2-MA’RUZA. Inshootlar sxemalarining kinematik taxlili
Reja:
2.1. Inshootlar hisoblash sxemalarining kinematik analizi.
2.2. Tekis sistemalarning erkinlik darajasi.
2.3. Inshootlar geometrik strukturasining taxlili.
Tayanch so’z va iboralar:
Kinematik taxlil, geometrik o’zgaruvchi va
geometrik o’zgarmas sistemalar, yassi jism,
erkinlik darajasi, kinematik bog’lanish, kinematik
zanjir,
geometrik
tuzilishini
taxlili,
oniy
o’zgaruvchi
sistemalar,
oniy
o’zgaruvchi
sistemalarning
statik
belgisi,
ferma
konstruktsiyalarini kinematik taxlili.
2.1. Inshootlar hisoblash sxemalarining
kinematik analizi
O’zaro sharnirli yoki bikr qilib biriktirilgan elementlardan
tashkil topgan
inshootlar tashqi yuklar ta’sirida o’zining shakli va holatini o’zgartirmasligi lozim.
Bunday talabni qanoatlanturuvchi inshoot geometrik o’zgarmas bo’ladi.
Inshoot
shakli yoki holati o’zgarishi uni tashkil etuvchi elementlarning deformatsiyalanishi
tufayligina sodir bo’lishi mumkin.
Har bir inshootni hisoblashdan oldin uning sxemasini geometrik o’zgarmaslik
shartlariga asosan kinematik taxlil kilish kerak. Masalan, 2.1a —
rasmda
ko’rsatilgan to’rtburchak eng oddiy geometrik o’zgaruvchi sistema yoki mexanizm.
Bunday sistema elementlarida zo’riqishlar hosil bo’lmaydi.
Sistema geometrik
o’zgarmas bo’lishi uchun o’nga ko’shimcha element (tortqich)kiritilishi kerak (2.1b
— rasm) . Kinematik analiz yordamida inshootlarning geometrik o’zgarmas yoki
o’zgaruvchan ekanligini bilib olinadi. Faqat geometrik o’zgarmas inshootlargina
tashqi yuklarni qabul qilib ularga qarshilik ko’rsatishi ya’ni yuklar ta’sirida ishlashi
mumkin.