2-ma’ruza: iqtisodiy tahlilning shakllanishi va rivojlanish bosqichlari reja


Iqtisodiy tahlilning fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi


Download 267.3 Kb.
bet2/5
Sana14.02.2023
Hajmi267.3 Kb.
#1196777
1   2   3   4   5
Bog'liq
mavzu 2

2.2.Iqtisodiy tahlilning fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi.
Fan sifatida iqtisodiy tahlilning mazmuni eng avvalo uning boshqa amaliy fanlar tizimida bajaradigan funksiyalaridan kelib chiqadi. Ana shunday funksiyalaridan biri iqtisodiy qonunlami ta’siri xarakterini o‘rganish, aniq korxona sharoitida iqtisodiy hodisa va jarayonlar qonuniyatlari va tendensiyalarini belgilash hisoblanadi.
Iqtisodiy tahlilning yana bir funksiyasi - bu joriy va perspektiv biznes rejalarni ilmiy jihatdan asoslashdir. Boshqaruv qarorlarini va biznes rejalarni bajarilishi hamda resurslardan foydalanish ustidan nazorat qilish ham iqtisodiy tahlilning muhim funksiyalaridan biri hisoblanadi.
Iqtisodiy tahlilning markaziy funksiyalaridan biri - bu ilg‘or tajribalami, fan va amaliyot yutuqlarini o‘rganish asosida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkoniyatlari (rezervlari)ni qidirib topishdir.
Iqtisodiy tahlilning navbatdagi funksiyalari jumlasiga biznes rejalarni bajarishi, iqtisodiyotni rivojlantirishidagi erishgan darajasini va mavjud imkoniyatlardan foydalanishi bo‘yicha korxona faoliyati natijalarini baholashni kiritish mumkin. Shuningdek, iqtisodiy tahlilning eng muhim funksiyalari jumlasiga yana aniqlangan rezervlardan foydalanish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqishni ham kiritish mumkin.
Shunday qilib iqtisodiy tahlilning mazmunini, iqtisodiy qonunlar ta’siri xarakterini, iqtisodiy jarayonlar qonuniyatlarini va tendensiyalarini o‘rganish, joriy va perspektiv rejalami, hamda boshqarish karorlarini ilmiy asoslanganligini tekshirish va ulami bajarilishini nazorat qilish, erishilgan darajani baholash, foydalanmayotgan imkoniyatlami qidirib topish va ulardan foydalanish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish tashkil qiladi.
Turli mulkchilikka asoslangan iqtisodiyot bozor munosabatlarining muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Uning sub’yektlari bo‘lgan korxonalar, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi boshqa shaxslar mulkning egasi va tasarruf etuvchisi sifatida mablag‘lardan to‘g‘ri foydalanishdan manfaatdordirlar. Bu esa sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayonlari va hodisalarini davriy kuzatishni, faoliyat natijaviyligini batafsil o‘rganishni hamda ulari iqtisodiy tahlil qilishni talab etadi. Shu jihatdan korxona faoliyatini boshqarishning muhim vositasi va quroli bo‘lgan iqtisodiy tahlil o‘ta ahamiyatli hisoblanadi. Korxonada boshqaruv tizimi o‘z ob’yekti va sub’yektidan iborat bo‘ladi.

Download 267.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling