2-Ma`ruza. Mavzu
Download 454.96 Kb.
|
2-ma`ruza (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Modda zarrachalarining o`z-o`zicha harakat qilish qonunlari.
2-Ma`ruza. Mavzu: Kolloid eritmalarning molekulyar-kinetik xossalari. Kolloid sistemalarning osmotik bosimi. Sedimentasiya. Kolloidlarning optik xossalari. Reja: 1. Modda zarrachalarining o`z-o`zicha harakat qilish qonunlari.Eritmalarning kolligativ xossalari. Kolloidlarning diffuziyasi. 2. Chin eritmalardagi kabi kolloid eritmalarga ham gaz qonunlarini tatbiqi. Kolloid eritmalar uchun Mendeleyev-Klapeyron tenglamasi. 3. Osmotik bosim orqali kolloidlarning molekulyar og`irligini topish. Dagal dispers sistemalar. Suspenziyalar va emul`siyalarda sedimentatsiya hodisasi. Stoks qonuni. Polidispers sistemalarda kolloid zarrachalarning cho`kishi. 4. Perren tenglamasi. Sedimentatsiya tezligi bilan muhitning qovushoqligi va zichligi orasidagi bog`lanish. Sedimentatsiya diagrammasi. Fluktatsiyalar nazariyasi. 5. Kolloid eritmalarning rangi. Yorug`lik nurining tanlanib yutilish xodisasi. Kolloidlarning rangiga ta`sir etuvchi omillar. Kolloid eritmalarda yorug`likni yoyilishi. Tindal` Faradey effekti. Reley qonuni. 6. Kolloid eritmalarni o`rganishda nefelometr va ultramikroskopning ahamiyati. Elektron mikroskop. Rentgenografiya va elektronografiya usullarining ahamiyati. Modda zarrachalarining o`z-o`zicha harakat qilish qonunlari. Kolloid eritmalarning fizikaviy xossalariga ularning molekulyar-kinetik, optik, elektr va sirt xossalari kiradi. Molekulyar-kinetik xossalari – kolloid eritmalarning dastlabki nazariyalari bo`yicha eritmalarning molekulyar-kinetik tasavvurlari faqat molekulyar eritmalarga tegishli deb yuritilardi. Fanning rivojlanishi natijasida molekulyar-kinetik xodisalar kolloid eritmalarga ham xos ekanligi ma`lum bo`ldi. Bu xossalar kolloid eritmalarda asosan uning zarrachalari o`lchamlariga va shakliga bog`liq ekan. Kolloid eritmalarni zarrachalarini ultramikroskop orqali ko`zdan kechirib, kolloid zarrachalar doimo harakatda ekanligini ko`ramiz. Kolloid zarrachalarning harakat yo`li doimo o`zgarib turadi, uning o`tgan yo`lini chizib borish juda qiyin. Perren zarrachaning turgan joyi ma`lum vaqt ichida qancha o`zgarishini aniqlashni taklif qildi. Kolloid zarracha yo`lining ma`lum vaqt ichida o`zgarishi zarrachaning siljishi deyiladi. Download 454.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling