2-Ma`ruza. Mavzu


Kolloid eritmalarni o`rganishda nefelometr va ultramikroskopning ahamiyati


Download 454.96 Kb.
bet19/23
Sana30.04.2023
Hajmi454.96 Kb.
#1408959
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
2-ma`ruza (1)

Kolloid eritmalarni o`rganishda nefelometr va ultramikroskopning ahamiyati. Ultramikroskopiya.
Kolloid eritma zarrachalarining o`lchami 100 nm dan (1000 A0) kichik bo`ladi, ammo ko`zga ko`rinadigan yorug`lik to`lqini-ning uzunligi 380-760 nm orasida bo`ladi. Shu sababdan oddiy mikroskop vositasida kolloid eritma zarrachalarini ko`rib bo`lmaydi.
1903 yilda Zigmondi Tindal`-Faradey effektidan foydalanib, ultramikroskop yasadi. Oddiy mikroskop bilan ultramikroskop orasidagi asosiy farq shundaki, oddiy mikroskopda ko`riladigan jism yorug`lik manbai bilan mikroskop oralig`iga qo`yiladi, ultramikroskopda esa yon tomondan yoritiladi, demak kolloid zarrachalar tomonidan tarqatilgan yorug`lik ko`rinadi (4.2-rasm).


4.2-rasm. Ultramikroskop

Ultramikroskopda manbadan tushayotgan nur bilan ko`rinadigan nur bir-biriga perpendikulyar bo`ladi va manbadan chiqqan nur mikroskopga tushmaydi, Shuning uchun bu mikroskopda qorong`ulik ko`rinadi. Agar manbadan chiqqan nur kolloid zarrachaga tushsa, zarracha nurni tarqatadi, zarrachaning o`zi esa yorug`lik manbai bo`lib xizmat qiladi. Shuni ham ta`kidlash lozimki, ultramikroskopda zarrachaning o`zini emas, Shu zarracha tomonidan tarqatilgan nur ko`rinadi.

Ultramikroskop yordamida faqat ma`lum hajmdagi kolloid zarrachalarning soni hisoblanadi, lekin har qaysi zarrachaning shakli va katta-kichikligini bevosita aniqlab bo`lmaydi. Ammo, ba`zi usullardan foydalanib, bu usulda olingan natijalar asosida zarrachalarning o`lchamini taxminan hisoblab topsa bo`ladi. Kolloid sistemalar polidispers bo`lganligi uchun hamma vaqt zarrachalarning o`rtacha radiusi topilali.
Ultramikroskop yordamida hajm birligidagi zarrachalar soni n ni hisoblab topish mumkin. Dispers faza moddasining zichligi d va kolloid eritmaning massa kontsentratsiyasi S ma`lum bo`lsa, zarracha hajmini hisoblab topish qiyin emas:
(4.12)
Agar zarracha sfera shakliga ega deb faraz qilsak, uning hajmi  ga teng bo`ladi (bunda r-zarrachalarning o`rtacha radiusi); binobarin
= kub shaklidagi zarracha uchun


bo`ladi. Ultramikroskop bilan o`lchamlari 3 nm gacha bo`lgan zarrachalarni kuzatish mumkin. Kolloid zarrachalarning shaklini elektron mikroskop yordami bilangina aniq ko`rish mumkin.

Download 454.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling