2-Ma`ruza. Mavzu


Osmotik bosim orqali kolloidlarning molekulyar


Download 454.96 Kb.
bet11/23
Sana30.04.2023
Hajmi454.96 Kb.
#1408959
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
Bog'liq
2-ma`ruza (1)

Osmotik bosim orqali kolloidlarning molekulyar 
og`irligini topish.
Osmos va osmotok bosim. Turli kontsentratsiyali ikki eritmani o`zaro aralashtirilsa, diffuziya jarayoni oqibatida ma`lum vaqtdan so`ng ularning kontsentratsiyasi tenglashadi. Agar turli kontsentratsiyali ikki eritma o`rtasiga yarim o`tkazgich parda qo`yilsa, diffuziya asosan bir yo`nalishda ro`y beradi. Yarim o`tkazgich parda tirqishlari nihoyatda kichik bo`lib undan faqat erituvchi molekulalarigina o`ta oladi, erigan modda molekulalari esa o`tmaydi. Erituvchi molekulalari asosan kontsentratsiyasi kam eritmadan kontsentratsiyasi ko`p eritmaga o`tadi. Natijada kontsentratsiyasi yuqori eritmaning sathi balandlashib, kontsentratsiyasi oz eritmaning sathi pasayadi.
Erituvchi molekulalarining yarim o`tkazgich parda orqali bir tomonlama diffuziyasiga osmos deyiladi.
Nima uchun osmotik bosim yuzaga keladi. U simon nay ichida shakar va toza suv eritmasi yarim o`tkazuvchi devor bilan ajratilgan. Osmos natijasida eritma hajmi sekin asta oshadi va nay orqali ko`tarila boshlaydi. Naydagi eritma sathi
ko`tarilgan sari ortiqcha gidrostatik bosim vujudga keladi, bu bosim eritma va erituvchi sathlarning ayirmasi bilan o`lchanadi va erituvchi molekulalarining eritma ichiga kirishiga qarshi ta`sir ko`rsatadi. Gidrostatik bosim ma`lum darajaga yetgandan keyin, osmos to`xtab qoladi ( 3.2-rasm).


3.2-rasm. Osmotik bosimni paydo bo`lishi
Osmos hodisasini to`xtatish uchun yuqori kontsentratsiyali eritmaga berilishi zarur bo`lgan bosim osmotik bosim deyiladi.
3.2-rasmda osmosni to`g`ridan to`g`ri o`lchash uchun mo`ljallangan uskuna berilgan (a). Monometr osmotik bosim o`zgarishini ko`rsatadi. Berkeli va Xartli tomonidan taklif etilgan osmotik bosimni o`lchaydigan qurilma esa osmotik bosim o`zgarishini monometr ko`rsatkichida aks ettiradi (b).
Vant-Goff qonuni. Osmos hodisasini o`rganib, Vant-Goff quyidagi qonunni kashf etdi: erigan modda gaz holatida bo`lib, eritma hajmiga teng hajmni egallaganda hosil qiladigan bosimi Shu eritmaning osmotik bosimiga teng bo`ladi:
(3.18)

Download 454.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling