2-ma’ruza. Oqsillar. Aminokislotalarning fizik-kimyoviy xossalari oqsillarning strukturaviy tuzilishi darajalari Reja


Download 432.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana11.03.2023
Hajmi432.23 Kb.
#1258333
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-MA\'RUZA

Oksigemoglobin PbO2 – gemoglobinning kislorod bilan to`g`ridan –to`g`ri 
birikishidan hosil bo`ladi. Bu birikma beqaror bo`lib, uning qondagi miqdori 
kislorodning partsial bosimiga qarab o`zgarib turadi: kislorod partsial bosimi baland 
bo`lgan o’pka alveolalarida qon kislorod bilan to`yinadi va O’bO2 miqdori ortadi. 
To`qimalarda kislorodning partsial bosimi past bo`lganidan oksigemoglobin bu yerda
dissotsiyalanib, hujayralarga kislorod beradi. partsial bosim 10,6 dan 2,6 k’a ga – 4 
baravar pasayganda oksigemoglobin 80 % kisloroddan ozod bo`ladi. Agar gemlar 
mustaqil (avtonom) tarzda harakat qilganlarida bosim 90 marta pasayishi kerak bo`lar 
edi. Ammo bunday bo`lishi mumkin emas, chunki kislorodning asosiy qismi gemdan 
chiqa olmas va to`qimalar undan foydalanmas edi. Buning natijasida inson 
atmosferada toza kislorod bo`lganda ham nafas ololmas edi. Demak, gemoglobinning 
tashib yuradigan kislorodi miqdori quyidagi oddiy tenglama bo`yicha kislorodning 
partsial bosimiga bog`liq bo`ladi: 
C + O2 ------- CO2 
Gemoglobin eritmasi bilan muvozanatda bo`lgan kislorodning partsial bosimi 
kamaytirilganda qaytarilgan gemoglobin hosil bo`lib, unda temiRNKing valentligi 
ham ikkiligicha qoladi. 
Karboksigemoglobin CO  - gemoglobinning uglerod (II)-oksidi – is gazi bilan 
hosil qilgan birikmasi. Bu modda odam nafas olgan o’avo tarkibida CO bo`lganda 
vujudga keladi. Bunda gemning uglerod (II)-oksidi bilan birikishi kislorodga nisbatan 
300 marta yuqori. Bu kompleksda gemoglobin va is gazi orasidagi bog` gemoglobin 
bilan 
kislorod 
o`rtasidagi 
bog`ga 
qaraganda 
200 
marta 
mustahkam. 


Karboksigemoglobinning dissotsialanish darajasi kuchsiz bo`lganidan is gazi 
oksigemoglobindan kislorodni osonlik bilan siqib chiqaradi. Shuning uchun nafas 
olgandagi o’avoda 1% is gazi bo`lgandayoq gemoglobinning 95% i karboksi 
gemoglobinga aylanadi. Bunday gemoglobin kislorod bilan birika olmay, o`zining 
kislorod tashish vazifasini bajara olmaydi. Natijada to`qimalar, birinchi navbatda 
miya to`qimasi kislorodning yo`qligi tufayli nobud bo`ladi. Is gazi bilan 
zaharlanishning o`limga olib kelish sababi ham ana shunda. Karboksigemoglobinda 
ham temiRNKing atomi ikki valentli. 

Download 432.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling