D– zarracha moddasining zichligi, d– dispersion muxit zichligi, g- og`irlik kuchi tezlanishi.
Agar modda zarrachasining zichligi D > d muxit zichligidan katta bo`lsa (suspenziya) xarakat pastga qarab, D < d bo`lsa (emul`siya) yuqoriga qarab bo`ladi.
Zarrachaning cho`kish tezligiga ishqalanish kuchi qarshilik qiladi:
(4.2)
Bu yerda: η- dispersion muxitning qovushqoqligi, r- zarracha radiusi, v-zarrachaning cho`kish tezligi.
Avval zarracha tez xarakat qiladi. Shu bilan birga muxitning qarshiligi ortib boradi va ma`lum tezlikda og`irlik kuchiga tenglashib zarrachalar bir xil tezlikda xarakat qiladi. (1) va (2) tenglamalarni tengligidan foydalanib radius r bilan cho`kish tezligi v orasidagi bog`lanish topiladi.
= (4.3)
(4.4)
Shu sistema uchun η va (D – d) miqdorlari o`zgarmas bo`lgani uchun uni quyidagicha yozish mumkin
bu yerda (4.5)
cho`kish tezligi esa
bu yerda: N– idishning suyuqlikka botib turgan qismi, t – vaqt
Bu tenglama bir xil va o`rtacha tezlikda xarakat qiladigan sharsimon zarrachalar uchun qulay.
Oddiy suspenziya va emul`siyalarda katta – kichikligi jixatidan bir-biridan keskin farq qiladigan zarrachalar bo`ladi. Sedimentatsiya usulining vazifasi faqat eng yirik yoki eng kichik zarrachalarning xajmini aniqlashdangina iborat bo`lmay, balki dispers sistemalarning to`la granulometrik yoki fraktsiyalar tarkibini aniqlashdan iboratdir. Bu usul bilan xar bir fraktsiyaning foiz miqdorini aniqlash mumkin.
Sedimentatsiya turli usullar bilan amalga oshiriladi:
1. Tinch turgan suyuqlik ichida zarrachalarning cho`kish tezligi kuzatiladi.
2. Suspenziyani chayqatib xarakatdagi suyuqlik ichida dispers fazani fraktsiyalar shaklida ketma-ket cho`ktirish.
3. Xavo oqimi ta`sirida zarrachaning o`lchamlariga qarab bir -biridan ajratish.
4. Markazdan qochma kuch maydonida yuqori dispers sistemalarning cho`kish tezligini kuzatish. Bularning ikkisi qulay bo`lib suspenziyaning cho`kish tezligi aniqlanadi.
Yuqoridagilardan ikkinchi usul ko`proq qo`llaniladi. Sedimentatsion analiz Figuravskiy asbobida olib boriladi. Bu usul o`zining aniqligi bilan boshqa usullardan farq qilib, kam miqdorda dispers fazaga va sekin cho`kadigan zarrachalarga ega bo`lgan suspenziyalar uchun qo`llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |