2-Ma`ruza. Mavzu


P- osmotik bosim, kPa; C


Download 454.96 Kb.
bet12/23
Sana30.04.2023
Hajmi454.96 Kb.
#1408959
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Bog'liq
2-ma`ruza (1)

P- osmotik bosim, kPa;
Cm - molyar kontsentratsiya, mol`/l;
R- gaz doimiysi 8,31;
T - mutloq harorat 0K.

3.3-rasm. Osmotik bosimni o`lchashga imkon beruvchi uskuna.
a - osmotik bosimni to`g`ridan to`g`ri o`lchashga mo`ljallangan osmometr:
1-sopol idish va 2-monometr.
bBerkeli va Xartli tomonidan taklif etilgan osmotik bosimni o`lchaydigan qurilma: 1-monometr; 2-eritma solinadigan idish; 3-yarim o`tkazgich parda;
4-erituvchi saqlanadigan silindr.
Osmotik bosim erigan modda molyar kontsentratsiyasiga to`g`ri proportsional.
Noelektrolit moddalarda bunday bog`lanish 1*10-2mol`/l kontsentra-tsiyagacha kuzatiladi. Noma`lum modda eritmasining osmotik bosimini o`lchab, uning molyar massasini aniqlash mumkin:

bo`lgani uchun


n-erigan moddaning mollar soni; m-erigan moddaning massasi, gr; R- universal gaz doimiysi; V-eritmaning litrdagi hajmi; P-eritmaning osmotik bosimi, kPa; T- eritmaning harorati, 0K.
Eritmalar osmotik bosim qiymatiga ko`ra:
1). Izotonik Pstand = Posm
2). Gipertonik Pstand < Posm
3). Gipotonik Pstand > Posm eritmalar turiga bo`linadi.
Standart qilib olingan eritma osmotik bosimiga teng osmotik bosimli eritmalar - izotonik, osmotik bosimi standart eritmanikidan yuqori bo`lganlari - gipertonik, kamlari gipotonik eritmalar deyiladi.
Sedimentatsiya. Kolloidlarning optik xossalari.
Dispers faza zarrachalarining katta-kichikligi oddiy mikroskopda ko`rinadigan dispers sistemalar mikrogeterogen sistemalar deyiladi. Ularga suspenziyalar, emul`siyalar, ko`piklar, kukunlar va aerozollar kiradi. Mikrogeterogen sistema-larning zarrachalari nisbatan tez cho`kishi mumkin. Dispers sistemada zarrachalarning butun xajm bo`yicha bir xil tarqalib turishi sedimentatsion yoki kinetik barqarorlik deyiladi. Kinetik barqarorlikda har bir zarracha issiqlik harakati tufayli mustaqil harakatda bo`ladi.
Kolloid zarrachalar tabiati qanday bo`lishidan qat`iy nazar, og`irlik kuchi ta`sirida cho`kishi sedimentatsiya deyiladi. Sedimentatsiya xodisasini xamma suspenziyalarda xam kuzatish mumkin. Suspenziyalarning cho`kish tezligi dispersion muxitning zichligiga, qovushqoqligiga va dispers faza zarrachalarining zichligiga xamda ularning o`lchamiga bog`liqdir.
Sedimentatsion analiz yerni tortish kuchi yoki markazdan qochma kuch maydonida disperslik darajasi har xil bo`lgan sistemadagi zarrachalarning cho`kish tezligini o`rganadi. Yerni tortish kuchi maydonida shar shaklidagi zararchalarning xarakatga keltiruvchi kuch R:
(4.1)

Download 454.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling