2-Ma`ruza. Mavzu
Download 454.96 Kb.
|
2-ma`ruza (1)
bu yerda, C1 – R- —ionlarining dastlabki kontsentratsiyasi, C2 – Cl- ionlarining dastlabki kontsentratsiyasi. M+ va Cl- ionlar membrananing bir tomonidan ikkinchi tomoniga va ikkinchi tomonidan birinchi tomoniga o`ta boshlaydi, lekin R- anionlari har doim bir tomonida qolaveradi. M+ va Cl- ionlarining harakati asta-sekin muvozanat holatiga keladi. Bunda membrananing u tomonidan bu tomoniga bu tomonidan u tomoniga o`tadigan ionlar soni vaqt birligida bir-biriga teng bo`lib qoladi. II-tomondan I-tomonga o`tgan M+ va Cl- ionlarining miqdorini x deb olsak, muvozanat holatdagi sistema quyidagicha tasvirlanadi:
Bunday muvozanat uchun: (C1 + x) x = (C2 - x) 2 (3.15) ifodani yozish mumkinligi aniqlandi va quyidagi xulosalarga kelindi: 1). MCl elektrolit membrananing ikkala tomoniga bir xilda tarqalmaydi; 2). Kolloid eritma joylashgan tomonda elektrolit kontsentratsiyasi kamroq bo`ladi; 3). MCl membrananing ikkala tomonida baravar taqsimlanmagani uchun eritma qo`shimcha osmotik bosim va elektr potentsiallar ayirmasi (membrana potentsiali) vujudga keladi. Agar yuqoridagi tenglamadan x ni topsak, quyidagi ifoda chiqadi: (3.16) bu tenglama Donnan tenglamasi nomi bilan yuritiladi. Agar elektrolit kontsentratsiyasi C2 kolloid eritma kontsentratsiyasi C1 ga qaraganda kichik bo`lganda, ya`ni C2 < C1 bo`lsa, u holda C2 / C1 + 2C2 nisbat nolga yaqin bo`lganidan, elektrolit II-tomondan I-tomonga deyarlik o`tmaydi. Agar C2 > C1 bo`lsa, ya`ni kolloid eritma kontsentratsiyasiga qaraganda elektrolit kontsentratsiyasi ortiq bo`lsa, C2 / C1 + 2C2 nisbat 0,5 ga yaqin bo`ladi. U holda elektrolit ikkala tomonga qariyb baravar tarqaladi. Arap C2 = C1 bo`lsa, u holda x = C2 / 3 ga teng bo`ladi: (3.17) Demak, C2 = C1 bo`lganida membrananing II-tomonidan I-tomoniga dastlab olingan elektrolit ionlarining uchdan bir qismi o`tadi. Donnan effekti (ya`ni elektrolit ionlarining I-va II-tomonlariga baravar taqsimlanmasligi) biologiyada katta ahamiyatga ega. Biologik hujayra suyuqligida 10% ga yaqin polielektrolit bo`ladi. Unda C1= 1 mol-ion/l ga teng, deb faraz qilaylik. Qonda hujayrani qurshagan muhitdagi moddaning kontsentratsiyasi (C2) taxminan 0,1 mol-ion/l ga teng. Agar bu qiymatlarni Donnan tenglamasiga qo`ysak, x = 0,01 bo`ladi; Binobarin hujayra muhitiga kiritilgan tuzning ozgina qismigina hujayra ichiga o`tadi. Bundan Donnan effekti tufayli hujayra ichidagi tuz rejimi (tashqi muhitda tuz rejimi o`zgarganda ham) deyarli bir tekisda qolaveradi degan xulosa chiqarish mumkin. Biologiya uchun muhim masalalardan biriga-hujayraning o`zi biror membrana bilan ajralgan zolmi yoki ma`lum chegaraga qadar bo`kadigan gelmi, degan savolga termodinamik metod javob berishga ojiz. Protoplazmani struktura-mexanik usullar bilan tekshirish natijasida protoplazmada ham zollik, ham gellik holatlar mavjudligi aniqlandi. Elektron mikroskop va elektronlar difraktsiyasi usullari yordamida olib borilgan tekshirishlar hujayra membranasining qalinligi 8-10 nm chamasida ekanligini ko`rsatdi. Uning tarkibida biomolekulyar qavatlar mavjud bo`lib, ularning biri fosfolipid, ikkinchisi protein qavatlardir. Download 454.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling