2-Ma’ruza Mavzu: Akustika. Akustika qonunlari. Tovush va uning xarakteristikalari. Ultratovushlarning o’simliklar va hayvonlarga ta’siri. Gidrodinamika qonunlari. Uzluksizlik tenglamasi. Kapillyarlik hodisalari. Reja
Siqilmas suyuqlik gidrostatikasi. Bernulli tenglamasi
Download 205.5 Kb.
|
2-Ma\'ruza fizika
Siqilmas suyuqlik gidrostatikasi. Bernulli tenglamasi. Suyuqlikning oqim chiziqlari bilan chegaralangan
S11= S22 (1.5) Demak, siqilmas suyuqlik uchun trubaning istalgan kesimida S= const (1.6) Bu oqimning uzluksizlik tenglamasi bo`lib bunga asosan oqim nayining kesimi to`g`ri bo`lsa siqilmas suyuqlik zarrachalari tezroq harakat qiladi va aksincha. Suyuqliklar harakati tekshirayotganda ko`p hollarda suyuqlikning bir qismining boshqa qismlarga nisbatan harakati vaqtida ishqalanish kuchlari yuzaga kelmaydi deb hisoblash mumkin. Ichki ishqalanish (yopishqoqlik) batamom hisobga olinmaydigan suyuqlik ideal suyuqlik deyiladi. Yerning tortishish maydonida statsionar oqayotgan ideal suyuqlik ichida ajratib olingan oqim nayini qarab chiqaylik (2- rasm). Kuzatilayotgan suyuqlik miqdori oqim tufayli t vaqt ichida oqim nayi bo`ylab siljib, S11 va S21 kesimlar orasidagi hajmni egallaydi. Siljishda r1 va r2 bosim kuchlarining bajargan ishlari
suyuqlik miqdorini siljishida bajarilgan ishni quyidagicha yozamiz. A= A1+A2=r1V- r2V (1.9) Тo`la energiyani o`zgarishini kinetik va potensial energiyalarning o`zgarishlaridan iborat deb, uni quyidagicha yozish mumkin. Bu tenglamani V ga bo`lib va m/V suyuqlik zichligi ekanligini e’tiborga qolib (1.10) ifodani hosil qilamiz. (2.6) ifodani umumlashtirib quyidagi ko`rinishda yozish mumkin. Bu Bernulli tenglamasi bo`lib bunda, 2/2- dinamik bosim, pgh – og`irlik bosimi, r- statik bosim deb ataladi. Bernulli tenglamasi ideal suyuqlikning statsionar oqimida ixtiyoriy ravishda tanlab olingan oqim chizig`ining istalgan nuqtalari uchun dinamik, og`irlik va statik bosimlarning yig`indisi o`zgarmas kattalikdan iborat ekanligini ko`rsatadi. Mexanikaning suyuq muhit harakatinining qonunlarini va uning shu oqayotgan muhitdagi holatlarini harakterlovchi bo’limiga gidrodinamika deyiladi. Suyuqliklar, gazlar singari, ma’lum shaklga ega emas va qanday idishga quyilgan bo‘lsa, o‘sha idish shaklini egallaydi. Gaz aniq bir hajmga ega emas va u berilgan istalgan hajmeni egallaydi, suyuqlik esa to‘laligicha ma’lum xususiy hajmga ega. Gazlar nisbatan oson siqiladi, suyuqliklar esa amalda deyarli siqilmaydi. Suyuqlik molekulalari orasidagi masofa kichik bo‘lgani uchun molekulalarning bir-biriga tortishish kuchi katta bo‘ladi. Suyuqliklarning harakatini oqish deyilib, harakatlanayotgan suyuqlik zarralarining quyilishini oqim deb yuritiladi. Real suyuqlikni siqish mumkin, ya’ni bosimning ortishi bilan uning hajmi kamayib, zichligi ortadi, biroq suyuqlikni siqilishi juda kam bo‘ladi. Masalan, 100 m ga ortganda suvning zichligi, faqat 0,5% ga ortadi. Bundan tashqari real suyuqliklar yopishqoq bo‘lib, ularda hamma vaqt ichki ishqalanish kuchlari bo‘ladi. Yopishqoqligi mutlaqo bo‘lmagan xayoliy suyuqlik ideal yoki siqilmaydigan suyuqlik deyiladi. 0oC dan yuqori temperaturalarda ba’zi real suyuqliklar (efir, atseton, spirt, suv, simob) ning yopishqoqligi juda kam bo‘ladi, shuning uchun ularni ideal suyuqliklar deb qarash mumkin. Ideal suyuqlik zarralarining harakat tezligini vektorlar bilan tasvirlaylik.(1-rasm) Ideal suyuqlik zarralarining harakatini harakterlovchi shuday chiziqlar o‘tkazaylikki, bu chiziqlarning har bir nuqtasidagi urinma, suyuqlik zarralarining harakat tezligi vektori bilan ustma-ust tushsin. Bunday chiziqlar oqim chiziqlari deyiladi. Oqim chiziqlarining soni shu sohadagi suyuqlik zarralari tezligining qiymatiga proporsional bo‘ladi. Demak, tezligi kattaroq bo‘lgan sohalarda oqim chiziqlari zichroq bo‘lishi mumkin. Download 205.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling