2-maruza neytral, qutblangan, O’zgaruvchan tok relelarining ishlash tartibi va asosiy tavsiflari reja
-rasm Temir yo’llardagi ikkita drossel-transformator va
Download 50.34 Kb.
|
2-maruza neytral, qutblangan, O’zgaruvchan tok relelarining ishl-fayllar.org
20-rasm Temir yo’llardagi ikkita drossel-transformator va
izolyasiyalovchi tutashma C hegaradosh rels zanjirlari turli chastotalarda ishlaganda izo-lyasiyalovchi tutashgichlar o‘rna-tish zarurati bo‘lmaydi va tortuv toki ikkala rels iplaridan drossel-transformator o‘rnatmasdan o‘tka-zilishi mumkin. Agar ikki rels zanjiri orasida aniq chegarani o‘r-natish zarur bo‘lsa, bunday xolat istisno etiladi (masalan, stansiya-dagi qisqa seksiyalarda). Shuning-dek drossel-transformatorni, biror-ta rels ipida uzilish xoli bo‘lganda, tortuv tokidagi assimetriyani kamaytirish uchun qo‘llash mum-kin.Rels zanjirlarini qo‘shimcha funksiyalari. Rels zanjirlari na faqat uchastkani bo‘shligini nazo-rat qiladi, boshqa masalalarni ham, jumladan quyidagilarni ham bajaradi: lokomotiv bortidagi signallashtirish va avtomatik tormozlash tizimiga axborot uzatadi; blok-uchastkalar orasida signalli axborotlari alma-shadi; relslarni butunligini nazorat qiladi. Signal nuqtalari orasidagi axborot almashuvini rels zanjirlari orqali amalga oshirish kabelga bo‘lgan harajatlarni kamaytiradi. Qo‘llaniladigan rels zanjirlarining asosiy turlarida, shuningdek AЛС va signal nuqtalari orasidagi axborotni almashu-vida, impulsli va chastotali kodlash prinsipidan foydalaniladi. Deyarli barcha impulsli kodlanuvchi rels zanjirlari bir vaqt ichida uchastkani bo‘shligini aniqlash va lokomotivdagi signallashtirishga xizmat qiladi. Uzluksiz ta’minotli o‘zgaruvchan tokdagi ayrim rels zanjirlari signalni ko‘rsatkichiga bog‘liq xolda chastotani o‘zgar-tirishi mumkin va bir vaqtda poezd xolatini nazorati uchun, hamda lokomotivdagi signallashtirish uchun ham xizmat qiladi. Boshqa impulsli bo‘lmagan rels zanjirlari faqat bitta chastotaga ega va uni uchastkani bo‘shligini nazorat qilish uchun qo‘llaydi, poezdni yaqinlashish vaqtida qo‘shimcha signal beradi (ko‘p xollarda impulsli signal) faqatgina avtomatik lokomotiv signallashtirish va tormozlashni boshqarish-ning bortdagi tizimiga. Rels zanjirlarini xalaqitlardan ximoyalash. Ta’minotni bitta rels zanjiridan tutashgan rels zanjiriga o‘tishi va ob’ektni aniqlab olmasligi sababli xavfli xolatga olib kelmasligi uchun, bir xil chastota qo‘llovchi barcha rels zanjirlarida tashqi izolyasiyalangan tutashgichlarni butunligi nazorati kerak bo‘ladi. Ushbu masalani echishning bir nechta usuli mavjud. Bundan tashqari, har bir qabul qiluvchini begona kuchlanishlarning xavfli va xalaqit beruvchi ta’sirlardan ximoyalash kerak. Hal qiluv-chi qurilmalarga begona signallarni kelishidan ximoyalash, passiv qabul qiluvchilarga ega bo‘lgan rels zanjirlarida nisbatan afzalroq. Xalaqitlardan eng yaxshi ximoyaga impulsli ta’minotli o‘zgaruvchan tokdagi yoki uzluksiz ta’minotli va fazosezgir qabul qiluvchili rels zanjirlari ega. Impulsli rels zanjirlari kodni ochish sxemasiga ega, u tutashgan rels zanjirlari-dagi impulslarni taqqoslaydi. Izolyasiyalangan tutashgichning turli tomonlaridagi aniqlangan sinxron impulslar undagi nosozliklarga ko‘rsatadi (ishora qiladi). Dekoderga (kodni ochuvchiga) uzluksiz signalni kelishi rele ta’minotini o‘chiradi. Qabul qilish tomonidagi chastota filtri xalaqitlardan qo‘shimcha ximoyani ta’min-laydi. Uzluksiz ta’minotli rels zanjirlarida qo‘llaniladigan fazosezgir rele (21-rasm) amalda begona kuchlanishlar, tortqi tok garmonikasi va tutashgan rels zanjirlarining ta’sirini chastotali va fazali ajratish xususiyati tufayli istisno etadi. Rele, aylanishi chegaralangan o‘zgaruvchan tok dvigateli (chorak ayla-nishdan ko‘p bo‘lmagan) prinsipida ishlaydi. Rotor yoki sektor gorizontal o‘qga o‘rnatiladi va unga nisbatan, vetikal tekislikda, aylanishlarni amalga oshirishi mumkin Birorta kuchlanish o‘chirilganda og‘irlik kuchi sektorni pastki xolatga qaytaradi. Rele ikkita cho‘lg‘amga ega. mahalliy cho‘lg‘am avtonom ta’minot oladi, yo‘l cho‘lg‘ami yo‘ldan signal olib releni ishlashini boshqaradi. Ikkala cho‘lg‘amdagi signallar chastota va faza bo‘yicha mos kelgan xolda rele tokga turadi. Download 50.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling