4-rasm. Ketma-ket ulangan magnit zanjirni sxemasi
Ularning MYuK 3 yakorni tortilishiga etarli bo‘lmaydi. Shu sababli Фq<Фo'r va normal kontakt NK tutashgan turadi. Agar ishchi cho‘lg‘amni ulanish qutbligi ular hosil qiladigan Фq va Фi oqimlarni havo tirqishidagi yo‘nalishi qarama-qarshi bo‘lsa, unda umumiy oqim Фq dan kichik bo‘ladi va yakor oldingi holatida qoladi.
Boshqacha qutbli ulanishda esa, oqimlar qo‘shilishadi. Bunda Фq + Фi> Фo’r va yakor almashlanib tortiladi va o‘tkazilgan O‘K kontaktni tutashtiradi. Ishchi cho‘lg‘am o‘chirilganda, yakor dastlabki holatiga, o‘zini massasi yoki qaytaruvchi prujina ta’siridan qaytadi.
Qutblangan yakorni bunday ish rejimi, ya’ni ishchi cho‘lg‘ami o‘chirilganidan so‘ng uning dastlabki holatiga qaytishi, ustunlikka ega rejim deb atashadi. Ko‘rilgan holda ustunlikka ega rejim normal NK kontakt bilan ta’minlanadi.
Bunga o‘xshash relelarni yana, bir qutblik deb atashadi, chunki ularda yakor, tokning faqat bitta qutbligida, almashlanib ulanadi.
Bu rele tuzilmasini kamchiligi (4-rasm, a) bo‘lib uni, ishchi oqimini doimiy magnit orqali o‘tishi hisoblanadi, chunki doimiy magnit magnitbop qattiq materialdan bajarilgan va u katta magnit qarshilikka ega.
Shu sababli, ishchi cho‘lg‘amning MYuK ancha qismi, doimiy magnitdan oqimni o‘tkazishga sarf bo‘ladi, bunday relelarning sezgirligi uncha katta bo‘lmaydi 6.9-rasm,b da tasvirlangan releni bunday kamchiligi yo‘q, ammo ishchi cho‘lg‘am zanjiri uzilganda ham boshqa cho‘lg‘am tokni iste’mol qilishni davom ettiradi.
Differensial magnit zanjirga ega (5-rasm,a) releda ikkita havo 1 va 2 tirqishlari bor.
Qutblovchi oqim ikkita parallel zanjirlar Фq1 va Фk2 bo‘ylab tarmoqlanadi va 1 hamda 2 tirqishlarda turli (soat strelkasi bo‘ylab va qarshi) yo‘nalishlarga ega bo‘lishadi. Ishchi Фi oqim ikki tirqishda ham bir yo‘nalishga ega va doimiy magnit zanjiriga tarmoqlanmaydi, chunki magnitni qarshiligi kattadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |