2-maruza neytral, qutblangan, O’zgaruvchan tok relelarining ishlash tartibi va asosiy tavsiflari reja


Download 50.34 Kb.
bet1/14
Sana04.11.2023
Hajmi50.34 Kb.
#1747239
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2-maruza neytral, qutblangan, O’zgaruvchan tok relelarining ishl-fayllar.org


2-maruza neytral, qutblangan, O’zgaruvchan tok relelarining ishlash tartibi va asosiy tavsiflari reja

2-MARUZA
NEYTRAL, QUTBLANGAN, O’ZGARUVCHAN TOK RELELARINING ISHLASH TARTIBI VA ASOSIY TAVSIFLARI


REJA:
1. НР, НШ va НМШ turidagi relelar
2. Qutblangan relelarning turlari
3. Bir qutbli ПЛ turidagi rele
4. Qurama rele va uning ishlashini vaqt diagrammasi
5. O‘zgaruvchan tok relelari: to‘g‘rilagichli va bevosita ishlaydigan relelar va Ikki elementli induksion relelar
6. Faza sezgir ikki elementli relelardan rels zanjirlarida foydalanish
Tayanch so’z va iboralar
Temir yo‘l relelarining to‘rta avlodi, birinchi neytral НР relelar, katta o‘lchamga va shtepsilga ega НШ turdagi relelar va kichik o‘lchamga ega shtepselli НМШ relelar, ularning xususiyatlari va tuzilishi, birinchi sinf ishonchlilikka ega РЭЛ (elektr magnitaviy) relelar, shtepselsiz BN rele, РЭС neytral relelar, releli markazlashtirish tizimi, blokli marshrut-releli markazlashtirish, O‘zgaruvchan tok relelari: to‘g‘rilagichli va bevosita ishlay-digan relelar, НМШ rele asosida AШ12, AСШ2-24, AСШ2-220 avariya relelari, РЭЛ rele asosida A2-220, БA2-220 relelar, bevosita ishlaydigan o‘zgaruvchan tok relesi o‘zgarmas tok relesiga nisbatan ikkita xususiyatlari, ikki elementli induksion ДСШ relelar, ishlash prin-stipiva tuzilishi, faza sezgir ikki elementli relelardan rels zanjirlarida foydalanish, tortqi tokni ortga qaytarish


1.НП,НШ VA НМШ TURIDAGI RELELAR
Hozirgacha temir yo‘l relelarining to‘rtinchi avlodi ishlab chiqilgan. Birinchi neytral НР relelari (1-rasm) o‘tgan asrning 20-30 yillarida tadbiq etilgan, ular asosida birinchi elektr markazlashtirish va avtoblokirovka tuzil-malari qurilgan. Bu relelar I sinf ishonchlilikka ega bo‘lib, og‘ir va yaxlitli massa ta’siridan yakorini o‘zi ajralgan, kontaktlari grafit va kumushdan ishlangan. Uni shtepsilsiz, katta o‘lcham-larga ega bo‘lishligi, kelgusi avlod relelari-ning kashf etilishiga turtki bo‘lgan.
Ularning o‘rniga katta o‘lchamga va shtepsilga ega НШ (2-rasm) turdagi relelar keldi.
O‘tgan asrning 60-yillaridan boshlab ishlatishga kichik o‘lchamga ega shtepselli НМШ turdagi relelar qabul etildi (3,a-rasm), ular hozir ishlatilayotgan qurilmalarda asosoiy o‘rinni egallaydi.
Relening magnit o‘tkazgichi yakordan 15, o‘zakdan 13, G-shakldagi yarmodan 11 iborat bo‘lib, ular 20832 va 20880 navli po‘latdan tayyorlangan. Misdan tayyor-langan ikkita g‘altakdan iborat cho‘lg‘amlar 12 o‘zakda joylashtirilgan. G’altak-larning karkasi plastmassadan yaratilgan. Nomagnit (rux) qotishmadan tayyorlangan, yaxlit yuk 5 yakor bilan ulangan. Yakorni yo‘li tut-qich 1 bilan cheklangan. Yakorga, balandligi 0,1…0,2 mm bo‘lgan, bronzadan tayyorlangan antimagnit shift 14 o‘rnatilgan.
Kontakt tizimi va yakor, plastikdan tayyorlangan va yukka biriktirilgan, kon-takt 6 ta tortqi bilan o‘zaro bog‘langan, ro‘para kontakt grafit kumush aralashmasi-dan, umumiy va orqa kontaktlar kumushdan tayyorlanadi. Kontaktlarning prujinalari fosforli bronzadan yasalgan. Ularning siljish yo‘li bronzadan tayyorlangan tirgak pru-jinalar 7 bilan cheklangan bo‘lib, bularning o‘ng uchlari shtepsel rozetkasining uya-lariga kiritiladigan kontakt tig‘lari 9 bo‘lib xizmat qilishadi. Prujinalar bir-birlaridan plasmassali qistirmalar 8 bilan izolyasiya qilingan.

Relening barcha detallari plastmassali plataga o‘rnatilgan bo‘ladi. Organik shi-shadan tayyorlangan qolpoq 4, releni tashqi ta’sirlardan himoya qiladi. Releni, shtepsellik rozedkaga qo‘l dastak 2 yordamida vint 3 bilan mahkamlab qo‘yishadi. Relening kontakt tizimining parametrlari: ro‘para kontaktlarning o‘tish qarshiligi 0,3 Om dan ortiq bo‘lmasligi, ro‘para kontaktdagi kontakt bosimi 0,294 N, orqa kontaktda esa 0,147 N bo‘lishligi kerak. Relening qaytaruv koeffitsenti 0,4 dan kam, tutashtiruv (ulanish-uzilishlik) imkoniyati 1,2·106 dan kam bo‘lmasligi kerak.


Relening o‘lchamlari 112x 87 x200 mm, massasi 1,6 kg ga teng. Atrof muhitni joiz harorati minus 50St to plyus 60St bo‘lgan sharoitda ishlatishga mo‘ljallangan.
Shtepselli ajratgichni kiritishga mo‘ljallangan shtepsel rozetkani (3,b-rasm) maxsus uyachalarga ega plastmassadan tayyorlashadi, cho‘lg‘amlarniki esa, gorizon-
tal o‘qi bo‘ylab joylashtiriladi.
U fosforli bron-zadan bajarilgan o‘ziga xos prujinali kontakt yaproqchalaridan iborat bo‘lib, ular orasiga kontakt tig‘lari kiritiladi. Chiqarmalar va kontaktlar montaj qilinadigan tomondan nomerlanadi. Kontakt guruxlarining chiqarmalari vertikal o‘qi bo‘ylab joylashtiriladi.
Cho‘lg‘am g‘a-taklarini ketma-ket yoki parallel ulash mumkin. Rozetka pasti-da joylashtirilgan ikkita teshik, releni o‘rnatish paytida yo‘naltiruvchi o‘qlar yorda-mida mexanik blokirovka qilish uchun mo‘ljallangan


Download 50.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling