2-Ma’ruza Avtomobil yo’llarini topografik xaritada trassalash. Avtomobil trassasi bo’ylab teodolit va nivelirda bajariladigan ishlar. Avtomobil trassasi bo’ylab geometric niverlirlash ishlari mohiyati


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/9
Sana18.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1573029
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-ma\'ruza

13.1.-rasm 


17 
Umumiy qurilish sharoitida bajariladigan asosiy yer qazish ishlari zich, qoya 
va muzlagan gruntlarni yumshatish, qurilish maydonlarini tekislash, bino va 
inshootlar poydevori uchun chuqurlar qazish, gruntlarni zichlash va shunga 
oʻxshash ishlardan iborat.
Gruntlarning asosiy turlari ularning qazish qiyinchiligi boʻyicha ishlab 
chiqilgan. Grunt kategoriyasi 1 sm2 
silindrik
sterjenni 0,4 m balandlikdan 25 N 
ogʻirlik bilan tushadigan yuk ta'sirida gruntga 10 sm chuqurlikka botirish uchun 
zarur boʻlgan urishlar soniga qarab aniqlanadi. 
Gruntning asosiy fizik-mexanik xususiyatlari quyidagilardan iborat:
— 
granulometrik tarkib - turli oʻlchamlarga ega boʻlgan massa 
zarrachalarining ogʻirlik boʻyicha foiz miqdori;
— 
zichlik (hajmiy massa - hajm birligining massasi) - tabiiy holatda 
olingan (gʻovaklari bilan) 1 m3 grunt massasi, koʻpchilik gruntlar uchun
1,5 - 2,0 t/m3
— 
gʻovaklik - havo va suv bilan toʻlib qolgan gʻovakliklar hajmining 
grunt umumiy hajmiga nisbatan foiz miqdori;
— 
namlik - gruntdagi suvning miqdori, % hisobida;
— 
bogʻlanganlik - tashqaridan kuch ta’sir qilgan paytda gruntning 
alohida zarrachalarga boʻlinib ketishiga qarshilik koʻrsatish qobiliyati;
— 
plastiklik - gruntning tashqi kuch ta’sirida deformatsiyalanishi va 
ta’sir etilgandan keyin hosil boʻlgan shaklni saqlab qolish qobiliyati;
— 
siqiluvchanlik - tashqi kuch ta’sirida grunt shaklining kamayishi;
— 
mustahkamlik - gruntning tashqi kuch ta'sirida buzilib, yumshashga 
qarshilik koʻrsata olish qobiliyati;
— 
gruntning botilib kirishga qarshiligi.
Mashinalar
harakatlanganda ularning yurish qismi gruntni bosadi. Chuqur 
boʻlmagan bosilish ezilish deyiladi;

Yumshalish qobiliyati - grunt yumshatilganda uning massasi oʻzgarmagan 
holda hajmining koʻpayishi va u gruntning yumshatilgan holdagi hajmining 


18 
yumshatulgungacha boʻlgan hajmiga nisbati bilan xarakterlanuvchi yumshalish 
koeffitsienti bilan belgilanadi;
— 
Siljishga qarshilik - grunt zarrachalarining oʻzaro ilashishi bilan 
xarakterlanadi;
— 
Yopishqoqlik - gruntning ish jihozlariga yopishib qolish xususiyati;
— 
Ishqalanish - grunt va togʻ jinslarining mashina ish jihozlari bilan oʻzaro 
ta’sir paytida ularni yedirib yuborishi;
— 
Poʻlatning gruntga (µ) va gruntning gruntga (µ )
ishqlanish koeffitsienti, 
tabiiy hollarda µ = 0,3-0,9 va µ = 0,3-0,9 boʻladi;
15) Tabiiy qiyalik burchagi rp - gruntni ma’lum balandlikdan toʻkkandagi 
hosil boʻlgan konusning asosidagi burchak. Bu burchakning qiymati ichki 
ishqalanish koeffitsienti va bogʻlanganlik xususiyatiga bogʻliq. Sochiluvchan 
gruntlar uchun tabiiy qurilish burchagi ichki ishqalanish burchagiga teng. Tabiiy 
qiyalik burchagining miqdori grunt kategoriyasi va uning holatiga qarab 15-400 
boʻladi.
 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling