2-Ma`ruza. Mavzu
Echish. Avval 10 g oltin egallagan hajmni hisoblab chiqaramiz. Buning uchun 10 ni 2 ga bo`lamiz: 10:2 = 5 sm
Download 454.96 Kb.
|
2-ma`ruza (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zerensen
Echish. Avval 10 g oltin egallagan hajmni hisoblab chiqaramiz. Buning uchun 10 ni 2 ga bo`lamiz:
10:2 = 5 sm3 yoki 5*1021 mkm3 So`ngra har qaysi zarrachaning hajmini topamiz. Bu hajm 20*20*20 = 8000 mkm3 yoki 8*103 mkm3 bo`ladi. Endi barcha zarrachalarning soni (n) ni topamiz. Buning uchun barcha zarrachalar egallagan hajmni bir zarracha hajmiga bo`lamiz: formuladan foydalanib, kolloid eritmaning osmotik bosimini topamiz: * Demak, bu kolloid eritmanig osmotik bosimi 0,02 mm. simob ust. yoki 0,3 mm. suv ustuniga teng ekan. Kolloid eritmalarning osmotik bosimini o`lchab va P = gRT / Mv formuladan foydalanib, kolloidlarning molekulyar og`irligi topiladi. Ana Shunday usul bilan Zerensen tuxum al`buminining molekulyar massasi 43400, Ader gemoglobinning molekulyar massasi 67000 ekanligini topdilar. Odatda, haqiqiy eritmalarning osmotik bosimini o`lchashda devorlari yarim o`tkazuvchi pardadan iborat bo`lgan idishga eritma solinib, idish toza erituvchiga (suvga) botiriladi. Yarim o`tkazgich pardaning bir tomonida eritma, ikkinchi tomonida toza erituvchi bo`ladi, lekin kolloid eritmaning osmotik bosimini o`lchashda o`tkazgich parda (membrana) ning bir tomonida bir yoki bir necha elektrolit eritmasi bo`ladi. Elektrolit membrananing ikkala tomoniga tarqala oladi. Shuning uchun kolloid eritmaning osmotik bosimi faqat kolloid zarrachalar kontsentratsiyasigagina emas, balki elektrolitning ikki tomoniga qanday taqsimlanganligiga ham bog`liq. Agar elektrolit ikkala tomonga birdek taqsimlansa, kolloid eritmaning osmotik bosimi faqat kolloid zarrachalar kontsentratsiyasiga bog`liq bo`ladi; bu holda elektrolit borligini nazarga olmaslik mumkin. Elektrolit membrananing ikkala tomoniga bir xilda tarqalmaydi; bir tomonda ko`p, ikkinchi tomonda kam bo`lishi mumkin. Masalan, kolloid eritma membrananing bir tomoniga joylashgan bo`lsin, membrana o`zidan kolloid zarrachani o`tkazmaydi, lekin elektrolitni bemalol o`tkazaveradi. Masalani soddalashtirish uchun kolloid eritmani kolloid elektrolit RM eritmasi deb qaraylik. Bu elektrolit kolloid anionga va metall kationga dissotsilanadigan bo`lsin: Membrananing ikkinchi tomoniga haqiqiy elektrolit, masalan, MCl eritmasi solaylik. Jarayon boshlanishidan avval sistemaning tarkibini quyidagicha tasavvur qilaylik:
Download 454.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling