2-maruza neytral, qutblangan, O’zgaruvchan tok relelarining ishlash tartibi va asosiy tavsiflari reja


-rasm. To‘g‘rilagichga ega neytral relelarning


Download 50.34 Kb.
bet9/14
Sana04.11.2023
Hajmi50.34 Kb.
#1747239
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
2-maruza neytral, qutblangan, O’zgaruvchan tok relelarining ishl-fayllar.org

13-rasm. To‘g‘rilagichga ega neytral relelarning
ulanish sxemalari

P eregondagi avtoblokirovka signallari bo‘lgan svetoforlarning chirog‘larini nazorat qilish uchun, AOШ2-180/0,45 relesi ishlatiladi.


РЭЛ relesi asosida О2-0,7/150; БO2-0,7/150 (quvvati 15 Vt lampa uchun) va О2-0,33/ 150; БO2-0,33/150 (quvvati 25 Vt lampalar uchun) belgilashlarga ega olovli relelari yaratilgan.
Bevosita ishlaydigan relelar. Bevosita ishlaydigan o‘zgaruvchan tok relesi o‘zgarmas tok relesiga nisbatan ikkita xususiyatga ega.
Birinchidan, uyurma toklar va qayta magnitlanish isroflarini kamaytirish uchun magnit o‘tkazgich yuqori solishtirma elektr qarshilikka ega tunikali po‘latdan yig‘ishadi. Shu sababli magnit o‘tkazgich odatda kvadrat yoki to‘g‘ri burchakli kesimga ega bo‘ladi.
Ikkinchidan, magnit oqim va tortish kuchi davriy nolga teng bo‘lganligi sababli, rele yakorni qo‘yib yuborishga intiladi va shu tufayli o‘zgaruvchan tok relesida yakorni vibratsiyasi bo‘ladi.
Yakor vibratsiyasi oldini olish uchun, relening butun tuzilmasiga nisbatan yakorni og‘ir va vazminli qilishadi. Natijada, yakorni inersiya momenti ortib, fe < fm bo‘lgan paytda relening yakori o‘zakdan ajralishga ulgirmaydi. Bu esa relening tortish MYuK ko‘paytiradi, ammo vibratsiya sababini yo‘q qila olmaydi.
Vibratsiya sababini bartaraf qilish uchun relening magnit zanjirida faza bo‘yicha bir-biridan siljitilgan ikkita oqim hosil qilish kerak. Oqimlar faza bo‘yicha  siljitilgan ikkita fe1 va fe2 tortish kuchi (14, a-rasm) hosil qilishadi va ularning ikkovini fe = fe1 + fe2 yig‘indisi doimo fm dan katta bo‘lishi zarur. Modomiki  = 90 bo‘lganida, fe1 + fe2 = max erishadi.
Bir-biridan faza bo‘yicha siljitilgan ikkita magnit oqimni, o‘zakning bir qismiga mis halqa (14, b-rasm) o‘rnatib, ekran hosil qilish natijasida olinadi. Bu halqani qisqa tutashgan halqa deb atashadi.
Elektr magnitni oqimi ikkita Ф1 va Ф2 bo‘linadi. O‘zgaruvchan Ф2 oqim, mis halqada ex EYuK va ix tok hosil qiladi. Bu ix tok hosil qilgan Фx oqim Ф2 oqim o‘zgarishiga qarshilik ko‘rsatadi. Agar, masalan, Ф2 oqim hozirgi paytda ortib boradi-gan bo‘lsa, Фx oqim unga teskari yo‘nalgan, ammo Ф1 oqim bilan bir xil yo‘nalishli bo‘ladi.



Download 50.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling