2-ma’ruza: iqtisodiy tahlilning shakllanishi va rivojlanish bosqichlari reja
Download 267.3 Kb.
|
mavzu 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3.Iqtisodiy tahlil fanining O‘zbekistonda yaratilish tarixi. O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy tahlilning tashkil topishi va rivojlanishi
2-ma’ruza: IQTISODIY TAHLILNING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI Reja: 2.1.Iqtisodiy tahlil fanini paydo bo‘lish zarurati va uning sabablari. Iqtisodiy tahlil fanining shakllanish elementlari. 2.2.Iqtisodiy tahlilning fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi. 2.3.Iqtisodiy tahlil fanining O‘zbekistonda yaratilish tarixi. O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy tahlilning tashkil topishi va rivojlanishi 2.1.Iqtisodiy tahlil fanini paydo bo‘lish zarurati va uning sabablari. Iqtisodiy tahlil fanining shakllanish elementlari. Kishilik jamiyatining vujudga kelishi bilan insoniyat ongi rivojlanib va takomillashib borgan. Insoniyat ongi rivojlanishi natijasida borliqni o‘rganish borasida turli fikr va qarashlar paydo bo‘la boshlagan. Fikrlaming shakllanib, takomillashib borishi natijasida ma’lum bir fanlarga asos solingan. Har qanday fanning vujudga kelishi uchun hayotiy zaruriyat tug‘ilishi lozim. Shu tufayli fanning shakllanishi biror shaxsning ijod mahsuli bo‘lib qolmasdan, balki ob’yektiv jarayonga tayanadi. Xo‘jalik faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lgan buxgalteriya uchyoti va statistika kabi fanlar asosida vujudga kelgan. Bu uchun esa ob’yektiv shart-sharoitlar yaratilgan. Buxgalteriya hisobi bo‘yicha birinchi asar XV asrda Reguzda paydo bo‘ldi. Bunga misol qilib Vendrikt Katrulinning 1458-yilda nashr qilingan «Savdo va xususiy savdogar» nomli kitobini kcltirish mumkin. Buxgalteriya hisobiga bag‘ishlangan ikkinchi asar 1494-yilda Venetsiyada nashr qilingan Luka Pacholining «Schyotlar va yozuvlar haqida»gi kitobidir. Ushbu kitoblarda buxgalteriya hisobining savdo va kredit operatsiyalari yoritilgan. Shunday qilib, hozirgi buxgalteriya hisobi faniga o‘sha paytlarda asos solingan. Bu fan xo‘jalik yuritishda asosiy dastak sifatida hamon takomillashib va zamonaviylashib kelmoqda. Barcha fanlar qatori buxgalteriya hisobi ham o‘z tarixi davomida takomillashib, bir qancha boshqa fanlaming vujudga kelishi uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Chunki, ishlab chiqarishning konsentratsiyalashuvi, korxonalaming yiriklashuvi, xo‘jalik faoliyatining kengayishi iqtisodiy jarayonlaming murakkablashuvi hisob ishlarini takomillashtirish zaruratini tug‘dirdi. Shu bois, XVI-XYII asrlarda buxgalteriya hisobiga bag‘ishlangan kitoblar Gollandiya, Fransiya, Angliya kabi mamlakatlarda chop etildi. Natijada buxgalteriya yer kurrasining bir qismida emas, balki, barcha mamlakatlarda keng yoyila boshladi. Rossiyada buxgalteriya hisobiga bag‘ishlangan asarlar XVIII asrda paydo bo‘la boshlagan. Oldin chet el adabiyotlari rus tiliga taijima qilingan bo‘lsa, so‘ngra rus olimlari ham bu fanga bag‘ishlangan asarlarni chop etishga kirishganlar. Rus olimlarining buxgalteriya hisobiga bag‘ishlangan asarlari XIX asrda paydo bo‘la boshlagan. Bunga V. S. Nemchinovning 1840-yilda nashr qilingan ikki qismdan iborat «Hisob fani» asarini misol keltirish mumkin. Bu kitobda savdo korxonalari hisobi tizimi batafsil yoritilgan. Asta-sekinlik bilan buxgalteriya hisobining prinsiplari boshqa tarmoqlar bo‘yicha ham yozila boshlagan. 1861-yilda Klincheriing «Qishloq xo‘jaligi buxgalteriyasi», 1863-yilda «Idora bo‘limi yo‘riqnomasi» kitoblari dunyoga kelgan. Bu asarlar safini F.V.Ezerskiy o‘zining «Uch tizimli buxgalteriya» (1870-y.), P.I.Reynbot «Fabrika schyotchiligi» (1875-y.), A.V.Prokofev «Ikkiyoqlama buxgalteriya kursi» (1884-y.) kitoblari bilan kengaytirgan. Shu davrdagi ishlab chiqarish taraqqiyoti iqtisodiy jarayonlami to‘g‘ri va to‘liq hisobga olishni talab qiladi. Ammo ishlab chiqarishning takomillashib borishi, korxonalar o‘rtasida erkin raqobatning vujudga kelishi buxgalteriya ma’lumotlarini chuqurroq o‘rganishni va uni to‘g‘ri tushuntirish zaruratini tug‘diradi. Bu esa o‘z navbatida tahlil elementlarining vujudga kelishini taqozo qildi, chunki «tijorat sirini» takomillashtirish borasidagi juda ko‘p savollarga buxgalteriya hisobi va statistika fani javob berishga qiynalib qoladi. Korxonalami to‘g‘ri, oqilona boshqarish, uning moliyaviy holatini yaxshilash, raqobatbardoshlik quwatini oshirish xo‘jalik faoliyatini chuqurroq o‘rganishni talab qildi. Bu esa buxgalteriya balansi va boshqa hisobotlarda ifodalangan ba’zi ko‘rsatkichlarga izoh berishni talab qildi. Bular esa o‘z navbatida hozirgi tahlil fanining vujudga kelishi uchun ob’yektiv asos bo‘lgan. Tahlilning elementlari birinchi marta 1880-yillarga chiqa boshlagan «Schyotovodstvo» jumalida paydo bo‘la boshlagan. Shunday qilib, tahlilning ba’zi elementlari mavjud bo‘lgan fan - «Balansshunoslik» fani paydo boigan. Fanning «Balansshunoslik» deb nomlanishiga asos bo‘lgan, chunki o‘sha paytlarda xo‘jalik faoliyatining natijasi asosan buxgalteriya balansida ifoda etilgan. Balans ma’lumotlariga asosan korxonaning mablag‘i yoki ular manbaining ma’lum muddatda o‘zgarishi aniqlanadi. Lekin shu o‘zgarishlar nima evaziga sodir bo‘layotganligi, ularga qaysi omillar ta’sir ko‘rsatayotganligi korxona egalari uchun muhim bo‘lib bordi. Bu esa balansdagi ko‘rsatkichlami batafsil tahlil qilish zaruratini vujudga keltirdi. Jumladan, jamiyat taraqqiyotida sotsialistik tuzum vujudga kelgandan so‘ng tahlil fani rejali iqtisodiyotga asoslangan ko‘rsatkichlami va buxgalteriya balansidagi moddalami batafsilroq o‘rganishga kirishdi. Bu esa tahlil fanining ahamiyatini oshirmadi. Sobiq ittifoqda 1920-yillarga kelib, ittifoq iqtisodchi olimlaridan R.N.Xudyakov «Анализ баланса» va «Регулярные очерки балансоведения» asarlarini, N.A. Kirarisov «Основы балансо-ведения» va «Ростроение балансов и анализ» asarlarini chop ettirdi. Bu kitoblarda asosan iqtisodiy tahlil bir yoqlama bo‘lib, faqat buxgalteriya balansi moddalarini tahlil qilish usullari to‘g‘risida fikr yuritilgan. 30-yillarga kelib tahlilning ko‘lami kengaya bordi. Tahlil qilish uchun faqat buxgalteriya balansi moddalari emas, balki xo‘jalik faoliyatining boshqa ko‘rsatkichlari ham tahlil etila boshlandi. Natijada tematik tahlil vujudga keldi va ba’zi mavzularga bag‘ishlangan adabiyotlar nashrdan chiqa boshladi. Bunga misol qilib N.E.Kolosovning «Основы экономического анализа себестоимости в предприятиях» (1931-у), A.R.Aleksandrovskiyning «Калкуляция и анализ работы предприятий» (1932-у), A.F.Masanovning «Баланс и анализ хозяйсвенной деятельности предприятий» (1934-у), A.A.Afanasevning «Анализ отчета промышленных предприятий» (1938-у) kitoblarini keltirishimiz mumkin. 1940-yillarga kelib sobiq ittifoqda «Xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish» fani fan sifatida to‘liq shakllandi. Bu davrga kelib ushbu fan bo‘yicha darsliklar yaratildi va oliy o‘quv yurtlarida mustaqil fan sifatida o‘tila boshlandi. 60-70 yillardan boshlab esa iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha tahlil fani ixtisoslashib bordi va tahlil fanining bir qancha turlari vujudga keldi. Keyingi yillarda esa iqtisodiy tahlil fanining nazariyasi ustida ko‘p ishlar olib borildi va tahlil nazariyasi fan sifatida shakllandi. 80-yillaming xususiyati shundaki, bu davrda iqtisodiy tahlil fanining nazariyasini yaratish bo‘yicha hududiy maktablar vujudga keldi. Jumladan, Moskvada M.I.Bakanov va A.D.Sheremet rahbarligidagi maktab. Bular «Теория экономического анализа» kitobini 1987, 1990, 1995 va 1997-yillarda qayta nashrdan chiqardilar. Minsk olimlaridan V.V.Osmolovskiy, V.I.Strajev, L.LKravchenko, N.A.Rusak hamkorlikda 1989-yilda «Теория анализа хозяйственной деятельности» darsligini yaratdi. Kiyevlik olimlardan I.I.Karakoz va V.I.Samborskiy hamkorligida 1989-yilda «Теория экономического анализа» degan darslik yozildi. 0 ‘zbekistonlik olimlardan I.T.Abdukarimov, M.Q.Pardaev, M.M.To‘laxo‘jaeva, A.T.Ibragimov, A.Shoalimovlar hamkorlikda tahlil fanining o‘zbek maktabiga asos soldilar. Endilikda barcha MDH davlatlarida «Iqtisodiy tahlil» mustaqil fan sifatida oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilib kelinmoqda. Bu albatta korxonalar faoliyatini boshqarishda, uning moliyaviy barqarorligini va raqobatbardoshliligini ta’minlashda eng muhim tadbirlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Fanning yuqorida ta’riflangan tadrijiy rivojlanishdan ham ko‘rinadiki, bugungi kunda iqtisodiy tahlil muhim ikkita qismga ajratilgan. Ya’ni boshqaruv tahlili va moliyaviy tahlil qismlariga. Boshqaruv va moliyaviy tahlil birgalikda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning iqtisodiy tahlilini tashkil etadi. Hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida, iqtisodiy tahlil (moliyaviy va boshqaruv tahlili) ham yangilanish davrini boshdan kechirmoqda. Uning mazmuni rejaning bajarilishini tahlil qilishdan jahon andozalari talablariga javob beradigan ko‘rsatkichlami o‘rganishga qaratilmoqda. Bu borada ijtimoiy mahsulotdan yalpi ichki mahsulot va shundan kelib chiqadigan ko‘rsatkichlar tizimiga o‘tish ko‘zda tutilmoqda. Download 267.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling