2-ma’ruza. Inshootlar sxemalarining kinematik taxlili Reja
Download 376.98 Kb. Pdf ko'rish
|
2-ma’ruza. Inshootlar sxemalarining kinematik taxlili Reja
2.1 — rasm Muammo: 1. Qanday inshootlar kinematik taxlil qilinadi? 2. Inshootlarni kinematik taxlil qilish shartmi? 3. Nima uchun inshootlar kinematik yoki geometrik таҳлил қилинади? 2.2. Tekis sistemalarning erkinlik darajasi Har qanday yassi jism yoki yassi jismlar sistemalarining (majmuasining) tekislikda olgan o’rnini to’la aniqlab beruvchi bir -biriga bog’lik bo’lmagan geometrik parametrlar (kattaliklar) miqdorini shu sistemalarning erkinlik darajasi soni deb aytiladi. Tekislikda olingan biror A nuqtaning koordinatalar o’qiga nisbatan olgan o’rni ikkita koordinata X A , Y A bilan aniqlanadi. Demak, nuqtalarning tekislikdagi erkinlik darajasi soni ikkiga teng bo’ladi. Tekislikdagi biror diskning koordinatalar o’kiga nisbatan olgan o’rni uchta parametr X, Y va φ AB bilan aniqlanadi (2.2 — rasm). Demak diskning erkinlik darajasi uchga teng. Diskning erkin harakatini ya’ni erkinlik darajasini turli qurilmalar yordamida cheklash mumkin. Bitta erkinlik darajasini cheklovchi qurilma kinematik bog’lanish deyiladi. 2.2 – rasm 2.3 – rasm 2.4 – rasm 2.2-rasm Muammo: Inshootlarning erkinlik darajasi qanday maqsadda tekshiriladi? 2.3 a – rasmda II-disk I-diskiga nisbatan 1 erkinlik darajasini. 2.3 b – rasmda esa 2 erkinlik darajasini yo’qotadi. Ikki bog’lovchi sterjenp bitta tsilindrik sharnirga teng. Inshootlarning hisoblash sxemalari asosan geometrik tekis elementlar (disklar) dan iborat bo’lgan kinematik zanjirlardan tuziladi (2.4 – rasm). Bu disklar bir-biriga sharnirlar yordamida, yerga esa tayanch sterjenlar orkali bog’lanadi. Bunday murakkab sistemalarning erkinlik darajasi soni W quyidagi ifodalarga asosan topiladi. W=3D-2SH-S t (1.1) Bu yerda D – disklar soni, SH – disklarni o’zaro bog’lovchi oddiy sharnirlar soni, S t – tayanch sterjenlari (bog’lanishlari) soni. (1.1) formula (ifoda)si uchta sifat natijalarini berish mumkin: W>0 bo’lsa sistema geometrik o’zgaruvchandir; W=0 bo’lsa sistema geometrik o’zgarmas, eng kam boglanishlarga ega; W<0 bo’lganda esa sistema geometrik o’zgarmas bo’lishi bilan birga o’z tarkibida ortikcha bog’lanishlarga ega bo’ladi (statik aniqmas sistemalar). 0> Download 376.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling