2-ma’ruza. Inshootlar sxemalarining kinematik taxlili Reja
Download 376.98 Kb. Pdf ko'rish
|
2-ma’ruza. Inshootlar sxemalarining kinematik taxlili Reja
2.9 — rasm
Oniy o’zgaruvchi sistemalarda tashqi yuklar ta’siridan yoki ularning ta’sirisiz cheksiz katta zo’riqishlar yoki noaniqlika ega bo’lgan zo’riqishlar hosil bo’ladi. Bu bunday sistemalarning statik belgisi bo’ladi.. 2.9 – rasmda ko’rsatilgan oniy o’zgaruvchi sistemaning hisoblash sxemasini (2.9 – rasm) qaraylik: Σy=0, 2X∙sinα - R=0, X=R/2sinα Agar α 0 bo’lsa, noma’lum kuch X katta yoki cheksiz kiymatlarga teng bo’ladi. Bundan tashkari, oniy o’zgaruvchanlikni aniqlash uchun yuklanmagan sistemalar o’rganiladi. Agar sistema oniy o’zgaruvchi bo’lsa, u holda tayanch reaktsiyalari noaniqlikka teng bo’ladi. Ferma konstruktsiyasi uch burchakdan iborat bo’lganligi sababli geometrik o’zgarmas sistemalarga kiradi (2.10 – rasm). 2.10 — rasm SHarnirli-sterjenli sistemalarning (fermalarni) erkinlik darajasi quyidagi formula yordamida aniqlanadi. W=2Y-C-C tayanch (1.2) Bu yerda Y – tugunlar soni, S – sterjenlar soni, S t – tayanch sterjenlar soni. Tayanchlardan ajratilgan sistemalar uchun (2.10 – rasm). V=W-3=2Y - C=3 geometrik o’zgarmaslik sharti V=0 bo’ladi yoki 2Y - C=3 bu yerdan C=2Y – 3 Agar C<2Y - 3 bo’lsa sistema geometrik o’zgaruvchan bo’ladi (2.11a – rasm). 2.11 — rasm C≥ 2Y-3 sharti zaruriy bo’lsa ham, lekin yetarli emasdir (2.11 b, v – rasmlar). Qaytarish uchun misollar: 2.12 — rasm Mustaqil ishlash va nazorat savollari: 1. Qanday sistema geometrik o’zgarmas deyiladi? 2. Qanday sistema geometrik o’zgaruvchi deyiladi? 3. Tekis sterjenli sistemalarning erkinlik darajasi deb nimaga aytiladi? 4. «Disk» deganda nimani tushunasiz? 5. Kinematik bog’lanishlarning vazifasi nima? 6. Oniy o’zgaruvchi sistema deb, qanday sistemaga aytamiz? 7. Tayanchlarning kinematik va statik xususiyatlari qanday? 8. Oddiy tsilindrlik sharnir nima degani va u nechta kinematik bog’lanishga teng kuchli? 9. Karrali (murakkab) sharnir qanday sharnir? Oddiy sharnirlar soni orqali karrali sharnirlar qanday aniqlanadi? Download 376.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling