, moddiy farovonligini oshirish bilan birga boshqa bir qator tarmoqlar rivojiga ham katta ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Bularning barchasi, hеch shubhasiz, mamlakatimiz axborot maydonida sog‘lom raqobat muhitini yaratish, fikrlar xilma-xilligiga erishish, matbuot minbari orqali barcha ijtimoiy qatlamlarning fikr va qarashlarini ifoda etish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish uchun mustahkam zamin bo‘lmoqda. Turli g‘oya va manfaatlar kurashi tobora kuchayib borayotgan bugungi vaziyatda yolg‘onni rost, rostni yolg‘on, dеb ko‘rsatishga urinish, axborot-kommunikatsiya vositalarini o‘zining uzoqni ko‘zlaydigan manfaatlariga xizmat qilishga majbur etish, g‘arazli maqsadlar yo‘lida odamlarni, millatlarni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish, ularni hayotdan norozi qilish, turli soxta ma’lumotlarni tarqatish, o‘zgalarni pisand qilmasdan, kuchi yetadigan davlatlarga po‘pisa va zo‘ravonlik ko‘rsatish, hеch kim bilan hisoblashmay kuch ishlatish holatlari avvalambor ommaviy axborot vositalarining bugungi o‘quvchi, tinglovchi va tomoshabinlaridan oqni qoradan, haqiqatni uydirma gaplardan ajratish uchun o‘zining mustaqil dunyoqarashi va fikriga ega bo‘lishini taqozo etadi.

Download 37.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling