2-Ma`ruza. Mavzu
ρ-zarracha moddasining zichligi, M-
Download 454.96 Kb.
|
2-ma`ruza (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fluktuatsiya
- Chin eritmalardagi kabi kolloid eritmalarga ham gaz qonunlarini tatbiqi.
ρ-zarracha moddasining zichligi, M-kolloidning molekulyar massasi. Masalan, oqsillarning ana Shu usulda topilgan molekulyar massasi (50000-70000) ularning krioskopik usulda topilgan taqribiy molekulyar massasiga yaqin keladi. Shunday qilib, diffuziya hodisasi kolloid zarrachalar o`lchamlarini va molekulyar massasini aniqlashda katta ahamiyatga ega.
Fluktuatsiya – sistemaning mikrohajmda zichlik, kontsentratsiya yoki boshqa parametrlarining o`rtacha muvozanat qiymatdan o`z holicha chetlashishidir. Svedberg oltin zolining 1000 mkm3 dagi zarrachalar sonini aniqlashdagi fluktuatsiyani kuzatayotib, zarrachalar soni o`rtacha 1,545 ekanligini, lekin ayrim vaqtlarda u 0 dan 7 gacha o`zgarishinii aniqladi. Buning sababi Shundaki, zarrachalarning betartib harakati alohida olingan mikrohajmga zarrachalarning tasodifan ko`p yoki kam tushib qolishidir. Demak, fluktuatsiya diffuziyalanish hodisasining aksidir, lekin Shu bilan bir vaqtda ularning ikkalasi ham issiqlik harakatining natijasidir. Agar diffuziyalanish har qanday o`z-o`zidan boruvchi jarayon bo`lsa, termodinamika ikkinchi qonuniga binoan qaytmas jarayon bo`lishi kerak, ammo fluktuatsiya termodinamikaning ikkinchi qonuni statistik xarakterga ega ekanligini ko`rsatadi, ya`ni uni alohida yakka zarrachalarga yoki ularning kichik bir guruhiga tatbiq qilib bo`lmaydi. Ikkala holda ham materialistik dialektika qonunlaridan biri - qarama-qarshiliklar birligi qonunining isbotini ko`ramiz. Chin eritmalardagi kabi kolloid eritmalarga ham gaz qonunlarini tatbiqi. Chin eritmalar kabi, kolloid eritmalarda ham osmotik bosim mavjud. U gaz bosimi kabi eritmalarning kolligativ xossasi hisoblanadi, ya`ni erkin harakat-lanayotgan kolloid zarrachalar sonigagina bog`liq. Agar kolloid zarrachaning hajmi va massasi quyi molekulyar moddalar molekulasining hajmi va massasidan birmuncha katta ekanligini hisobga olsak, unda bir xil kontsentratsiyali kolloid va chin eritmaning ma`lum bir hajmida asl zarrachalarning soni chin eritma zarrachalarining sonidan ancha kam bo`ladi. Shuning uchun ham chin eritmalar osmotik bosimiga qaraganda kolloid eritmalarning osmotik bosimi juda past bo`ladi. Masalan, massaviy kontsentratsiyasi 10 g/l bo`lgan oltin zolining osmotik bosimi 45 Pa ga, xuddi Shu kontsentratsiyali saxaroza eritmasining osmotik bosimi 7250 Pa ga teng. Bundan tashqari, kolloid eritmalar osmotik bosimining ma`lum bir ulushi elektrolitlar aralashmasi bosimiga to`g`ri keladi. Chin eritmalardagi kabi kolloid eritmalarga ham gaz qonunlarini tatbiq etish mumkin. Kolloid eritmalar uchun Klapeyron-Mendeleev tenglamasi quyidagicha yoziladi: ёки P (3.14) bu yerda v / V— kolloid zarrachalarning kontsentratsiyasi, ya`ni hajm birligida bo`lgan kolloid zarrachalar soni, N—Avogadro soni, n—zarrachalar soni, R—osmotik bosim. Bu formulani yaxshi tuShunish uchun quyidagi masalani yechamiz. Masala. Oltin zolining 1 litrida 10 g oltin bor. Bu kolloid eritmaning 27°C dagi osmotik bosimi topilsin. Zolning solishtirma og`irligi 2 ga, oltin zarrachalarining har bir qirrasi 20 mkm ga teng kub deb olinsin. Download 454.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling