2-ma’ruza: iqtisodiy tahlilning shakllanishi va rivojlanish bosqichlari reja
Download 267.3 Kb.
|
mavzu 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqaruv sub’yekti
Boshqaruv ob’yekti - bu ishlab chiqarish, sub’yekti esa boshqaruv tarkibidir. Korxona faoliyatini yoki ishlab chiqarishni boshqarishda ob’yekt va sub’yekt boshqariladigan va boshqaruvchi kichik tizimni tashkil etadi. Ulami har biri o‘ziga yuklatilgan funksiyalami bajaradi. Ammo, mazkur kichik tizimlar bir-birlari bilan uzluksiz va chambarchas aloqada bo‘lib ayni holatda yagona tizimni tashkil qiladi.
Boshqaruv sub’yekti - boshqaruv ob’yektining katta-kichikligi va o‘ziga xos jihatlaridan kelib chiqib tashkil etiladi. Lekin, boshqaruv sub’yekti har doim ishlab chiqarish va xo‘jalik jarayonlarini o‘zgarishiga ko‘ra ob’yekt shakli va unga ta’sir etuvchi usullami belgilaydi hamda takomillashtirib boradi. Boshqaruvchi kichik tizim boshqaruv ob’yektni tartibga soladi, maqsad va dasturlami boshqaruv funksiyasiga ko‘ra ishlab chiqadi va ulami nazorat etadi. Demak, boshqaruv sub’yekti korxona tizimida faol rol bajarar ekan. Yana, boshqaruv sub’yekti boshqaruvning yetakchi funksiyalarini: marketing, rejalashtirish, buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil, tartibga solish hamda nazorat va auditlami amalga oshiradi. Ta’kidlash kerakki, bugungi kunda korxona faoliyatining tashkil etish va yuritishni marketing qonunlari, tartiblari va tamoyillarini bilmasdan turib amalga oshirish mumkin emas. Chunki, marketing ilmi asosida eng maqbul dasturlar yoki rejalar ishlab chiqiladi. Boshqaruv tizimi sifatida marketing faoliyatini asosiy tamoyillari mazmuni quyidagi ko‘rinishni oladi: ■ ishlab chiqarishni bozordagi talabga mos tushishi; ■bozordagi holat va korxonani haqiqiy ishlab chiqarish imkoniyati; ■ xaridor va buyurtmachilar talabini yanada to‘laroq qondirish; ■aniq bozorlarda mahsulot va xizmatlami ko‘zda tutilgan hajmda va belgilangan muddatda sotish; ■ ishlab chiqarish va tijorat faoliyatini uzoq muddatli rentabelli ishlashini ta’minlash; ■tanlab olingan marketing strategiyasi va taktikasiga qat’iy amal qilish (bozor holatini e’tiborga olgan holda); ■doimo o‘zgarib turuvchi bozor holatiga va xaridor talabiga moslashish. Mazkur sanab o‘tilgan tamoyillarga amal qilish va marketing dasturini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish bevosita analitik hisob-kitoblar bilan chambarchas bog‘langan. Bu jarayonlar asosida juda ko‘plab iqtisodiy tahlil ishlari bajariladi. Ulaming asosiylari quyidagilardan iboratdir: ■korxona iqtisodiga tashqi va ichki muhitni ko‘rsatadigan ta’siri tahlili; ■bozor holati tahlili (keng ko‘lamda, tovar guruhlari va alohida tovarlar bo‘yicha); ■ iste’mochilar va sotib oluvchilar tahlili; ■ raqobat holati tahlili; Iqtisodiy tahlil ham aniq fan sifatida quyidagilar haqida maxsus bilim beradi: • Iqtisodiy jarayon, hodisa va voqealami rivojlanishini, o‘zgarishini ob’yektiv (tashqi) va sub’yektiv (ichki) ta’sir etuvchi omillar bilan umumiy bog‘liq holda o‘rganish; • o‘rganilayotgan firma, tashkilot, muassasa va uyushmalaming faoliyatini to‘liq va keng o‘rgangan holda aniq va xolisona baho berish; • Ijobiy va salbiy ta’sir etgan omillami aniqlash, raqainlarda ко‘rsatish va hisoblash; • Bor bo‘lgan imkoniyatlar, samaradorlikni oshirishlii yo‘l-yo‘riqlarini ko‘rsata olish; • Ilg‘or g‘oya va tajribalani o‘rganilayotgan jarayonga o‘hshash yo‘nalishlarini belgilash. Moliyaviy va boshqaruv tahlilida o‘rganilayotgan hodisa yoki jarayon maydadan-yirikka, oddiydan murakkabga yoki aksincha o‘rganiladi, hamda umumiy birligi va bir-biri bilan uzviy bog‘lanishi e’tiborga olinadi. Demak, xo‘jalik faoliyatini tahlili firmalarning iqtisodiy faoliyatini ob’yektiv va sub’yektiv omillami e’tiborga olib o‘rganadi. Download 267.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling