2-ma’ruza. Oqsillar. Aminokislotalarning fizik-kimyoviy xossalari oqsillarning strukturaviy tuzilishi darajalari Reja


Download 432.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana11.03.2023
Hajmi432.23 Kb.
#1258333
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-MA\'RUZA

Interferonlar. Ko’pchilik turdagi viruslar ko’payishining ingibitorlaridir. 
Kashf etilgan bir necha tur interferonlar (α, β, γ) mavjud. Ularning ba’zilari gen 
injeneritasi usulida olingan. Interferonlar hujayrada virus nuklein kislotasining 
kiritilishiga javoban hosil bo`lib, virus agressiyasi (infektsiyasi) ni chegaralaydi. Ular 
nafaqat virus infektsiyasi uchun, balki saratonga chalinganda ham asosiy o’imoya 
oqsili hisoblanadi. 
Immunoglobulinlar. 
Immunoglobulinlar 
yoki 
qarshi 
tanachalar 
glikoproteinlar sinfiga kirib, o’imoya vazifasini bajaradi, organizmga tushayotgan yot 
moddalar – turli kimyoviy tabiatga ega bo`lgan antigenlarni zararsizlantiradi. Ular 
limfotsitlardan hosil bo`lgan plazmatik hujayralarda sintezlanadi. 


5. Oqsil-yog` komplekslari. Lipoproteidlar va proteolipidlar oqsillarning 
yog`simon moddalar bilan hosil qilgan komplekslaridir. Yog` oqsil komplekslari 
erkin Lipoproteidlar (sut, qon Lipoproteidlari) va memrana tarkibida bo`ladigan 
struktura proteolipidlariga bo`linadi. Lipoproteidlar suvda eriydi. Ularning strukturasi 
o`ziga xos bo`lib, yog`simon komponent molekulaning ichida, sirti esa oqsil qavat 
bilan qo’langan. proteolipidlarda esa aksincha, oqsil komponenti ichkarida bo`lib, 
sirti yog` modda bilan o`ralgan. Shuning uchun ular yog` erituvchilarda eriydi. 
Lipidlarning oqsillar bilan hosil qilgan komplekslari zarrachalarining kattaligi, 
eruvchanligi va boshqa fizik-kimyoviy xossalari bilan farqlanadilar. Elektroforezda 
bu komplekslar asosan, plazma oqsillari, alfa- va beta-fraktsiyalari bilan birga siljiydi. 
Shuning uchun ham ular alfa- va beta- Lipoproteidlar deb ataladi. Yog`lar xazm 
qilinib, ingichka ichakdan so`rilgandan so`ng qonda paydo bo`ladigan xilomikronlar 
(diametri 1 mikronga yaqin tomchilar yoki zarrachalar) ham Lipoproteid 
kompleksidan iborat. 
Lipoproteidlar kompleksida qutblanmagan triasilglitserin va xolesterin efirlari 
polipeptid zanjirlarining suvda eriydigan gidrofil qismlari va fosfolipidlarning 
qutblangan “bosh”laridan tashkil topgan parda bilan o`ralib, ular zarracha ichiga
berkitilgan holatda bo`ladi. Shuning uchun lipidlarga boy bu tuzilma suvda erish 
qobiliyatiga ega va yog` moddalarini ingichka ichakdan yog` depolariga va boshqa 
to`qimalarga qon orqali tashish uchun qulaydir. 
Qon plazmasi Lipoproteidlari xilomikronlardan tashqari uch asosiy guruhga 
bo`linadi: zichligi juda past Lipoproteidlar (ZJ’L’) – ‘re-beta-Lipoproteidlar, zichligi 
past Lipoproteidlar (Z’L’) – beta-Lipoproteidlar va zichligi yuqori Lipoproteidlar 
(ZYL’) – alfa-Lipoproteidlar. 
Xilomikronlar, ‘re-beta-Lipoproteidlar va beta-Lipoproteidlarda oqsilning 
miqdori 30% dan kam, alfa-Lipoproteidlarda esa 50% oqsil bo`ladi. Alfa-
Lipoproteidlarda o`ramli, beta-Lipoproteidlarda esa qatlamli konfiguratsiyaga ega 
oqsillar bo`lishi taxmin etiladi. Lipoproteidlarning tasnifi Lipoproteid kompleksining 
zichligiiga asoslangan. Zichlik birligi esa o`z navbatida oqsil va turli lipidlarning 
nisbatiga bog`liq. Lipidlarning miqdori qancha ko’p bo`lsa, Lipoproteidlarning 


tig`izligi shuncha past va ular qon plazmasini katta tezlikda sentrifugalash davomida 
shuncha tezlik bilan yuqoriga suzib chiqadilar.
Keyingi vaqtlarda tibbiyotda qon plazmasi tarkibida Lipoproteidlar 
fraktsiyalarining miqdorini aniqlashga katta ahamiyat berilmoqda. Chunki, juda ko’p 
dalillar asosida ateroskleroz nomli og`ir va keng tarqalgan yurak-tomir kasalligini 
paydo bo`lishi qonda Z’L’ miqdorining kamayishiga bog`liq degan fikr 
tasdiqlanmoqda. plazma lipidlari tarkibidagi o`zgarish xolesterin va uning efirlarini 
qon tomirlarining ichki yuzasida o`tirib qolishiga sabab bo`ladi. 
Struktura Lipoproteidlari biologik membranalar tarkibiga kiradi. Ularning 
fizik-kimyoviy xossalariga ko`ra proteolipidlar deb ataladi, chunki ular qutbsiz 
erituvchilar (xloroform-metanol 1:1 aralashmasi) da eriydi. proteolipidlarning bunday 
xossaga ega bo`lishining sababi ular molekulasining ichki qismini oqsil, qobig`ini esa 
lipid komponenti tashkil etadi. Ular tarkibidagi oqsillar 65-85% dan iborat. 
proteolipidlar yurak, buyrak, o’pka, skelet muskullarida, o`simlik hujayralarida, 
ko`proq nervlarning miyelinli qobiqlarida aniqlangan. Turli organlardagi 
proteolipidlar tarkibi turlicha. Ular nerv tolalarining fiziologik vazifalarini 
ta’minlashda va moddalarni o`tkazilishida ishtirok etadi. 

Download 432.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling