2-Ma`ruza. Mavzu
Kolloid eritmalarni o`rganishda nefelometr va ultramikroskopning ahamiyati
Download 454.96 Kb.
|
2-ma`ruza (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.2-rasm. Ultramikroskop
Kolloid eritmalarni o`rganishda nefelometr va ultramikroskopning ahamiyati. Ultramikroskopiya.
Kolloid eritma zarrachalarining o`lchami 100 nm dan (1000 A0) kichik bo`ladi, ammo ko`zga ko`rinadigan yorug`lik to`lqini-ning uzunligi 380-760 nm orasida bo`ladi. Shu sababdan oddiy mikroskop vositasida kolloid eritma zarrachalarini ko`rib bo`lmaydi. 1903 yilda Zigmondi Tindal`-Faradey effektidan foydalanib, ultramikroskop yasadi. Oddiy mikroskop bilan ultramikroskop orasidagi asosiy farq shundaki, oddiy mikroskopda ko`riladigan jism yorug`lik manbai bilan mikroskop oralig`iga qo`yiladi, ultramikroskopda esa yon tomondan yoritiladi, demak kolloid zarrachalar tomonidan tarqatilgan yorug`lik ko`rinadi (4.2-rasm).
Ultramikroskop yordamida faqat ma`lum hajmdagi kolloid zarrachalarning soni hisoblanadi, lekin har qaysi zarrachaning shakli va katta-kichikligini bevosita aniqlab bo`lmaydi. Ammo, ba`zi usullardan foydalanib, bu usulda olingan natijalar asosida zarrachalarning o`lchamini taxminan hisoblab topsa bo`ladi. Kolloid sistemalar polidispers bo`lganligi uchun hamma vaqt zarrachalarning o`rtacha radiusi topilali. Ultramikroskop yordamida hajm birligidagi zarrachalar soni n ni hisoblab topish mumkin. Dispers faza moddasining zichligi d va kolloid eritmaning massa kontsentratsiyasi S ma`lum bo`lsa, zarracha hajmini hisoblab topish qiyin emas: (4.12) Agar zarracha sfera shakliga ega deb faraz qilsak, uning hajmi ga teng bo`ladi (bunda r-zarrachalarning o`rtacha radiusi); binobarin = kub shaklidagi zarracha uchun bo`ladi. Ultramikroskop bilan o`lchamlari 3 nm gacha bo`lgan zarrachalarni kuzatish mumkin. Kolloid zarrachalarning shaklini elektron mikroskop yordami bilangina aniq ko`rish mumkin. Download 454.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling