2-Ma'ruza. Mavzu: O‘simliklarda suv almashinuvini fiziologiyasi Reja
Download 0.76 Mb.
|
2-Ma\'ruza-Botanika va o\'simliklar fiziologiyasi
Immobillashgan suv. Immobillashish bu makromolekulalarning konformatsion o‘zgarishi vaqtida suvni mexanik ushlab olinishidir. Buning natijasida suv makromolekula ichida yoki ular orasidagi yopiq muhitga tushib qoladi. Immobillashgan suvning bir qismi gitratatsiya jarayonlarida qatnashsa, qolgan qismi oddiy suv xossalariga ega bo‘ladi. Ammo immobillashgan suv o‘zining yuqori harakatchanligiga qaramasdan yopiq sistemada bo‘lganligi sababli makromolekulalardan faqatgina katta kuch tufayli uzilishi mumkin. Bu jihatdan immobillashgan suvni bog’langan suv deb qarash mumkin.2.3. Suvning o‘simlik bo‘ylab harakatlanishi. Hujayra devori.Yetuk o‘simlik hujayrasi atrofida uchta qavat farqlanadi. Birlamchi hujayra devori ko‘proq yosh hujayralarda bo‘lib, asosan, tarkibida pektin moddasini tutgan selluloza fibrillari ko‘p bo‘ladi. Pektin bu geterogen guruh bo‘lib, uning tarkibiga bir biri bilan bog’lanib ketgan gidratlangan polimerlar kiradi. Gidratlangan polimerlar manfiy zaryadlari ko‘proq bo‘lgan galakturonat kislotasi qoldiqlaridan tuzilgandir. Mana shu manfiylik xossasi tufayli pektin komponentlari yaxshi biriktiradi. Agar tarkibida pektin moddasi ko‘p bo‘lgan eritmaga Ca2+ ionlarini qo‘shsak, u pektin molekulalarini tikishi natijasida jelatinlanish hodisasi vujudga keladi.Hujayra devorlari oralig‘ida kalsiy pektatdan tashkil topgan o‘rta plastinka ham mavjuddir. Hujayra devorlari gidrofillik xususiyatiga ega bo‘lganligi sababli o‘zida anchagina suv ushlaydi. Undagi suv ikki qismdan-harakatchan va kamharakatchan suv formalaridan iboratdir.Sitoplazmadagi suv miqdori. Sitoplazmadagi suvning miqdori 95% atrofida bo'ladi. Ammo hujayra devori tarkibidagi suvdan farq qilib, o‘simlikni suv bilan ta’minlash buzilganda, harorat oshganda va boshqa hollarda o‘zgarishi mumkin. Suv sitoplazmaning holatini, ya’ni suyuq yoki gel holatda bo‘lishini belgilaydi.Shuningdek, suv sitoplazmaning cho‘zilishiga, yopishqoqligiga va uning tuzilishiga ta’sir qiladi. Sitoplazmadagi suvning miqdoriga aminokislotalarning gidrofill guruhlari, xususan, kislorod va azot elementlari ham katta ta’sir qiladi. Chunki ular atrofida vodorod bog‘lari hosil qilganligi sababli, avval aytib o‘tganimizdek kislorod va azot tomonga o‘girilgan suv molekulalari ko‘p bo‘ladi.Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling