2-Ma'ruza. Mavzu: O‘simliklarda suv almashinuvini fiziologiyasi Reja
Download 0.76 Mb.
|
2-Ma\'ruza-Botanika va o\'simliklar fiziologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Epidermis-kutikula qavati va tukchalar bilan qoplangan. Transpiratsiya jarayoni ikkita bosqichdan iborat
Transvakuolar - bu suvning hujayra shirasi orqali harakatlanishi bildiradi. Suvni kirishi va harakatlanishi hujayra shirasining osmotik bosimiga bog‘liq bo‘ladi. Osmotik bosim katta bo‘lsa, hujayraning so‘rish kuchini oshiradi. Natijada, suv ksilema naylariga o‘tadi va ularda pastdan yuqoriga itaruvchi gidrostatik bosim hosil qiladi.Og’izchalar ko‘pchilik hollarda pastki epidermisda joylashadi ammo faqat yuqori tomonida yoki bargning ikkala tomonida ham joylashishi mumkin. Epidermis-kutikula qavati va tukchalar bilan qoplangan. Transpiratsiya jarayoni ikkita bosqichdan iborat: 1.Suvni barg tomirchalaridan mezofil qavatiga o‘tishi. 2.Mezofil hujayralarining devoridan bug’langan suvning avvalo hujayralararo bo‘shliqlarga, undan esa og’izchalar yoki kutikula qavati orqali atmosferaga chiqishi.Barglar og’izchalarining harakatiga ko‘proq havoning namligi,yorug’lik, harorat, hujayra oraliqlaridagi CO2 bosimi, ionlar nisbati, ftogormonlar va nihoyat o‘simlikning suv bilan ta’minlanishi katta ta’sir qiladi. Barg og’izchalari o‘lchamlari va holatlarini boshqariluvida asosan ikkita, ya’ni gidropassiv va gidrofaol holatlarni ko‘rish mumkin.Transpiratsiya koeffisiyenti. Bu o‘simlik tomonidan 1 g quruq organik modda hosil qilish uchun sarflangan suvning miqdoridir. Transpiratsiya koeffisienti ko‘rsatkichi o‘simliklarning turiga, ayrim hollarda ularning naviga ham bog’liqdir.g‘o‘zada transpiratsiya koeffitsiyenti ko‘rsatkichi 570g bo‘lsa, sholida-680, bug‘doyda-540, arpada-520, bedada-840,loviyada-700, qarag‘ay va yel daraxtlarida 230-300 g ga bo‘lsa, S4 o‘simliklarida transpiratsiya koeffisiyenti birmuncha kam bo‘ladi. Masalan, ushbu ko‘rsatkich makkajo‘xorida 370 g bo‘lsa, portulakda yanada kam 280 g atrofida bo‘ladi.Nazorat savollari 1. Suvning fizik- kimyoviy xususiyatlari. 2. Suvni hujayradagi formalari va vazifasi. 3. Suvning o‘simlik hayotidagi roli. 4. Suvni o‘simlik bo‘ylab harakatlanishi. 6. Ildiz bosimi. 7. Osmos, osmotik, turgor va bo‘rtish bosimlari. 8. Hujayraning so‘rish kuchi va suvni harakatlanishi. 9. Turli ekologik guruh o‘simliklarida suv almashinuvi. 10. Tranpiratsiya xillari va biologic roli. 11. Tashqi muhit omillarining suv almashinuviga ta’siri. 12. Fiziologik qurg‘oqchilik nima? 13. 0‘simliklardagi qaysi jarayonlar suvning kirishiga ta’sir qiladi? 14. Ildizlarga suvning kirishi sutka davomida qanday o‘zgaradi? 15. Labchalarning holati sutka davomida qanday o‘zgaradi?Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling