2-Ma`ruza. Mavzu
Download 454.96 Kb.
|
2-ma`ruza (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.3-rasm. Elektron mikroskop
- Rentgenografiya va elektronografiya.
Elektron mikroskop 1934 yilda kashf qilingan. Elektron mikroskopning yaratilishini De-Broyl tenglamasining qo`llanilish samarasi deb qarash mumkin. Agar λ q h / mv tenglamadagi
deb olsak, λ = kelib chiqadi. Demak, elektronning harakat to`lqin uzunligi berilgan elektr kuchlanishga nomutanosibdir. V -bir necha ming (hatto million) vol`t bo`lishi mumkin. Natijada juda kichik to`lqin uzunligiga ega bo`lgan elektronlar oqimi hosil bo`ladi. Elektron mikroskopda yorug`lik nuri o`rnida elektronlar oqimidan foydalaniladi, chunki ularni elektromagnit yordamida boshqarish qulay.
4.3-rasmda elektron mikroskopning sxemasi keltirilgan. Kolloid zarrachalarning ichki strukturasi va uning turli jarayonlar vaqtida o`zgarishi rentgenografiya va elektronografiya usullari yordamida aniqlanadi. Rentgenografiya va elektronografiya. Kolloid sistemalarni tekshirishda bu usullarning biri rentgen nurlarining, ikkinchisi esa elektronlar oqimining qo`llanilishiga asoslangan. Rentgenografiya usulidan foydalanib, kolloid zarrachalarning ichki tuzilishi haqida ma`lumot olish mumkin. Kolloid zarracha o`lchamlari nihoyatda kichik bo`lganligi uchun kolloid sistemalarning rentgenografiya yordamida olingan Laue diagrammalari u qadar aniq chiqmaydi; ko`pincha bu sohada Debay-SHerrer diagrammalarini hosil qilish bilan chegaralanadi. Debay-SHerrer diag-rammalarini tekshirish yo`li bilan xilma-xil kolloidlarning ko`pchiligi kristall tuzilishga ega ekanligini aniqlash mumkin bo`ldi. Ayniqsa og`ir metallarning zollari va ularning birikmalaridan hosil bo`lgan zollarni tekshirish samarali natijalar berdi. Buning sababi Shundaki, rentgen nurlari og`ir metall atomlariga tushganida nur nihoyatda kuchli yoyiladi. Bu hodisaga dispersion muhit u qadar halal bermaydi. Rentgenografiya usuli yuqori molekulyar birikmalarni (ayniqsa, tabiiy va sintetik polimerlarni) va bo`kish hodisasini tekshirishda katta ahamiyat kasb etadi. Xususan, penitsillin, vitamin V12, gemoglobin kabi murakkab moddalarning tuzilishi faqat rentgen-struktur tahlil usuli asosida aniqlanadi. Rentgenografik usullarni takomillashtirish yo`li bilan oqsil molekulalarining o`lchamlari va ularning gidratlanishi haqida qimmatli ma`lumotlar qo`lga kiritildi. Kolloid sistemalarning dispers faza sirtini tekshirishda elekt-ronografiya usullaridan foydalaniladi. Download 454.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling