2-Ma`ruza. Mavzu
Download 454.96 Kb.
|
2-ma`ruza (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Skipidarning % bilan ifodalangan miqdori R 0 – R / R 0
- 101,325 kPa
3.1-jadval
Skipidarning efirdagi eritmasida bug` bosimining pasayishi
Raul` qonunini yuqoridagi yozilgan shaklda faqat uchuvchan bo`lmagan moddalarning eritmalari uchun tatbiq etilishi mumkin. 3.1-jadvalda skipidarning efirdagi eritmasi uchun ba`zi xususiyatlar keltirilgan. Bu misolda skipidar efirga nisbatan uchuvchan modda emas deb qaraladi. Eritma kontsentratsiyasi past bo`lganda Raul` qonunining xulosalari tajribaga mos kelishi jadvaldan ko`rinib turibdi. Eritma kontsentratsiyasi yuqori bo`lganda tajriba bilan nazariya biri-biriga to`g`ri kelmay qoladi. Raul` qonuniga faqat ideal eritmalar bo`ysinadi. Real eritmalar juda kichik kontsentratsiyalardagina bu qonunga mos keladigan natija beradi. Suyultirilgan eritmalarda erigan moddaning mol` soni p2 - erituvchining mol` soniga nisbatan kichik bo`lgani sababli, Raul`ning 1-qonuni suyultirilgan eritmalar uchun quyidagicha yoziladi: (3.5) Eritmalarning qaynash va muzlash temperaturalari. Raulning ikkinchi (ebulioskopik va krioskopik) qonuni. Eritmaning qaynash temperaturasi bilan toza erituvchining qaynash temperaturasi orasidagi farq – eritma qaynash temperaturasining ko`tarilishi deb ataladi. Eritma kontsentratsiyasi qancha katta bo`lsa, u Shuncha yuqori temperaturada qaynaydi. Bu xodisani tuShunish uchun 3.1-rasmda ko`rsatilgan diagrammadan foydalanamiz. Bu diagramma AO chizig`i toza erituvchi bug` bosimining OD chizig`i eritma bug` bosimining OV chizig`i esa qattiq xolatdagi toza erituvchi bug` bosimining temperaturaga qarab o`zgarishini aks ettiradi (OV chizig`i OA chizig`iga qaraganda tikroq bo`ladi, chunki bug` to`g`ridan-to`g`ri qattiq xolatga o`tganda ko`p issiqlik chiqadi). Toza erituvchining to`yingan bug` bosimi t01 da 101,325 kPa ga yetadi. Shuning uchun toza erituvchi t1° da qaynaydi. Eritmaning tuyingan bug` bosimi hamma vaqt toza erituvchinikidan past bo`lganligi sababli, uning bug` bosimini 101,325 kPa ga yetkazish uchun uni t20 gacha qizdirish kerak. Demak, eritma t20 da qaynaydi. Eritma qaynash temperaturasining ko`tarilishi Δt = t2° - t1° ni aniqlash hakida olib borilgan tadqiqotlar Raulning ikkinchi qonuni shaklida yakunlanadi. Raulning ikkinchi qonuniga muvofiq Δt ning qiymati erigan moddaning molyal` kontsentratsiyasiga to`g`i proportsionaldir: Download 454.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling