2-ma’ruza. Oqsillar. Aminokislotalarning fizik-kimyoviy xossalari oqsillarning strukturaviy tuzilishi darajalari Reja


Download 432.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana11.03.2023
Hajmi432.23 Kb.
#1258333
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-MA\'RUZA

Uglevod-oqsil komplekslari. Bunday makromolekulalar ikki turga bo`linadi: 
glikoproteidlar 
va 
proteoglikanlar 
yoki 
polisaxarid-oqsil 
komplekslari. 
Glikoproteidlarning uglevod qismi kichikroq, muntazam tuzilishga ega bo`lmagan 
geteropolisaxaridlardan tuzilgan. Makromolekulaning 80-90% ini oqsil tashkil etadi. 
Glikoproteidlar uchun uglevod-peptid bog`i xos bo`ladi. Bunday bog`larning 
quyidagi turlari mavjud: glikozilamid – monosaxarid asparaginning amid guruhi bilan 
bog`langan bo`ladi, masalan immunoglobulin, glikoproteidli fermentlar va 
gormonlarda; O-glikozid – monosaxarid serin yoki treoninning OO’-guruhi bilan 
bog`langan bo`ladi, masalan so`lak tarkibidagi mutsinda, qon guruhi moddalarida, 
ba’zan kollagen oqsillarda gidroksilizin yoki gidroksiprolinning OO’-guruhi bilan 
bog` hosil qiladi. 
Uglevod komponenti kam qismni tashkil etsa ham glikoproteidning oqsil 
molekulasiga sifat jihatdan yangi xususiyatlarni beradi. Jumladan glikoproteidlar 
uchun proteinlardan farqli ravishda issiqqa chidamlilik kuchli (termostabil). Ular 
yuqori va past haroratga fizik-kimyoviy xossalarini o`zgartirmagan xolda bardosh 
bera oladi. Bu esa agar biror oqsil haroratli denaturatsiyaga chidamli bo`lsa, demak u 
glikoproteid deb hisoblashga asos bo`la oladi. Glikoproteidlar boshqa oqsillardan 
farqli ravishda tripsin, pepsin singari proteolitik fermentlar ishtirokida qiyin xazm 
bo`ladi.Glikoproteidlarning uglevod qismi oqsilga yuqori darajadagi s’etsifiklik
beradi. Hujayra yuzasidagi makromolekulalar bunga misol bo`la oladi. 
Glikoproteidlar tirik organizmlarning hamma vakillarida keng tarqalgan. Hayvon, 
o`simlik organizmlarida, mikroorganizmlarda xilma-xil vazifalarni bajaradilar: 
hujayralararo aloqalarda yuksak molekulalar uchun retseptorlik, gidrofob moddalar 
va metall ionlari (transkortin, serrulo’lazmin, ga’toglobin, transferrin)ni tashish, ivish 
(protrombin, fibrinogen) va immunitet (immunoglobulinlar). Glikoproteidlarga bir 
qator xolinesteraza, ribonukleaza B kabi fermentlar va gonadotro’in, kortikotro’in 
gormonlari kiradi. 
Glikoproteidlar haroratga chidamli bo`ladi. Masalan qaynoq buloqlarda 
yashaydigan mikroorganizmlarning hujayra membranasi tarkibida glikoproteidlar 
bo`ladi. Tashqi kimyoviy va termik ta’sirlarga chidamli s’orali bakteriyalarning 


ka’sulalari glikopeptid va glikoLipoproteidlarga ega. Antarktida baliqlarida 
glikoproteidlar antifriz vazifasini bajarib, organizmining ichki muhitida muz 
kristallari hosil bo`lishiga yo`l qo`ymaydi.Shuningdek, jigarda sintezlanadigan, 
qonning ivishiga zid bo`lgan modda – ge’arin, ko’p bakteriyalarning antigenlari 
glikoproteidlardir.Glikoproteidlarning alohida bir guruhini glyukozaminoglikanlar 
yoki kislotali mukopolisaxaridlar tashkil etadi. Ular chin glikoproteidlardan asosan 
o`z tarkibida ko’p martalab takrorlanadigan, ko’pincha o`ziga xos disaxarid 
birliklarini tutishi bilan farqlanadilar. Glyukozaminoglyukanlar oqsil molekulasi 
bilan bog`lanib, proteoglikanlarni tashkil qilganlarida molekulaning asosiy qismi 
polisaxaridlarga to`g`ri keladi. Ular birinchi marta so`lak tarkibidagi yopishqoq 
proteoglikan – mutsindan olingani uchun nordon mukopolisaxaridlar deb ham ataladi.
proteoglikanlarning aksariyati to`qima hujayralari orasidagi bo`shliqni to`latib 
turadigan dirildoq (gel) shaklidagi asosiy moddada bo`ladi. Bundan tashqari ular 
tog`ay, pay, ko`zning muguz pardasi, teri, bo`g`inlarni namlab turadigan suyuqlik 
tarkibida bo`ladi proteoglikanlar qatoriga gialuronat kislota, ge’arin, xondroitinsulfat 
kislota va boshqalar kiradi. 
So`lakda va turli xil sxilimshiq bezlarning sekretlari tarkibida uchraydigan mutsin bu 
suyuqliklarga yuqori darajada yopishqoqlik xususiyatini beradi, ovqatning 
oshqozonga sirg`anib tushishini engillashtiradi, og`izning sxilimshiq pardasini zararli 
mexanik, issiqlik va kimyoviy ta’sirlardan saqlab turadi. 

Download 432.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling