4.1-jadval
Ul`tratsentrifuga yordamida aniqlangan oqsil moddalarning
molekulyar massalari
Modda
|
Molekulyar
massa
|
Modda
|
Molekulyar massa
|
Pepsin
|
39200
|
Fitotsian
|
279000
|
Tuxum albumini
|
43500
|
Oktolus gemotsianin
|
2785000
|
Gemoglobin
|
68100
|
|
|
Kolloid eritmalarning rangi. Yorug`lik nurining tanlanib
yutilish xodisasi.
Kolloidlarning optik xossalari qatoriga yorug`likning kolloid eritmalarda tarqalishi, kolloid eritmalarning rangi, yorug`likning kolloidlarga yutilishi, qutblangan yorug`lik tekisligining aylanishi hamda ul`tramikroskopik, elektronomikroskopik va rentgenografik xossalari kiradi. Zollarga rangdorlik xossalari xos. Zollarning o`tayotgan yorug`likdagi ranggi disperslik darajasiga, zarrachalarning kimyoviy tabiati va shakliga bog`liq hollarda o`zgaradi.
Disperslik darajasi yuqori bo`lgan metall zollarining ranggi, odatda, qizil va to`q sariq, disperslik darajasi past bo`lgan metall zollari binafsha va ko`k tusli bo`ladi. Masalan, oltinning disperslik darajasi yuqori bo`lgan zollari qizil tusli bo`lib, disperslik darajasi past bo`lgan zollari binafsha va ko`k tuslidir.
Metall zollarining o`tayotgan yorug`likdagi rangi yutilgan nurning to`lqin uzunligiga ham bog`liq. Masalan, oltinning yuqori dispers zoli orqali oq nur o`tganda, zol to`lqin uzunliklari 5500 – 5100 A0 bo`lgan yashil nurlarnigina yutadi. Shu sababli zol qizil tusga kirib turadi. Oltinning disperslik darajasi past bo`lgan zollari orqali oq nur o`tganda zol to`lqin uzunligi 5870 – 5750 A0 bo`lgan sariq nurlarni yutadi. Sariq rang uchun qo`shimcha rang ko`k rang bo`lganligidan, bu zol ko`k ranglidir. Agar oltin zolining disperslik darajasi juda yuqori bo`lsa, u to`lqin uzunliklari 4800 – 4500 A0 bo`lgan ko`k nurni yutadi. Shu sababli bunday zol sariq tusda bo`ladi, chunki sariq rang ko`k rang uchun qo`shimcha rangdir. Projektor nuri, tuman, tutun, havo ranglidir. Osmonning ko`k tusda bo`lishiga sabab quyosh nuri havo qavatlarida tarqalishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |