2-ma’ruza mavzu: elektr stansiya va pasaytiruvchi podstansiyalarda kuchlanishni rostlash. Tarmoq qarshiliklarini o‘zgartirib kuchlanishni rostlash. Kuchlanishni rostlash usullari
Kuchlanishni qarama-qarshi rostlash
Download 80.12 Kb.
|
2-ma’ruza mavzu elektr stansiya va pasaytiruvchi podstansiyalar
Kuchlanishni qarama-qarshi rostlash
Kuchlanishni qarama-qarshi rostlash bilan to‘laroq tanishish uchun tranformatorning ikkita element - transformator qarshiligi va ideal transformator ko‘rinishida tasvirlangan almashtirish sxemasidan foydalanamiz (21.2-rasm). 21.2-rasmda Quyidagi belgilanishlar qabul qilingan: U1 - ta’minlash markazi shinasidagi kuchlanish; U2yu - tuman nimstansiyasining birlamchi shinasidagi (YUK)dagi kuchlanish; U2q -tuman nimstansiyasi ikkilamchi kuchlanish shinasi (QK)dagi kuchlanish; U3- is’temolchilardagi kuchlanish. Tuman nimstansiyasi YUK shinasidagi kuchlanish U2yu=U1-U12 YUK va QK shinalaridagi kuchlanishlar transformatordagi kuchlanish isrofi Ut ga farq qiladi va bundan tashqari ideal transformatorda kuchlanish trasformatsiyalash koeffitsientiga mos ravishda pasaytiriladi. Bu pasaytirilish transformatorning rostlovchi shaxobchasini tanlashda hisobga olinishi lozim. 21.2,b-rasmda ikkita holat – eng kichik va eng katta yuklama holatlari uchun kuchlanishning o‘zgarish grafiklari tasvirlangan. Bunda ordinata o‘qi bo‘yicha kuchlanish og‘ishining nominal kuchlanishga nisbatan foizlardagi qiymatlari joylashtirilgan. 21.2,b-rasmdan ko‘rinadiki (shtrix chiziqlar), nt=1 bo‘lganda eng kichik yuklamalar holatida is’temolchilardagi kuchlanishlar ruxsat etilganidan yuqori, eng yuqori yuklamalar holatida esa ruxsat etilganidan past (ya’ni kuchlanish og‘ishlari ruxsat etilganidan katta). 21.2-rasm. Kuchlanishni qarama-qarshi rostlash: a- almashtirish sxemasi; b- kuchlanishlar epyurasi. Bunda QK tarmog‘iga ulangan qabul qilgichlar (masalan, A va V nuqtalarda) ruxsat etilmagan sharoitlarda ishlaydi. U2q ni tuman nimstansiyasi transformatorining transformatsiyalash koeffitsienti ntni almashtirish orqali o‘zgartiramiz, ya’ni kuchlanishni rostlaymiz (12.2,b-rasmdagi uzluksiz chiziq). Eng kichik yuklama sharoitlarida U2q imkoni boricha Un ga yaqin qiymatgacha kamaytiriladi. Bu holatda ntning shunday standart qiymati tanlanishi lozimki, bunda quyidagi shart bajarilsin: U2q. ekich Un (21.1) Eng kichik yuklamalar holatida U2q ni 1,05-1,1 Un ga imkoni boricha yaqinroq qiymatgacha orttiriladi. Bu holatda ntning shunday standart qiymati tanlanishi lozimki, bunda quyidagi shart bajarilsin: U2q. ekat.(1,051,1)Un . (21.2) SHunday qilib, ta’minlash markazidan uzoqdagi Vva unga yaqindagi A nuqtalardagi is’temolchilardagi kuchlanishlar ruxsat etilgan chegraga kiritiladi. Eng katta va eng kichik yuklama holatidagi bunday rostlashda kuchlanish mos ravishda oshiriladi va pasaytiriladi. SHu sababli bunday rostlashni qarama-qarshi rostlash deb ataladi. Download 80.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling