2-Ma`ruza. Mavzu


Download 454.96 Kb.
bet20/23
Sana30.04.2023
Hajmi454.96 Kb.
#1408959
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
2-ma`ruza (1)

Nefelometriya.
«Opalestsentsiya» hodisasiga asoslanib, kolloid eritmalarning kontsen-tratsiyasini va kolloid zarrachaning o`rtacha katta-kichikligini aniqlaydigan asbob nefelometr yaratilgan. Agar ma`lum nur manbaidan foydalanilsa, aniq dispers faza va aniq dispersion muhitlar uchun Reley tenglamasiga kiradigan ba`zi kattaliklar (n1, n2, ρ, λ) o`zgarmay qoladi. Shunda Reley tenglamasi quyidagi qisqa shaklni oladi:
bu yerda ( = Const. (4.13)
Nefelometrik tekshirish uchun ikkita bir xil tsilindrik idish olib, ularning biriga kontsentratsiyasi ma`lum (standart) kolloid eritma, ikkinchisiga tekshirish uchun berilgan kolloid eritma solinadi. Ikkala idish birgina yorug`lik manbaidan yoritiladi. Ikkala kolloid eritmada yoyilgan nur doira shaklidagi ravshan sirtga tushadi. Doiraning yarmini standart eritmada borayotgan yopiq nur egallaydi, ikkinchi yarmini tekshirilayotgan kolloid eritmadan borgan nur yoritadi. Okulyardan ko`rinadigan ikkita yarim doiraning biri yorug`roq, ikkinchisi xiraroq bo`ladi. TSilindrik shisha idishlardan birini (maxsus moslama yordami bilan) yuqoriga ko`tarish yoki pastga tushirish orqali idishdagi kolloid eritmalarning yoritilayotgan balandliklarini o`zgartirib ikkala yarim doirani birdek yoritish mumkin. Faraz qilaylik, bu balandliklar h1 va h2
bo`lib, ikkala eritmadagi kolloid zarrachalarning hajmlari bir-biriga teng bo`lsin, u holda ikkala eritma uchun K` = KV = Const bo`ladi. Doiraning ikkala yarim qismlari bir xilda ravshanlikka ega bo`lganligi sababli
(4.14)
ga ega bo`lamiz. Bu yerda, I01—sinaladigan eritmadagi yorug`lik kuchi, I02 — standart kolloid eritma solinadigan idishdagi yorug`lik kuchi, S1— sinaladigan eritma kontsentratsiyasi, S2—stardart kolloid eritma kontsentratsiyasi. Yuqoridagi tenglamani o`zgartirib, quyidagicha yozamiz:
(4.15)
Demak, C= C2h2 / h1 asosida C1 ni hisoblay olamiz.

Download 454.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling