2-Ma`ruza. Mavzu


Download 454.96 Kb.
bet16/23
Sana30.04.2023
Hajmi454.96 Kb.
#1408959
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
Bog'liq
2-ma`ruza (1)

Sv xajm birligidagi sirt yuzasi;
d – solishtirma og`irlik.


Sedimentatsion muvozanat.
Suyuq yoki gazsimon muhitda disperslangan modda zarrachalari doim bir-biriga qarama-qarshi bo`lgan ikki kuch ayni modda zarrachalarini cho`kishiga olib keluvchi og`irlik kuchi va zarrachalar yuqori kontsentratsiyali sohadan kichik kontsentratsiyali sohaga o`tish uchun intiluvchi, ya`ni butun hajmda bir tekisda taqsimlanishga olib keluvchi diffuzion kuchlar ta`sirida bo`ladi. Sistemada u yoki bu kuchning hokimlik qilishiga qarab dispers faza zarrachalarining cho`kishi (og`irlik kuchi ta`sirida) yoki butun hajmda konsentratsiyalar tenglashishi (diffuzion kuchlar katta bo`lganda) kuzatiladi. Og`irlik kuchi ta`sirida zarrachalarning cho`kish jarayoni sedimentatsiya (lotincha sedimentum-cho`kish) deyiladi. Zarrachalarning cho`kish tezligi nafaqat ularning o`lchamiga, balki zarrachalar zichligining farqiga (d-d0), Shuningdek muhit qovushoqligi η ga bog`liq bo`ladi va quyidagi matematik tenglama bilan ifodalanadi:
(4.9)
bunda v- zarrachaning cho`kish tezligi, r- zarracha radiusi, d va d0-disperslangan modda va erituvchi zichliklari, η-muhitning qovushoqligi, g-og`irlik kuchi tezlashishi.
Tenglamadan ko`rinib turibdiki, nisbatan yirik zarrachalar katta tezlikda cho`kadi. Agar sistemada og`irlik kuchlari diffuzion kuchlar bilan to`liq muvozanatlangan bo`lsa, diffuzlanish va sedimentlanish tezliklari tengligi bilan tavsiflanuvchi sedimentatsion muvozanat vujudga keladi. Sedimentatsion muvozanat faqat kolloid eritmalarda emas, molekulyar - dispers sistemalarda ham kuzatilali. Bu muvozanat zarrachalar konsentratsiyasining yuqoridan pastga qarab asta-sekin ortishi bilan tavsiflanadi.
Sedimentatsion tahlilning hamma usullari dispers faza zarrachalarining cho`kish tezligiga asoslangan. Zarrachaning cho`kish tezligini tajribada aniqlab, ular o`lchamini ya`ni, disperslik darajasini hisoblash mumkin. Dispers zarracha radiusini tenglama (2.12) dan aniqlash mumkin:
(4.10)
Kolloid eritma zarrachalari og`irlik kuchi ta`sirida juda sekinlik bilan cho`kishi tufayli, uni tezlatish uchun yer tortish kuchidan taxminan 1000000 marta katta bo`lgan markazdan qochma kuchni hosil qila oladigan ul`tratsentrifugalar qo`llaniladi. Ul`tratsentrifugalash usuli bilan ko`plab kolloidlardagi zarrachalar o`lchami va yuqori molekulyar birikmalarning molekulyar massasi aniqlangan. 8.1-jadvalda ul`tratsentrifugalash usuli bilan aniqlangan ba`zi oqsil moddalarning molekulyar massalari keltirilgan.

Download 454.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling