2-Ma`ruza. Mavzu


F. Raulning birinchi (tonometrik) qonuni


Download 454.96 Kb.
bet4/23
Sana30.04.2023
Hajmi454.96 Kb.
#1408959
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
2-ma`ruza (1)

F. Raulning birinchi (tonometrik) qonuni.
Eritma byg` bosimining toza erituvchi byg` bosimiga qaraganda past bo`lishidan foydalanib, bir necha muhim qonuniyatlar aniqlandi. Eritma byg` bosimining pasayishi sababli, eritmaning muzlash temperaturasi sof eri­tuvchining muzlash temperaturasidan past bo`ladi, uning qaynash temperaturasi esa sof erituvchinikidan yuqori bo`ladi. Eritmalarda bo`ladigan osmos xodisasi ham bug` bosimining pasayishiga bog`liq. Bu to`rt xususiyat eritmalarning kolligativ xususiyati deb ataladi. Bu xususiyat- larni o`rganish juda katta ahamiyatga ega, chunki ularni aniqlash yuli bilan erigan moddalarning molekulyar massasini hisoblab topish mumkin.
F. Raul` 1887 yilda juda ko`p tajribalar o`tkazib, quyidagi qonunni ta`rifladi: elektrolitmas moddalarning suyultirilgan eritmalarida o`zgarmas temperaturada bug` bosimining pasayishi maьlum miqdordagi erituvchida erigan moddaning massasiga mo`g`pu proportsional bo`lib, modda tabiatiga bog`liq emas. Bu qonun quyidagi formula bilan ifodalanadi:


(3.3)
bu yerda: R0 —toza erituvchi bug`ining bosimi; R eritma bug`ining bosimi; R0 - R eritmada erituvchi bug`i bosimi­ning pasayishi; P0 – P / P— eritmada erituvchi bug` bosimi­ning nisbiy pasayishi, p2 — erigan moddaning mol` soni; n1 - erituvchining mol` soni; n2 / n1 + n= N2 - erigan mod­daning mol` qismi.
Bu ifodalardan foydalanib, Raul` qonuniga quyidagicha qisqa ta`rif berish mumkin: erituvchi bug` bosimi­ning nisbiy pasayishi erigan moddaning molyar qismiga teng, ya`ni
(3.4)
Raul` eritmalar bug`ining bosimini o`lchash uchun To­richelli naylaridan foydalandi. Avval Torichelli nayiga toza erituvchi solib, uning bug` bosimi (R0) ni, so`ngra ma`lum kontsentratsiyadagi eritmani solib, uning ham bug` bosimi (R) o`lchadi.

Download 454.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling