2-Ma`ruza. Mavzu


Eritmalarning kolligativ xossalari


Download 454.96 Kb.
bet2/23
Sana30.04.2023
Hajmi454.96 Kb.
#1408959
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
2-ma`ruza (1)

Eritmalarning kolligativ xossalari.
Eritmalardagi diffuziya, osmos xodisasi, eritmalarning byg` bosimi, muzlash temperaturasini nisbiy pasayishi va qaynash temperaturasini nisbiy ko`tarilishi kabi xossalar eritmaning kolligativ xossalari hisoblanadi.
a) bir modda zarrachalarining ikkinchi modda ichida taqsimlanishini ta`minlovchi jarayonni diffuziya deyiladi. Agar yuqori kontsentratsiyali eritma olib, uning ustiga ohista suv quysak, erigan modda zarrachalari suvga o`ta boshlaydi va eritma bir xil kontsentratsiyali bo`lishga intiladi. Eritmalarda diffuziya xodisasini puxta o`rganish natijasida quyidagi qonuniyatlar chiqarilgan:
1). Eritmalarda diffuziya jarayoni juda sust boradi;
2). Diffuziya tufayli zarrachalar kontsentratsiya yuqori bo`lgan joydan kontsentratsiya kam bo`lgan joyga o`tadi va nihoyat, sistema bir xil kontsentratsiyaga erishadi;
3). Eritmalarda diffuziya tufayli og`irlik kuchi ham yengiladi;
4). Har qanday og`ir tuz eritmasi ustiga suv solsak, og`ir zarrachalar yuqoriga ko`tarila oladi;
5). Diffuziya tufayli ikkala modda zarrachalari bir-birining orasiga kiradi.
b) agar erituvchi bilan eritma o`rtasiga yarim o`tkazgich parda qo`ysak, bu parda orqali erituvchi zarrachalari eritmaga o`tib, uni suyultira boshlaydi.
Erituvchi zarrachalarining yarim o`tkazgich parda orqali o`tish jarayoni osmos deyiladi.
Osmos hodisasi natijasida osmotik bosim kelib chiqadi. Bu bosim osmos hodisasini to`xtatish uchun, ya`ni erituvchi molekulalarini pardadan o`tkazmaslik uchun eritmaga berish kerak bo`lgan tashqi bosimga tengdir. 1877 yilda P.Pfeyffer osmotik bosimni o`lchashga imkon beradigan yarim o`tkazgich pardalar tayyorladi. Buning uchun sirlanmagan chinni (yoki sopol) silindrni CuSO4 eritmasi bilan to`ldirdi va silindrni sariq qon tuzi eritmasi solingan idishga tushirdi. Silindr devorlaridagi mayda-mayda teshiklarda Cu2[Fe(CN)6] tuzi cho`kib, natijada juda yaxshi yarim o`tkazgich parda xosil bo`ldi.
Agar silindrga qandning quyuq eritmasini, stakanga toza suv solsak qand zarrachalari yarim o`tkazgich pardadan o`ta olmaydi, suv zarrachalari esa silindrga kirib, eritmani suyultiradi. Silindrda suyuqlik hajmi ortib ketib manometrning bir qismidagi simobni bosadi, manometrning ikkinchi qismidagi simob ko`tarila boshlaydi. Bir ozdan keyin simob ko`tarilishdan to`xtaydi, chunki silindrga suv kirgan sari nay ichidagi gidrostatik bosim ortib borib, nihoyat osmotik bosimga tenglashib qoladi. Shunday qilib manometr ichidagi suyuqlik balandliklarini o`lchab, eritmaning osmotik bosimini aniqlash mumkin.
Eritmalarning osmotik bosimi juda katta qiymatga ega bo`ladi. Masalan, dengiz suvining osmotik bosimi 2837 kPa ga yaqindir. P.Pfeyffer osmotik bosim kontsentratsiya va temperaturaga bog`liq ekanligini qand eritmalarining osmotik bosimlarini o`lchash orqali topdi.
De-Friz o`simliklarni tuzning quyuq eritmasiga tushirdi. Bu vaqtda suvning hujayradan eritmaga o`tishi sababli, xujayra qisqarib o`simlik pardasi burishib qoldi. O`simlik xujayrasi toza suvga tushirilganda xujayra shishib o`z hajmini kattalashtirdi. O`simlik pardasining burishib qolishini plazmoliz deb atadi. Eritma kontsentratsiyasi sekin asta kamaytirilib, plazmoliz xodisasi kuzatilmaydigan eritma olish mumkin bo`ldi. Bunday eritmaning osmotik bosimi xujayra ichidagi eritmaning osmotik bosimiga teng bo`ladi. Demak, ikki eritma o`zaro izotonik bo`ladi. De-Friz ana Shunday izo­tonik eritmalarni tayyorlash natijasida kuyidagi qonunni topdi: bir xil temperaturadagi turli moddalarning bir xil molyar kontsentratsiyada olingan eritmalari bir xil os­motik bosimga ega bo`ladi. Boshqacha aytganda ekvimolekulyar eritmalar o`zaro izotonik bo`ladi.

Download 454.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling