Mustaqil ish Mavzu: Temir yo’l transporti rels zanjirlarida maxsus o’lchovlar Bajardi: ab-216 guruh talabasi Jalilov Sh Qabul qildi: Ubaydullayev s toshkent-2020 Mavzu: Temir yo’l transporti rels zanjirlarida maxsus o’lchovlar Reja


Download 130.23 Kb.
Sana29.05.2020
Hajmi130.23 Kb.
#111473
Bog'liq
Maxsus o'lchovlar. AB-216 guruh. Jalilov Shahzod


“O’zbekiston temir yo’llari” AJ

Toshkent temir yo’l muhandislari instituti



“Temir yo’l transportida avtomatika va telemexanika va telekommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi



Mustaqil ish

Mavzu: Temir yo’l transporti rels zanjirlarida maxsus o’lchovlar

Bajardi: AB-216 guruh

talabasi Jalilov Sh

Qabul qildi: Ubaydullayev S

Toshkent-2020

Mavzu: Temir yo’l transporti rels zanjirlarida maxsus o’lchovlar

Reja:


  1. Kirish

  2. Rels zanjirlari haqida tushuncha

  3. Rels zanjirlari parametrlari

  4. Rels zanjirlarida maxsus o’lchovlar

  5. Xulosa

Kirish
Ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilishda ob’yektiv va ishonchli usul bo’lib, har qanday ishlab chiqarishning ajralmas qismini tashkil etadilar va muxim rol’ o’ynaydilar. Tabiatning turli xil hodi-salarni o’rganilishi, fan va texnika rivojlanishi o’lchash jarayonlari bilan uzluksiz bog’liqdir.

Ishlab chiqarishni avtomatik boshqaruvi, ishlab chiqarishning jarayonlarini va nazorat operatsiyalarini avtomatizatsiyalash ham o’lchash jarayonlari bilan uzluksiz bog’liqdir.

Har xil o’lchov turlari orasida elektr o’lchovlari birinchi o’rinda turadi, chunki ular ko’pgina afzalliklarga ega. Bular qatoriga quyida-gilarni kiritish mumkin:

a)kattaliklarni uzluksiz o’lchash imkoniyati (diagramma yoki tasmalarda yozib olish);

b)o’lchash ob’yektidan uzoqlashgan holda kattaliklarni o’lchash imkoniyati

O’lchov – bu maxsus texnik vositalar yordamida tajriba yo’li bilan fizik kattalikning miqdoriy ma’nosini aniqlashdir. Fizik kattaliklarning miqdoriy va sifat bahosi o’lchov asboblar yordamida aniqlanadi. Olinayotgan ma’lumotlar ishonchli bo’lishi uchun, asboblarga yuqori talab qo’yiladi va bu masalani metrologiya yechadi.

Metrologiya – bu zarur bo’lgan aniqlikka erishish usullari va o’lchovlar, usulllar va vositalarni birligini ta’minlash haqidagi fan. Metrologiya umumiy va amaliyga bo’linadi. Umumiy metrologiya etalonlarni (namunalarni), o’lchovlarni, tizimlarni yaratish bilan shug’ullanadi. Amaliy metrologiya amaliy masalalarni yechadi. O’lchovlar birligini ta’minlaydigan qonun chiqaruvchi metrologiya alohida ifodalangan (umumiy qoidalar, talab va me’yorlar).

Rels zanjirlari haqida tushuncha
Rels zanjirlari temir yo’l avtomatika va telimexanikasining barcha qurilmalari: avtomatik blokirovka, ALS elektr markazlashtirilgan strelkalar va signallar, mikroprotsessorli markazlashtrilgan, dispetcherlik markazlashtirish va hakolar uchun asosiy qurilma bo’lib xizmat qiladi. Bu tizimlarda rels zanjiri quyidagi vazifalarni bajaradi: peregon va stansyada joylashgan rels iplarining butunligini, strelkalarining sostav ostida o’tmasligini nazorat qiladi; ular yerdaligida lokomotivga kodli signallar uzatiladi, lokomotivning o’tish joylari yoki stansiyalarga yaqinlashuvi nazorati avtomatik tarzda olib boriladi.

Rels zanjirlari asosiy xususiyatlari: yo’lning bo’sh -bandligini nazorat qilish, rels iplari nazorati, yo’ldan lokomotivga ma’lumot jo’natish.

Elektr rels zanjiri yoki qisqacha rels zanjiri bu ta’minot va qabul qiluvchi qurilmalarning tok oquvchi rels liniyasi bilan uyushqoqligidir.

Shu sababli harakat tarkibi va uni nazorat qiluvchi qurilma o’rtasida uzluksiz aloqa o’rnatiladi. Rels zanjirilarining yana bir muhim xususiyatilaridan biri ularning telemexanik kanal sifatida ishlatilishidir.

Rels zanjirilariga quyidagi talablar qo’yiladi: har qanaqangi sharoitda ham izolyatsiya qarshiligining eng past chegarasi yani bir ipli rels zanjirlar uchun 0,5 om*m, magistral yo’llar uchun 1,0 om*m, saralash tepaliklari uchun 0,37 om*m bo’lganda soz holda ishlashi kerak;

shuntni qayd etish tegishli vaqtda bajarilishi kerak;

teskari tortuvchi tok aylanishini ta’minlash;

izoiyatsiyalangan stiklar ishdan chiqqanda rels zanjiri qurilmalarining xavfli nosozligi vujudga kelmasligi kerak;

rels zanjirlar kerakli signallarni ALS qurilmasiga to’g’ri yetkazishi kerak; rels zanjirlar xavfli va xalaqit beruvchi ta’sirlarga uchramasligi kerak ya’ni:

-teskari tortuvchi tok;

-paralel yo’ldagi qo’shni rels zanjirlar;

-ALS signallari;

-yuqori kuchlanishli liniyadan himoyalanishi kerak.

Rels zanjirlarini sifatlari, xususiyatlari va qo’llanilishiga qarab tasniflanadi. Ularning bu xususiyatlariga tortqi turi, tortqi tokining kanalizatsiyalash sxemasi, signal tok turi, yo’l qurilmasi turini keltirish mumkin (1.rasm). Rels zanjirlar parametrlariga eng ko’p tortqi turi va ishlatilishi sohasi ta’sir ko’rsatadi.








1-rasm. Rels zanjirlar tasniflanishi
Rels zanjiri bu elektr rels zanjiri bo’lib unda ta’minot manbasi yuklanish yo’l qurilmasi mavjud, tokni o’tkazuvchilar sifatida rels iplari ishlatiladi. Rels zanjirlari avtoblokirovka, ALS, strelka va signallarning elektr markazlanishida, dispetcherlik markazlanishda asosiy element sifatida ishlatiladi.

Rels zanjirlari quyidagilarni ta’minlaydi: peregonda va stansiyada uchastkalarni bo’sh yoki bandligini va rels iplarini butunligini nazoratini; harakat tarkibi ostida strelkani o’tkazishga yo’l qo’ymasligini; yo’l qurilmalaridan lokomotivga kod signallar uzatish; o’tish svetoforlari orasida o’zaro bog’liqlikni ya’ni mosligini ta’minlaydi; pereyezdga va stansiyaga poyezdni yaqinlashishini nazorat qiladi va boshqa bir qancha funksiyalarni temir yo’l avtomatika tizimida bajaradi.

Ishlash shartlarini har xilligi va keng imkoniyatlarga ega rels zanjirlaridan RZ foydalanish, o’zimizdagi temir yo’llarda, yaqin va uzoq mamlakatlarning temir yo’llarida turli xildagi rels zanjirlaridan foydalanishga olib keldi.

Hozirda temir yo’lda rels zanjirlarini bir-birlaridan farq qiluvchi ko’plab turlari ishlatilib, ularni quyidagilarga ajratish mumkin:

-ishlash prinsipi va ishlatilish sohasi bo’yicha;

-poyezdning tortqi ko’rinishi;

-tortish tokining borligi va uning kanalizatsiyalanishi;

-ta’minot rejimi;

-yo’l qurilmasi turi bo’yicha.

Rels zanjirlarini ishlatilish sohasi, ularni bajaradigan vazifasi, ularning oraliq darajasi, ekspluatatsiya sharoitlari kabi kompleks talablar asosida tanlanadi, shu asosda Rels zanjirlarining peregon yoki stansiyalar uchun qo’llaniladigan turlari ishlab chiqilgan.


Rels zanjirlari parametrlari
AT qurilmalarining eng muhim elementlaridan biri rel’sli elektr zanjiri hisoblanadi, u poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash, temir yo’l uchastkalarini o’tkazuvchanligi qobiliyatini yashirish uchuch ishlatiladi. SHuning uchun belgilangan me’yorga muvofiq rel’sli zanjirlardan foydalanish masalalariga eng katta ahamiyat beriladi. Rel’sli zanjirni tekshirish jarayonida tashqi tekshiruv va zarur maxsus o’lchovlar o’tkaziladi.

Rel’sli zanjirning ishonchligi releli va oziqlantiruvchi uchlarning apparaturani optimal elektr va vaqt tavsiflarini aniqlash rel’sli zanjirning birlamchi parametrlarini aniq bilmasdan tanlab bo’lmaydi.

Rel’sli zanjir ishini ifodalovchi kattaliklarga:

-rel’sli iplarning qarshiligi;

-ballastni elektr qarshiligi;

-tutashmalarni o’tuvchi qarshiligi;

-rel’sli zanjirning turli nuqtalarida kuchlanish va tok kattaligi;

O’zgaruvchan tokli rel’sli zanjir uchun – fazali nisbatlar, so’nish koeffitsiyenti va boshqalar kiradi.

Rel’sli zanjirlarning birlamchi parametrlariga quyidagilar kiradi:

-rel’slarning qarshiligi; zejφp = r+jωL

-izolyatsiyani o’tkazuvchanligi: yejφb = q+ jωcb

Rel’slarning qarshiligi deganda, biriktiruvchi nakladkalar va ulovchi tutashmalar bilan rel’sli halqa qarshiligi tushuniladi.Odatda, hisoblashda solishtirma qarshilikdan foydalaniladi, ya’ni rel’sli yo’lning bir kilometrlik qarshiligidan. Bu qarshilik yotqizilgan rel’s turi va ulovchi tutashmalar bilan biriktiruvchi nakladkalar holatiga bog’liq bo’ladi. Rel’s qanchalik og’ir bo’lsa, ya’ni ularning ko’ndalang kesmasi qanchalik katta bo’lsa, shuncha ularni qarshligi kam bo’ladi va rel’sli zanjirning ishlash sharoiti yaxshi bo’ladi. Agar biriktiruvchi nakladkalarni ichki yuzi zangdan ozod bo’lsa va nakladkalarning boltlari yaxshi mahkamalangan bo’lsa, unda rel’slarning qarshiligi kam bo’ladi. O’lchovchi tutashmalarni uzilganda yoki yomon o’rnatilganda va ular ahvolini kuzatilishi yetarli bo’lmaganda, rel’slarning qarshiligi shunday oshadiki, rel’sli elektr zanjirni ishi tuturiqsiz bo’ladi. 50A gacha toklardagi qarshilik deyarli chiziqli, chunki rel’slarning kesmasi katta bo’lgani uchun materialni magnit to’yinishi sodir bo’lmaydi.

Zp ma’lum darajada oziqlantiruvchi tokning chastotasiga bog’liq. CHastota o’sishi bilan rel’slarning qarshiligi moduli Z chastotaga proporsional ravishda o’sadi, uni argumenti esa 500 Gs dan yuqori chastotalarda deyarli o’zgarmaydi.

Ko’p o’lchovlar va hisoblar asosida o’zgarmas tokda rel’s qarshiligi tutashma ulovchilar turiga qarab, 0,1 dan 0,6 Om/km gacha o’zagarishi aniqlangan Rel’sli zanjirlar maxsus izolyatsiyaga ega emas, shuning uchun tokning bir qismi ballast va shpallar orqali tutashadi. Izolyatsiya o’tkazuvchanligi deganda, yeli yo’l ballast va shpallar orqali bir rel’sdan boshqa rel’sga sirqish tokka o’tkazuvchanligi tushuniladi. Rel’sli zanjir murakkab elektr tizimni tashkil etadi, unda elektrodlar sifatida rel’sli iplardan tashkil topgan qismlar hisoblanadi. elektrodlarda elektrokimyoviy jarayonlarni oqish tezligi bilan aniqlanuvchi izolyatsiyaning o’tkazuvchaligi nochiziqli va harorat hamda namlikka bog’liq bo’ladi.

Uning qiymati havoga, hamda ballast va shpallarning sifati va holatiga bog’liq bo’ladi. Kuchli va uzoq davom etgan yomg’irlar natijasida ballastlar suvni shimib olishga ulgurmaydi va shpalalar ho’l bo’ladi, Zb kichik qiymatga ega bo’ladi. Yozda quruq havoda Zb anchagina yuqori ahamiyatga ega. Eng yuqori qiymatga u qattiq sovuqlarda erishadi.

Rel’sli zanjirlarning birlamchi parametrlarini o’lchash birlamchi va ikkilamchi parametrlar orasidagi bog’lanish asosidagi usullari bilan amalga oshiriladi, hamda «Elektr zanjirlar nazariyasi» kursidan ma’lum bo’lgan rel’sli zavnjirlarning boshi va oxiridagi tok va kuchlanishlar orasidagi bog’liqliklar asosida amalga oshiriladi. Rel’sli zanjirlarni boshi va oxirida tok va kuchlanishlarni o’lchash yo’llari bilan.

Rel’sli zanjiralni birlamchi parametrlarini o’lchovlari rel’sli zanjirlar ishlatishga topshirilganda (qabul qilish va topshirishdagi o’lchovlar), hamda rel’sli zanjirlarni tutiriqsiz ishlash sabalarini aniqlash uchun bajariladi (avariyali o’lchovlar).

Rel’sli zanjirlar parametrlarini o’lchashning barcha usullari taxminlarda rel’s va ballastlarni qarshiligi rel’sli zanjir bo’ylab uni uzunligi bo’yicha bir tekisda taqsimlanganligida asoslangan. SHuning uchun rel’sli zanjirlardagi o’lchovlar natijalarini yanada aniqroq olish uchun oldindan uni sozligi tekshiriladi va ishonch hosil qilinadi. Tekshiruv vol’tmetr yordamida har zvenoni uchidagi rel’slar orasidaga kuchlanishlarni o’lchash yo’li bilan amalga oshiriladi. Rel’sli zanjirlarni sozligida asbobning ko’rsatkichlari ravon o’zgaradi, ko’rsatkichlarni keskin o’zgarishi esa, o’sha joyda ballastni yoki rel’s o’lchagichlarni ahvoli qoniqarsizligini ko’rsatadi. Bir vaqtda izolyatsiyalovchi tutashmalarni ahvoli tekshiriladi, chunki ularning qarshiligi kamayishi katta xatolarga keltiradi.

Katta xatolarga daydi toklarni ham kiritish mumkin, uni rel’sli zanjir o’rtasida vol’tmetrlarni ulash orqali aniqlasa bo’ladi, bundan oldin RZni oziqlanishidan o’chirish kerak. Daydi toklar mavjud bo’lgan holatda o’tkazib bo’lmaydi.

Apparatura ulanadigan zanjirlarning o’tuvchi qarshiligi kichkina bo’lishi kerak. Rel’sli zajirni shuntlash zarur bo’lganda 6 mm2 dan kam bo’lmagan kesim bilan misli sim ishlatiladi.

Asboblarni o’qish ,yaxshisi, kabelni tirgovichlarni zajimlari orqali qilish kerak (fazometrlar va vol’tmetrlardan tashqari). Bunday holatda maxsus o’lchov zajimlar ishlatilishi kerak.

Vol’tmetr shunday tanlanishi kerakki, uni ichki qarshiligini 1 V ga 100 Om dan kam bo’lmasligi kerak.


Rels zanjirlarida maxsus o’lchovlar
Drossel’-transformator (DT) mavjud bo’lgan rel’sli zanjirlarni hisoblash va tahlil etishda, ushbu DTlarni parametrlarini aniqlash lozim. Bunda ko’pincha tranformator to’rtqutblik ko’rinishdagi ekvivalent o’rinbosish sxema bilan almashtiriladi. Bu sxemada tranformatordagi o’ramlar orasidagi magnitli bog’lanish elektrli bog’lanish bilan almashtiriladi.

DT to’rtqutblik koeffitsiyentlarining hisobi.

DTni to’rtqutblik A, V, S, D koeffitsiyentlari bilan ko’rinishdagi sxemasini tasavvur qilaylik

Zaruriyat tug’ilganida DTning transformatsiya koeffitsenti salt yurish rejimda asosiy va qo’shimcha cho’lg’amlarida U1 va U2 kuchlanishlar nisbatidan aniqlash mumkin bo’ladi. Elektrotortish uchastkalarda tutashma ulagichlarning nosozliklaridan hamda rel’slarning yerga nisbatan har xil o’tkazuvchanligi sababli rel’sli iplar bo’yicha ahamiyati bir xil bo’lmagan toklar oqib o’tishi mumkin, bu ularni asimmetriyasini belgilaydi.

Asimmetriya miqdori, ya’ni rel’sli yo’llarda teskari tortish tokning turli qiymati rel’sli zanjirning ishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi (masalan, ALSN impul’slarni o’zgartiradi, rel’sli zanjirning soxta bandligini yuzaga keltiradi).

Rel’slarda qaytish tokning asimmetriyasi rel’sli zanjirning asimmetriyasini tavsiflaydi va uni koeffitsiyenti qo’yidagi formula orqali aniqlanadi:

bu yerda I1 va I2 – 1 va 2 rel’sdagi toklarning miqdori.

O’zgaruvchi tokli elektrotortishda rel’sli zanjirdan elektroharakatlanuvchi tarkib xarakati vaqtida ikkala drosselli bog’lagichlarda toklar Dits qisqichlari yordamida o’lchanadi (tok transformatori s-91). Tortish toki 300A gacha bo’lgan uchastkalar uchun, asimmetriya koeffitsiyenti 4% dan oshmasligi kerak, ya’ni K4%. DT-1-150 yarimcho’lg’amlarida tortish toklar tavofuti 15 adan oshmasligi kerak.

O’zgaruvchi tokli elektrotortishda asimmetriya kuchlanishi rel’sli zanjirning oziqlantiruvchi uchi elektroharakatlanuvchi tarkib bilan bandligida releli uchlar rel’slarida bevosita o’zgaruvchan tok vol’tmetri bilan o’lchanadi. Asimmetriya kuchlanishi ikki ipli rel’sli zanjirlar uchun 2,5 V dan oshmasligi kerak, bitta drossel’-transformatorli ikki ipli uchun esa 5 V dan oshmasligi kerak. O’zgarmas tokli elektrotortish rel’sli zanjirlar profilaktikasida, tortish tokning asimmetriyasi aniqlanmaydi. Zarur bo’lganda (r.z. ni nosozliklarini aniqlash uchun) o’zgarmas tortish tokning asimmetriya koeffitsiyenti DT yarimchulg’amlarida kuchlanishni o’lchash yo’li bilan aniqlanadi. Asimmetriya koeffitsiyenti quyidagi formuladan topiladi:

Bunda DT - 0,2-500 va DT – 0,6-500 uchun asimmetriya koeffitsiyenti 20% oshmasligi lozim. Agar asimmetriya koeffitsiyenti me’yordan ko’p bo’lsa, unda tutashma ulagichlarni, DT ning asosiy chulg’amlarni ulanish kontaktlarini, zaminlanishlar ahvolini tekshirish zarur.

Tortish tokning garmonik tashkil qiluvchilarni o’lchash

O’zgarmas tokli elektrotortishli uchastkalarda tortish nimstansiyalarda o’zgaruvchan tokni to’g’rilanganda bir qator 50Gs karra garmonik tashkil qiluvchilar kelib chiqadi. 100, 150, 200 Gs chastotali garmoniklar fil’trlar bilan stansiyada yo’qotilmaydi va avtoblokirovka bilan ALSning mo’’tadil ishini buzishi mumkin. Ayniqsa, stansiyada to’g’rilagichlarning nosozligida garmoniklar ta’siri keskin kuchayadi. Rel’sli zanjirlarda garmonik tashkil qiluvchilar hajmini otsilllograf yoki garmoniklar analizatori bilan o’lchash mumkin. Biroq transportda, bunday asboblarni ishlatish ma’lum qiyinchiliklar bilan bog’liq bo’lgani uchun, sNII (MITI) da ishlab chiqilgan selektiv qurilmadan foydalaniladi. U PK1 va PK2 qabul g’altaklardan fil’tr va elektron vol’tmetrdan iborat.

Rel’sli zanjirning buzilishi ko’pincha zanjirning uzilishi, qarshiligi kupayishi yoki qisqa tutashuv oqibatida sodir bo’ladi. Nosoz elementi tiklash vaqti tekshirish operatsiyalarning ketma-ketligini to’g’ri tanlanganligiga bog’liq. Sxema elementlarining bir xil ishonligida nosozlikni qidirish eng yaxshi usuli - bu kesib tashlash (otsechka) usuli hisoblanadi. Bunda har bir tekshirish operatsiyasida sxema teng ikki qismga bo’linadi. SHunday yo’l bilan sxemaning nosoz yarmisini topib, uni yana teng ikki qismga bo’lishadi va xoqazo, toki nosoz element aniqlanmagunicha.

Biroq, agar elementlarning buzilish ehtimoli har xil bo’lsa, unda tekshirishni ko’proq buzilish. Releli va oziqlantiruvchi uchlarda kuchlanishni o’lchab, ayni shu elementlarning buzilganlik faktini aniqlash uchun nisbatdan kam vaqt ketadi, garchi buzilgan elementni topish va nosozlikni bartaraf etish uchun ancha ko’proq vaqt ketadi.

Nosozliklarni topish uchun xizmat ko’rsatish xodimlari xarakatlarining ketma-ketligini tartibga soluvchi mahsus informatsion diagrammalar keng ishlatiladi.

Salt yurish va qisqa tutashuv usuli

Rel’sli zanjirni o’zini so’nish kattaligi bo’yicha o’lchash usuli tanlanadi. Rel’sli zanjirni 1,7 Nep gacha so’nishida salt yurish va qisqa tutashuv usuli qo’llanilishi tavsiya etiladi, katta so’nishda esa, ikkita qisqa tutashuv usulini ishlatish kerak.

Rel’sli zanjirning oziqlantiruvchi uchda manba bilan bir qatorda ampermetr ulanadi, rel’slar orasida esa – vol’tmetr. Salt yurish (SYU) rejimida yo’l relesi rel’sli zanjirdan uziladi va Usyu va Isyu qiymatlari o’lchanadi.

Ikkita qisqa tutashuv usuli

Rel’sli zanjirlarning oziqalntiruvchi uchidan l va 2l masofada (yaxshisi RZning o’rtasida va oxirida) ketma-ket kichik qarshilikli maxsus shunti o’rnatiladi, shunda U KZe, I KZe, U KZ2e, I KZ2e qiymatlari o’lchanadi. Ishlab chiqarish sharoitida bu poyezdlarni to’xtalishiga olib keladi. Bu kamchilikni yo’qotish uchun red’sli zanjirni boshida va oxirida tok va kuchlanishlarni o’lchash usulidan foydalanish mumkin. O’zgaruvchan tokli rel’sli zanjirlarini birlamchi parametrlarini doimiy tokli relsli zanjirda ishlatilgan usullar yordamida o’lchanadi, ya’ni ikkita turli ahamiyatga ega bo’lgan yuklanishda rel’sli zanjirning kirish qarshiligini o’lchash usuli, ikki qisqa tutashuv rejimda rel’sli zanjirning kirish qarshiligini o’lchash usuli, undan tashqarii argument o’lchovini talab qilmaydigan elektr uzun yo’l usuli va boshqalar ishlatiladi.

1. Fazometr, vol’tmetr, ampermetr usuli bilan rel’sli zanjirning kirish qarshiligini moduli vol’tmetr va ampermetr yordamida oson aniqlanadi, argument esa fazometr yordamida. SHunda asboblarni Aniqlik sinfi 2,5 dan kam bo’lmasligi kerak. Bu o’lchashni qiyin tomoni shundaki, mavjud bo’lgan elektr fazometrlar rel’sli zanjirda kuchlanishli (10-15 V) kichik nominalda ishlab chiqilmaydi. ELF-1 turidagi fazometrlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan, ular kirish qarshilik argumentlarini anqlash uchun ishlatiladi, masalan analogli F2-13 yoki Raqamli F2-16.

2. Uchta vol’tmetrlar usuli. Ba’zi hollarda kirish qarshilikni argumenti va modulini aniqlash uchun fazometr yo’q bo’lsa, o’lchov sxemasini ko’zda tutuvchi uchta vol’tmetrlar usulini ishlatish mumkin.

3. Vektormetr yordamida o’lchash.Vol’tmetrni magnitoelektr tizimi asbob (IP) tashkil etib, u o’z ichiga boshqariladigan mexanik to’g’rilagich (MT) kontakti bilan unga parallel yoki ketma – ket ulanadigan qo’shimcha qarshilik V va shunt A bilan ta’minlangan. MT sinxron elektrodvigatel (SD) yordamida boshqariladi.

Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Poyezdlar harakatini tartibga solish uchun (СЖАТ) ning eng muhim elementlaridan biri - elektr temiryo'l oqimi yoki qisqacha temir yo'l zanjiri. RC tufayli harakatlanuvchi poezdlar va (СЖАТ) qurilmalari o'rtasida uzluksiz avtomatik ulanish o'rnatiladi. Bu temir yo'llarning birinchi va eng muhim maqsadi.

Temir yo'l zanjiri temir yo'l liniyasining (RL) va RLga ulanadigan asboblarning kombinatsiyasi hisoblanadi. Elektr temir yo'lidagi simlar relslardir.

Ular XIX asrning ikkinchi yarmida ixtiro qilingan. Amerikalik muhandis Uilyam Robinson. Birinchi RZ ning quvvat manbai va ro'yxatga olish qurilmasi (o'rni) bir joyda joylashgan. Tekshiriladigan bo'linma bo'sh bo'lsa, oqim o'z o'rni sargari orqali oqmaydi (shuning uchun bu RZ "odatda ochiq" deb nomlanadi) va poyezdga kirganda u kuchga ega bo'ladi.

Bundan ko’rinib turibdiki rels zanjirlari XIX asrdan beri hozirgacha ozini mavqeini saqlab kelmoqda. Balki kelajakda rels zanjirlarini o’rniga mikroprotsessorli tizimlar qo’llanilar.



Rels zanjirlarida maxsus o’lchovlarga keladigan bo’lsak bu poyezdlar harakati xavfsizligi uchun judayam muhim jihat hisoblanadi, nafaqat poyezdlar balki insonlar salomatligi bundan mustasno emas.
Download 130.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling