2-MA’RUZA. Oqsillar. Aminokislotalarning fizik-kimyoviy xossalari
oqsillarning strukturaviy tuzilishi darajalari
Reja:
1 Oqsillarning biologik vazifalari.
2 Glikoproteidlar va ularning biologik ahamiyati.
3 Yog`-oqsil komplekslari va fosfoproteidlar.
Oqsillarning biologik vazifalari. Oqsillar hujayrada
boshqa birikmalarga
(kimyoviy komponentlarga) qaraganda ancha ko’p jarayonlarda xilma-xil vazifalarni
bajaradilar. Hamma proteinlarning struktura elementlari bir xil aminokislotalardan
iborat bo`lsa ham, ularning oqsil molekulasidagi nisbiy
miqdorlari va joylanish
o`rinlari turlichadir. Oqsillarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Katalitik vazifasi – shu vaqtgacha kashf
etilgan barcha biologik
katalizatorlar – fermentlar oqsillardir. Bir hujayrada ularning soni 2000 dan ortiq.
Bunday vazifa faqat oqsillar uchungina xosdir.
2. Oqsil gormonlar – bir qator ichki sekretsiya bezlarining mahsulotlari peptid
va oqsil tabiatiga ega.
Masalan insulin, o`sish gormoni va boshqalar.Ular hujayra
ichida va butun organizmda moddalar almashinuvini boshqarib turadi.
3. Retseptorlik vazifasi – hujayra yuzasida va ichida
har xil regulyatorlar
(
gormonlar, mediatorlar, siklik nukleotidlar) ning tanlab o`tkazishi.
4. Tashish vazifasi – to`qimalar orasida va
hujayra membranasi orqali
moddalarning bog`lanishi hamda tasxilishi. Qonda kislorodni tashish tamomila oqsil
– gemoglobin tomonidan bajariladi. proteinlar qonda lipidlar, ba’zi gormonlar,
vitaminlar, metall ionlari bilan kompleks hosil qilib, ularni tegishli to`qimalarga
etkazadilar.
5. Struktura vazifasi – turli xil membranalarning tuzilishida ishtirok etadi.
Masalan mitoxondriyaning, plazmatik membrananing struktura oqsillari. Lekin bunda
oqsillar hujayra skeleti, xromosomalar, membrana, ribosomalar, retseptorlar tarkibida
boshqa moddalar bilan birgalikda qatnashadi.