2-ma’ruza. Oqsillar. Aminokislotalarning fizik-kimyoviy xossalari oqsillarning strukturaviy tuzilishi darajalari Reja


Download 432.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana11.03.2023
Hajmi432.23 Kb.
#1258333
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-MA\'RUZA

Fosfoproteidlar – oqsil molekulalarining fosfat kislota bilan hosil qilgan 
kompleksidir. Ular gidroliz qilinganda, aminokislotalardan tashqari, fosfat kislota 
ham ajralib chiqadi. Fosfoproteidlar molekulasida fosfat kislota serin va boshqa 
oksiaminokislotalar bilan efir bog`i orqali birikkan deb hisoblanadi. Ularga sut oqsili 
kazein, tuxumdan ajratib olingan ovovitellin va baliq urug`idan olingan ixtulinlar 
kiradi. Fosfoproteidlarda oqsilning fosforillanishi uning vazifasini ham o`zgartiradi. 
Maxsus fermentlar ishtirokida oqsillarning fosforillanishi va defosforillanishi 
(masalan, glikogenfosforilaza, lipaza) ularning hujayradagi vazifasini boshqaradi. 
Gistonlarning fosforillanishi ularning DNK bilan bog`lanishini susaytiradi va 
DNKning matritsa faolligini boshqaradi. 
6. Kofaktorproteidlar. Bunday aralash makromolekulalar oqsil va oqsil 
bo`lmagan qism – kofaktorlardan tashkil topgan. Bunda vitaminlar va ularning 


unumlari – kofermentlari tarkibida porfirin tutuvchi makrotsiklik biometallar 
kofaktor sifatida ishtirok etadi. 
Kofaktorproteidlar rangli yoki rangsiz bo`lishi mumkin. Rangli murakkab 
oqsillar xromoproteidlar (grek. copromos – bo`yoq) deb atalib, ularga quyidagilar 
kiradi: 
1) gemproteidlar (oqsil bo`lmagan qismi – gem); 
2) xlorofillproteidlar (oqsil bo`lmagan qismi – xlorofill); 
3) kobamidproteidlar (oqsil bo`lmagan qismi – B
12 
vitamini); 
4) retinalproteid (oqsil bo`lmagan qismi – A vitamini); 
5) flavoproteidlar (oqsil bo`lmagan qismi – flavinlar). 
Kofaktorlarning asosiy qismini fermentlar tashkil etadi. 
Tarkibida porfirin saqlovchi proteidlarga gemproteidlar, xlorofillproteidlar va 
kobamidproteidlar kiradi. porfirinlarning kimyoviy tarkibini negizini metilen 
ko’prikchalari orqali bog`langan 4 ta pirrol halqadan iborat makrotsikl – porfin 
tashkil etadi. 

Download 432.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling