2-ma’ruza : nerv tizimining fiziologiyasi va oliy nerv faoliyatining yosh xususiyatlari reja
Download 77.32 Kb.
|
2-Maruza (7)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar;
2-MA’RUZA : NERV TIZIMINING FIZIOLOGIYASI VA OLIY NERV FAOLIYATINING YOSH XUSUSIYATLARI Reja: 1.Nerv sistemasini tuzilishi. 2.Refleks tushunchasi. 3.Nerv sistemasini tashkiliy qismlari. 4.Oliy nerv faoliyati haqida tushuncha. 5.Nerv sistemasini gigyenasi. 6.Uyqu va uyqu gigiyenasi. Tayanch iboralar; Periferik nerv, neyron, dentrit, reflektor yoy ,refleks, shartli reflaks, shartsiz reflaks, limb sistemasi ,qizil yadro, maktab kasalliklari, sezuvchi neyron ,markaziy neyron ,harakatchan neyron Nerv sistemasi faqat tirik organizmlarga xos bo’lib turlicha tuzilgan va murakkablik darajasi ham har xil bo’ladi. Nerv sistemasi hayvonlar organizmining barcha organlarning o’zaro aloqasini va bir butun bo’lib harakat qilishini ta’minlaydi. Uning yordamida turli- tuman ta’sir idrok etiladi va analiz qilinadi, tashqi va ichki muhitdagi o’zgarishlarga ko’ra javob reaksiyalari shakllanadi, ya’ni organizmning o’z- o’zini idora qilishi va moslashuvi jarayonlari boradi. Nerv sistemasi organlar va to’qimalarga turli moddalar yordamida qon orqali ta’sir qiladigan gumoral sistema bilan o’zaro bog’liq holda ishlaydi. Biroq nerv mexanizmi birmuncha takomillashgan hisoblanadi, chunki taassurot nerv tolalari bo’lib faqat muayyan organlarga katta tezlik bilan tushadi. Nerv sistemasi asosan tashqi muhitdan, ichki organlardan keladigan turli axborotlarni qabul qiladi va ularni markaziy nerv sistemasiga yetkazib beradi. Nerv sistemasi organizmdagi barcha organlarni bir-biri bilan bog’lab, organizmning bir butunligini ta’minlaydi. Organizmni tashqi muhit bilan bog’laydi hamda uni tashqi muhitga moslashtiradi. Nerv sistemasi yordamida atrof muhitdan turli signallar qabul qilinadi, ular analiz va sintez qilinib, turli reaksiyalar bilan javob qaytariladi. Nerv sistemasi ichki sekretsiya bezlarida ishlab chiqariladigan turli gormonlarning qon orqali organizmga ko’rsatadigan ta’sirini, moddalar almashinuvini boshqarib turadi, o’sish, rivojlanishga ta’sir etadi. Bundan tashqari nerv sistemasining oliy bo’limlarida ruhiy funksiyalar amalga oshiriladi. Idrok etish, fikrlash va hokazolar oliy nerv faoliyati bilan boshqarilib turiladi. Download 77.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling