2-ma’ruza. Mashinasozlikda ishlab chiqarish turlari Reja


Download 220.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana30.04.2023
Hajmi220.34 Kb.
#1417408
1   2   3   4
Bog'liq
3 курс МСТА 2 маъруза

2.1. Jadval 
Turli ishlab chiqarishlar uchun bir yilda 
tayyorlanuvchi bir hil nomdagi va tip o‘lchamdagi detallar soni 
Ishlab chiqarish 
turi 
Og’ir mashina 
sozlikning yirik 
mahsulotiari 
O‘rtacha 
o‘lchamdagi 
mahsulotlar 
Mayda 
mahsulotlar 
Yakka 
Mayda seriyali 
O‘rta seriyali 
Yirik seriyali 
Ommaviy (yalpi) 
< 5 
- 100 
- 300 
- 1000 
1000 
< 10 
10 - 200 
200 - 500 
500 - 5000 
5000 
< 100 
100 - 500 
500 - 5000 
5000 - 50000 
50000 
 
 
2. Ishlab chiqarish turlarining texnologik tavsifi. Ishlab chiqarish turini 
aniqlash 
 
Seriyalab ishlab chiqarishning asosiy tavsiflaridan biri, bu har bitta ishchi 
joyga zagotovkalar partiyalab keltirilishi va shu partiya zagotovkalarga sozlangan 
dastgohlarda ishlov berilishi hisoblanadi. Ishni tashkil qilish usuli patokli ham 
patoksiz bo‘lishi mumkin. Mayda seriyalab ishlab chiqarishda ko‘pincha yakka 
ishlab chiqarishdagi kabi patoksiz ish tashkil qilish usuli qo‘llaniladi. 


Seriyalab va yirik seriyalab ishlab chiqarishlarda esa doimiy ravishda potokli 
ish tashkil etiladi. Seriyalab ishlab chiqarishda asosan dastgohlar sexlarda 
zagotovkalarga ishlov berish texnologik marshruti bo‘yicha joylashtiriladi. 
Universal dastgohlar bilan bir qatorda, maxsus-agregat dastgohlari, sonli-dasturli 
boshqariluvchi dastgohlar, yarimavtomatlar va avtomatlar, ishlov beruvchi 
markazlar, moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlari, moslashuvchan avtomatik 
ishlab chiqarish va boshqalar qo‘llaniladi. Universal moslamalar bilan bir qatorda 
maxsus yig’ib-buzuluvchan va qayta boshqa tur detal uchun yig’iluvchan 
moslamalar qo‘llaniladi. 
Standart va maxsus keskich asboblar ishlatiladi. Zagotovkalar ko‘pincha 
maxsus quyma, sovuq va issiq shtamplangan, bosim ostida quyilgan, maxsus 
qoliplarga mashinalarda quyilgan, qobiq qoliplarga quyilgan va boshqa usullarda 
tayyorlangan bo‘lishi mumkin. Ishchilarning malakasi yakka ishlab chiqarishga 
qaraganda pastroq bo‘ladi. Кo‘pincha malakali sozlovchi ishchilar ishlaydi va 
dastgohlarni asosiy ishchilarga sozlab beradi. 
Yirik seriyalab ishlab chiqarish mahsulot ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha 
ommaviy ishlab chiqarishga yaqin bo‘lib, potokli ish tashkil qilinadi, dastgohlar 
texnologik marshrut-rejasi bo‘yicha joylashtiriladi. Bu yerda ham ishchilar 
malakasi past bo‘lib, ko‘pchilik ishchi joylarda uzoq muddatda qaytariluvchi bitta, 
ikkita detallarni tayyorlash amalini bajarish biriktirilgan bo‘ladi. Amallar 
bog’lanish koeffisienti 2 - 10 oralig’ida bo‘ladi. 
Mahsulotlarni katta hajmda chiqarishni tavsiflovchi, uzoq muddatda 
uzluksiz tayyorlanishini yoki ta’mirlanishini ta’minlovchi ishlab chiqarishga 
ommaviy (ko‘plab) ishlab chiqarish deb aytiladi. Ommaviy ishlab chiqarishning 
asosiy tavsiflaridan biri, bu bitta ishchiga bitta amalni bajarishni uzoq muddatga 
bog’lab qo‘yilganligidadir. 
Ommaviy ishlab chiqarishda amallar bog’lanish koeffisienti К
bk
= 1 ga yaqin 
bo‘ladi. Ommaviy ishlab chiqarish undan tashqari quyidagi o‘ziga xos 
xususiyatlarga ega: asbob-uskunalarning joylashishi, amallar bajarilishining ketma-
ketligiga qarab joylashtiriladi; yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan asbob-uskunalar, 
maxsus dastgohlar, kesuvchi asboblar va moslamalar qo‘llaniladi; zagotovkalarni 
potokli liniyalar bo‘ylab o‘tkazish uchun transport vositalaridan va konveyerlardan 
keng foydalaniladi; texnik nazorat qilishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish 
va boshqalar. Detallarning talab etilgan o‘lcham aniqligi avtomatik ravishda 
sozlangan dastgohlarda olinadi. 
Ommaviy ishlab chiqarishda zagotovkalarni shakllari ishchi chizmada 
berilgan detal shakli va o‘lchamlariga juda ham yaqin qilib, yuqori unumdorlikka 
ega bo‘lgan zagotovkalar olish usullaridan foydalaniladi. 


Zagotovkalar ishlanuvchi yuzalariga talabga mos ravishda mexanik ishlov 
berish uchun qo‘yimlar qoldiriladi, ishlov berilmaydigan yuzalari esa ko‘pincha 
zagotovka olish usullaridan kelib chiqqanligicha qoldiriladi. Ishchilarning malakasi 
seriyali ishlab chiqarishga qaraganda ham past bo‘ladi, chunki u, oylab-yillab 
takrorlanuvchi bitta amalni bajaradi, biroq ommaviy ishlab chiqarishda ko‘pincha 
yuqori malakali sozlovchi-ishchilar, texnik-injener operatorlar ishlaydilar. 
Ommaviy ishlab chiqarishlarda texnologik hujjatlar mukammal ishlab 
chiqiladi, texnik meyorlar esa batafsil hisoblanib alohida sinab ko‘rilgandan 
keyingina amaliyotga tatbiq qilinadi. 
Turli texnologik amallar soni O-ni, bir oyga teng rejalashtirilgan davr ichida 
bajargan yoki bajariluvchi ishchi joylar soni I-ga nisbati amallar bog’lanish 
koеffisienti К
bk
deb ataladi. 
К 
bk
= O / I 
j
Amallar bog’lanish koеffisienti ishlab chiqarish tipining asosiy tavsiflaridan 
biridir (GOST 3.1121-84). Yuqoridagi GOST ga binoan: К 
bk
= 1- ommaviy 
(ko‘plab) ishlab chiqarish uchun; 2 = К 
bk
< 10 - yirik seriyalab ishlab chiqarish 
uchun; 10 <К 
bk
<20 -o‘rta seriyalab ishlab chiqarish uchun; 20 < К
bk
< 40 - mayda 
seriyalab ishlab chiqarish uchun belgilangan. Yakka ishlab chiqarish uchun 
belgilanmagan. 
Yuqoridan aniq bo‘ldiki, ishlab chiqarish turiga beshta tipdagi ishlab 
chiqarishlar kirar еkan: yakka, mayda seriyali, seriyali, yirik seriyali va ommaviy 
(yalpi). 
Biz yuqorida bayon etganimizdek, asosan ikkita ishni tashkil qilish usuli 
(patokli va patoksiz) to‘g’risida fikr bildirgan edik. Shunga ko‘ra bu usullar ishlab 
chiqarish turiga bevosita bog’liq bo‘lib, potoksiz ishni tashkil qilish - yakka va 
mayda seriyalab ishlab chiqarishlarda qo‘llanilgan edi. Potokli ishni tashkil qilish 
usuli esa qolgan boshqa turdagi ishlab chiqarishlar uchun qo‘llaniladi va yana u, 
quyidagi usullarga: potokli seriyali, yirik-seriyali va ommaviy ishlab chiqarishlar; 
to‘g’ri oqimli ommaviy potokli ishlab chiqarish; ommaviy potokli ishlab 
chiqarishlarga bo‘linadi. 
Ishlab chiqarishni tashkil etishning eng oliy shakli, bu-ommaviy potokli 
ishlab chiqarish hisoblanadi, ya’ni bu erda asosan texnologik jarayonlar avtomatik 
liniyalarda va avtomatlashtirilgan uchastkalar va sexlarda bajariladi. 
To‘g’ri oqimli ommaviy potokli ishlab chiqarishda dastgoh va asbob-
uskunalar texnologik jarayon marshruti bo‘yicha amallarni bajarish ketma-
ketligida joylashtiriladi. Amallarni bajarishda, zagotovkalarni bitta ishchi joydan 
boshqa ishchi joyga uzatish uchun turli g’altakli rolgang, sirpanchiq va 
yumalatuvchi tarnov (lotok), yuk ko‘taruvchi kran va boshqa moslama va 
qurilmalardan foydalaniladi. Har bir ishchi joyning ishlab chiqarish takti boshqa 


ishchi joylarniki bilan teng bo‘lmasligi mumkin. Bunday ishchi joylarda 
zagotovkalar zahirasi tashkil etiladi. 
Ommaviy potokli ishlab chiqarishda ko‘pincha pozitsion avtomatik 
konveyerlar qo‘llaniladi va avtomatik liniyalar tashkil qilinadi. Bunday hollarda bu 
liniyalarning ishlab chiqarish takti aniqlanadi. 
Ishlab chiqarish takti deb, - ma’lum vaqt oralig’ida zagotovkalar yoki 
qismlar ishlab chiqarilishiga aytiladi va uning vaqti daqiqa bilan belgilanadi. Ishlab 
chiqarish takti quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: 
t
ich
= 60·F
x
·m / N, daq. 
Bu erda: F
x
- rejalashtirilgan davr ichidagi dastgohlar ishlashining haqiqiy 
vaqt fondi (smena, sutka, oy, yil), soatda; N -shu davr uchun ishlab chiqarish 
dasturi (detallar yoki mahsulotlar coni), dona; m – smenalar soni (1, 2, 3).
Asbob-uskunalar yoki dastgohlar ishlashining haqiqiy vaqt fondi F
x
, nominal 
F
n
dan yoki asbob-uskunani ta’mirlash uchun kalendar o‘lchov vaqt yo‘qotishdan 
kichikdir, va h.k. 
F
x
= F
n
· n , soat, 
bunda n-dastgohlar vaqt yo‘qotishi koeffisienti. 
Uskuna-dastgohlarning ishlash vaqtining bir yillik nominal fondi: kuniga bir 
smenalab ishlaganda 2070 soat, ikki smenalab ishlaganda - 4140 soat va uch 
smenalab ishlaganda 6210 soat bo‘ladi. Metall kesuvchi dastgohlar uchun vaqt 
yo‘qotish koeffisienti n = 0,98-0,96 ni tashkil qiladi. 
Potokli ishlab chiqarish ko‘proq takomillashgan bo‘lib yuqori unumdorlikka 
ega. Texnologik jarayonlarni loyihalashning boshida ishlab chiqarish turi birinchi 
bo‘lib taxminan bo‘lsa ham aniqlanishi zarur. Bu albatta amallar bog’lanishi va 
seriyalash koeffisientlarini hisoblash orqali bajariladi. 

Download 220.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling