2-Ma`ruza. Mavzu
yilda Vant-Goff va Pfeyffer
Download 454.96 Kb.
|
2-ma`ruza (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vant-Goff
- 2269,72 kPa
- Eritmalarning bug` bosimi.
1886 yilda Vant-Goff va Pfeyffer aniqlagan natijalari Boyl`-Mariott va Gey-Lyussak qonunlariga o`xshashligini ko`rsatdi. Ana Shu o`xshashlikka asoslangan xolda eritmalarning osmotik nazariyasini yaratdi. Bu nazariyaga muvofiq erigan moddalar eritmada xuddi gaz xolatiga o`xshagan xolatda bo`ladi. Vant-Goff eritmalarning osmotik bosimi uchun Klapeyron-Mendeleev tenglamasiga o`xshash quyidagi tenglamani taklif qildi:
PV = nRT (3.1) bu yerda: R—eritma osmotik bosimi, V— eritma hajmi, p—erigan moddaning mol` soni, R—universal gaz konstantasi, T— eritmaning absolyut shkaladagi temperaturasi. Bu bilan u, Avogadro qonuni ham eritmalarga tadbiq etilishi mumkinligini ko`rsatdi. Masalan, 1 l eritmada 1 mol` erigan modda bo`lsa, bunday eritmaning osmotik bosimi 2269,72 kPa ga teng bo`lishi kerak, chunki P = n / V* RT = 8,314 * 273 = 2269,72 kPa; (13)- tenglamada S = n / V molyar kontsentratsiya ekanligini e`tiborga olsak, P = CRT (3.2) formula kelib chiqadi. Vant-Goff o`z nazariyasini qonun tarzida ta`rifladi: agar erigan modda eritma temperaturasida gaz holatida bo`lib, eritma hajmiga baravar hajmni egallasa, bu gazning bosimi eritmaning osmotik bosimiga teng bo`ladi. Bu qonun eritmalarning osmotik bosimi, kontsentratsiya va absolyut temperaturagagina bog`liq bo`lib, eruvchi modda tabiatiga bog`liq emasligini ko`rsatadi. Eritmalarning bug` bosimi. Har bir suyuq va qattiq jism biror temperaturada ma`lum bug` bosimiga ega bo`ladi. Bu bosimni qattiq va suyuq modda sirtidan bug`lanayotgan zarrachalar xosil qiladi. Byg` bosimi barometrik nay yoki manometr yordamida o`lchanadi. Eritmalar byg` bosimini ko`rib chiqishda, avval, uchuvchan bo`lmagan, ya`ni odatdagi temperaturada byg` hosil qilmaydigan modda (masalan, qand, glyukoza) larning eritmalari bilan tanishib chiqamiz. Bunday eritmalarning tuyingan bug` bosimi hamma vaqt toza erituvchining tuyingan 6yg` bosimidan kam bo`ladi. Buning sababi Shundaki, suyuqlikda biror modda eritilsa, erigan modda va erituvchi molekulalari eritmaning sirt yuzasini ma`lum tartibda egallaydi va shahsan faqat bug`lanuvchi suyuqlik molekulalarigina bug` xolga o`tadi. Erigan modda miqdori qancha ko`paysa erituvchining bug` bosimi Shuncha ko`p kamayadi, suyuqlikning bug`lanishi qiyinlashadi. Shuning uchun eritma sirtidan vaqt birligi ichida ajralib chiqadigan suv molekulalarining soni, toza suv sirtidan chiqadigan molekulalar soniga qaraganda oz bo`ladi. Shuning uchun: R1 > R1° bu yerda: R1 —eritma ustidagi bug` bosimi; R10— toza erituvchining bug` bosimi. Download 454.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling