2-ma’ruza. Oqsillar. Aminokislotalarning fizik-kimyoviy xossalari oqsillarning strukturaviy tuzilishi darajalari Reja


Download 432.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana11.03.2023
Hajmi432.23 Kb.
#1258333
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-MA\'RUZA

6. Tayanch yoki mexanik vazifasi – ahamiyati jihatdan struktura vazifasiga 
yaqin. Hujayralararo strukturalarni tuzilishida ishtirok etib, tayanch to`qimalarining 
mustahkamligini ta’minlaydi. Oqsillar biriktiruvchi to`qimaning asosiy qurilish 
materialidir: kollagen – suyak to`qimasi, paylarning struktura elementlari; fibroin – 
‘illaning i’ak qavatini hosil bo`lishida ishtirok etadi; beta-keratin – jun, 
tiRNKoqlarningsrtuktura asosi. 
7. Zaxira yoki trofik vazifasi – rivojlanayotgan hujayraning oziqlanishi uchun 
oqsillarning zao’ira modda sifatida foydalanilishi. Oqsillar chegaralangan miqdorda 
qonda, ba’zi to`qimalarda, ko’p miqdorda o`sayotgan o’omilada, o`simliklar donida, 
tuxum va sutda bo`lib, zarur sharoitda sarflanadilar. Bunga bug`doy doninig zao’ira 
moddasi – prolaminlar va glutelinlarni misol keltirish mumkin. Shuningdek, 
ovalbumin – tovuq tuxumining zao’ira oqsili bo`lib, murtakning rivojlanishida sarf 
bo`ladi. 
8. Substrat-energetik vazifasi – parchalanish jarayonlarida oqsil substrat 
sifatida ishtirok etib, energiya hosil qiladi. 1g oqsil parchalanganda 17,1 kJ energiya 
ajraladi. Bunga karbonat angidrid, suv, va siydikchilgacha parchalanadigan 
oqsillarning hammasi kiadi. 
9. Qisqarish vazifasi – kimyoviy energiyadan foydalanib qisqarish. 
Muskullarning qisqarishi oqsillar ishtirokida kechadi. Ularning eng muhimlari aktin 
va miozin qisqaruvchi muskul tolalarini tashkil qiladilar. 
10. Elektroosmotik vazifasi – membranada elektr zaryadlarining farqi va 
ionlar kontsentratsiyasining gradientini hosil qilishda ishtirok etadi. Na+, K+ ATF 
aza hujayra membranasida Na+ va K+ ionlarining va elektr zaryadlarining farqini 
hosil qiladi. 
11. Energiya transformatsiyalash vazifasi – elektr va osmotik energiyani 
kimyoviy energiyaga transformatsiya qilish. ATF-sintetaza membranada elektr 
‘otentsiallar turlicha bo`lganda yoki ionlarning osmotik kontsentratsiyasining 
gradientiga qarab ATF sintezlaydi. 
12. Kogenetik vazifasi – oqsillarning yordamchi genetik vazifasi (“ko” – lat. 
birgalikda). Oqsillarning o`zi genetik material hisoblanmaydi, lekin ular nuklein 


kislotalarga o`z-o`zini hosil qilish va axborotni o`tkazilishida yordam beradi. Masalan 
DNK-polimeraza – DNK re’likatsiyasida ishtirok etadi; DNK ga bog`liq RNK-
polimeraza DNK dan RNK ga axborotning ko`chirilishida qatnashadi. 

Download 432.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling