13. Gen-regulyator vazifasi – ayrim oqsillarning nuklein kislotalarning qoli’
vazifasini va genetik axborotning ko`chirilishini boshqarishda ishtirok etishi.
Gistonlar – re’likatsiyani boshqarilishida va qisman DNK uchastkalarining
transkri’tsiyasida ishtirok etadi. Kislotali oqsillar – DNK ning ayrim qismlarida
transkri’tsiya jarayonining boshqarilishida ishtirok etadi.
14. Immunologik yoki antitoksin vazifasi –barcha immun tanalar oqsillardir.
Ular antigen-antitana kompleksi hosil qilish yo`li bilan organizmga kirgan
bakteriyalarni, yot oqsillarni yuksak spetsifiklik bilan bog`laydilar, parchalaydilar va
zararsizlantiradilar. A, M, G va boshqa immunoglobulinlar ximoya vazifasini
bajaradi. Antigen – antitana kompleksini hosil qiluvchi oqsil – komplement oqsili.
15. Toksigenlik vazifasi – organizmlar, asosan mikroorganizmlar tomonidan
ishlab chiqilgan ayrim oqsillar va peptidlar boshqa organizmlar uchun zaharli
hisoblanadi. Masalan botulinik toksin – botulizm tayoqchasi tomonidan ishlab
chiqariladigan peptid.
16. Zararsizlantiruvchi vazifasi – oqsillar funktsional guruhlari hisobiga
zaharli birikmalar bo`lgan og`ir metallar, alkoloidlarni bog`lash yo`li bilan
zararsizlantiradi. Albuminlar og`ir metallar va alkoloidlarni bog`laydi.
17. Gemostatik vazifasi – tromb hosil bo`lishi va qonning to`xtashida ishtirok
etadi. Fibrinogen – qon zardobining oqsili bo`lib, trombning asosini tashkil etuvchi
to`rni hosil qiladi.
Bu ko`rsatib o`tilgan asosiy vazifalardan tashqari oqsillar yana juda ko’p
biologik faol strukturalarning tuzilishida va funktsiyasida ishtirok etadilar. Maslan
hayvon zaharlarining aksari ham oqsil tabiatiga ega, ko`rish ‘igmenti rodo’sin va
xokazolar.
1. Glikoproteidlar va ularning biologik ahamiyati.
Murakkab oqsillar oqsil bo`lmagan bo`laklarining tabiatiga qarab bir nechta
guruhlarga bo`linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |