2-Ma’ruza Avtomobil yo’llarini topografik xaritada trassalash. Avtomobil trassasi bo’ylab teodolit va nivelirda bajariladigan ishlar. Avtomobil trassasi bo’ylab geometric niverlirlash ishlari mohiyati


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana18.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1573029
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-ma\'ruza

Suv ayirgʻich trassasi - joyning nisbatan yuqori otmetkalaridan oʻtadi. Planda
trassa nisbatan murakkab boʻlgani bilan ish xajmi kam, sun’iy inshootlarni kam
talab qiladi, hamda geologik sharoit yaxshi boʻladi. Lekin tepalik joylarda suv
ayirgʻichlar ensiz va egri-bugri boʻladi, shuning uchun trassani murakkablashtirib
yuboradi. 
Togʻ yon bagʻri trassasi - togʻ yon bagʻrida joylashgan boʻladi. U odatda
juda tekis nishablik bilan loyihalanishi mumkin, ammo planda egri – bugri boʻladi. 
Bu yerda jarlik, chuqurliklar koʻp uchraydi va bu foydalanishni qiyinlashtiradi. 
Koʻndalang suv ayirgʻich trassasi vodiy va suv ayirgʻichlarni kesib oʻtadi. 
Planda trassa toʻgʻri chiziqqa yaqin, lekin murakkab oʻtish inshootlarini qurishga
toʻgʻri keladi. Shu sababli bu trassa qimmatbaho hisoblanadi. Amalda trassa faqat 
vodiy boʻylab, yoki suv ayirgʻichda joylanishi kam uchraydigan holatdir. Odatda
joy sharoitiga bogʻliq boʻlgan holda turli xil kategoriyadagi trassalar uchraydi. 
Trassalash parametrlari-trassani loyihalashning texnik sharoitlariga asosan 
oʻrnatilgan ma’lum talablarni qanoatlantirishi kerak. 
Trassalash deb- hamma texnik sharoitlar talabiga javob beruvchi, qurish va
foydalanishda kam harajat talab qiluvchi trassa tanlashdagi injenerlik qidiruv ishlar
yigʻindisiga aytiladi.
Qulay boʻlgan trassa varianti texnikaviy-iqtisodiy taqqoslash natijasida tanlanadi. 
Agar trassalash topografik karta, aerofotomateriallar yoki joyning raqamli modeli 
asosida aniqlansa, kameral trassalash, agarda joyda bevosita tanlangan boʻlsa, dalada 
(joyda) trassalash deyiladi. Trassalashda planli parametrlar: burilish burchagi, qayrilma 
radiusi, oʻtish qayrilma uzunligi va balandlik parametrlar: boʻylama nishablik, vertikal 
qayrilma radiusi mavjud. Ba’zi bir inshootlar uchun (oʻzi oquvchi quvur oʻtkazgichlar, 
panellar) balandlik parametrlariga, ba’zi bir inshootlar uchun esa (bosimli quvur 
oʻtkazgichlar, elektr oʻtkazgich liniyalari) nishablik koʻp ahamiyatga ega emas boʻlib, 
asosan qisqa masofadan oʻtkazishga harakat qilinadi. 




Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling