2-Ma'ruza. Mavzu: O‘simliklarda suv almashinuvini fiziologiyasi Reja


Download 0.76 Mb.
bet6/8
Sana07.01.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1081547
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-Ma\'ruza-Botanika va o\'simliklar fiziologiyasi

O‘simlikning o‘sishi uchun zarur bo‘lgan suvning tuproqdagi eng kam miqdori qat’iy so‘lish namligi deyiladi va bunday tuproq namligida o‘simlik asta sekin so‘liy boshlaydi va oxir-oqibatda quriydi. Tuproq tarkibida deyarli toza suv bo‘lmaydi. U ma’lum konsentratsiyali eritmalar holida bo‘ladi. Tuproq zarrachalari bilan suv har xil birikadi va turli shakllarni hosil qiladi.

Gravitatsion suv tuproqning yirik (>60 mkm) kapillarlaridagi harakatchan suv, uni o‘simliklar yaxshi o‘zlashtiradi. Kapillar suv-tuproqni kichikroq (60mkm) kapillarlaridagi suv bo‘lib, u pastga tushib ketmaydi, ya’ni kapillarlar suv yuzasi meniskining tortilishi hisobiga tutib turiladi. Ushbu suv ildiz tukchalari tomonidan yaxshi so‘riladi. Pardasimon suv-tuproq zarrachalari yuzasida molekulalar tortishuv kuchlari-adsorbsiya hisobiga tutib turiladi. Pardasimon suv o‘simliklar tomonidan qiyin o'zlashtiradi.

Gigroskopik suv-tuproq zarrachalari tomonidan katta kuch bilan (1000 atm) suvni ushlab turiladi. O‘simlik tomonidan o‘zlashtirilmaydi. Immobilizasion suv tuproqdagi kolloid moddalarga kimyoviy bog’langan suv bo‘lib, o‘simliklar tomonidan umuman o‘zlashtirilmaydi.

2.4. Ildizning tuzulishi. Ildiz bosimi. Transpiratsiya koeffetsenti.

O‘simliklarning ildiz sistemasida asosan quyidagi to‘qimalari uchratamiz. Ildiz qini, apikal meristema, rizoderma, birlamchi po‘stloq, endoderma, perisikl va o‘tkazuvchi to‘qimalar. Ildiz o‘suvchi-meristema (2mm) va cho‘zilish (2-8mm) qismlaridan iborat. Meristema hujayrasi to‘xtovsiz bo‘linib turadi va ildizning o‘sishini ta’minlaydi. Bo‘linish to‘xtagandan keyin cho‘zilish boshlanadi.


Bunda ildizning differensirovkasi tugallanadi va uning ildiz tukchalari qismi boshlanadi hamda to‘qimalarning shakllanishi to‘xtaydi. Rizoderma-bir qavat joylashgan hujayralardan iborat bo‘lib, ildiz tukchalarini hosil qiladi. Tukchalar soni qanchalik ko‘p bo‘lsa, suvni so‘rish sathi ham shunchalik katta bo‘ladi. Tukchalar ko‘proq tuproq kapillari ichiga kirib borib suv so‘radi.
Ildizning ildiz tukchalardan yuqori qismi faol hisoblanmaydi, ya’ni suvni deyarli shimimaydi. Chunki ushbu qism hujayralarining devorlari qalin,po‘kaklashgan bo‘lib va ayrim hujayralar nobud bo‘lib turadi. Aytib o‘tish lozimki, ildiz to‘qimalarining shakllanishi barcha ikki urug‘pallali o‘simliklarda bir xildir.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling