2-ma’ruza. Oqsillar. Aminokislotalarning fizik-kimyoviy xossalari oqsillarning strukturaviy tuzilishi darajalari Reja


Download 432.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana11.03.2023
Hajmi432.23 Kb.
#1258333
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-MA\'RUZA

Gemproteidlar. Bioximiyaviy vazifasiga ko`ra gemproteidlar ferment 
bo`lmagan (gemoglobin, mioglobin va o’.k.) va fermentlar (sitoxromlar, katalaza, 
peroksidaza va o’.k.) larga bo`linadi. Gemproteidlarning oqsil bo`lmagan qismi – gem 
metalloporfirinli kompleks hisoblanadi. Metin (- CH) guruhlari orqali bog`langan 4 
ta pirrol halqasidan iborat porfin skeleti gem tarkibida ikki valentli temir atomi bilan 
koordinatsiyalovchi aloqada bo`ladi. porfin skeletidagi pirrol halqalarining 8 ta 
vodorod atomining turli yon shoxchalar bilan almashinuvi natijasida porfirinlarning 
izomerlari hosil bo`ladi. Gem molekulasida temir bilan bog`langan IX protoporfirin 
tarkibida ikkita vinil, to`rtta metil va ikkita propionat kislota qoldiqlari ma’lum 
tartibda pirrol halqalaridagi vodorod atomlarining o’pO’ini oladi. IX protoporfirini 
kompleksi protogem yoki yoki gem, uch valentli temir bilan esa gemin deb aytiladi. 
Temir uchun koordinatsiyalar soni 6 ga teng. Gemda ikki valentli temir atomi ikki 
pirrol halqalarining azot atomlariga asosiy (kovalent) bog`lar bilan, qolgan ikkitasi 
qo`shimcha (koordinatsion) bog`lar bilan bog`langan. Qolgan ikkita koordinatsion 
bog`larning biri oqsil bilan bog`lanishga, ikkinchisi esa turli ligand (fiziologik-


kislorod, suv; yot- CO, sianid va h.k.)lar bilan bog`lanadi. IX gemdan tashqari a,c,d 
gemlari ham mavjud. 
Gemoglobin oqsil – globin (giston) va gem deb ataluvchi temirprotoporfirindan 
iborat metalloprotein. U qizil qon tanachalari – eritrotsitlar tarkibida bo`ladi. Uning 
fiziologik vazifasi kislorodni o’pkadan to`qimalarga tashishdan iborat. Gemoglobin 
to`rtlamchi strukturaga ega. Uning molekulyar massasi 66000-68000 gacha. 
Gemoglobin tarkibidagi globin oqsilining o`zi 4 ta polipeptid zanjiridan iborat 
bo`lib, bu zanjirlarning har jufti bir xil tuzilishga ega. Ular alfa- va beta zanjirlar deb 
belgilangan va birlamchi strukturalari aniqlangan: alfa-zanjir 141; beta-zanjir 146 ta 
aminokislota qoldig`idan iborat. Gemoglobinning fiziologik turlari odam organizmi 
rivojlanishining turli bosqichlarida – embrionlikdan katta yoshgacha polipeptid 
zanjirlari yoki subbirliklari bilan farq qiladi. Gemoglobinning quyidagi turlari 
farqlanadi: oddiy (‘rimitiv) gemoglobin – O’b’; fetal gemoglobin – O’bF (lat. fetus – 
o’omila), katta yoshdagilar gemoglobini – O’bA, O’bA
2
, O’bA
3
(lat. adultus – katta 
yoshdagi). O’bA
2
qondagi gemoglobinning faqat 2,5 % ini tashkil qiladi; u ham 4 ta 
polipeptid zanjiriga ega. Ularning ikkitasi alfa, qolgan ikkitasi esa sigma-zanjirlardir. 
Yangi tug`ilgan bola bir yoshga yetguncha uning qonidagi O’bF asta-sekin O’bA 
bilan almashinadi, lekin katta yoshli odam qonida ham taxminan umumiy gemoglobin 
miqdorining 1,5 % i fetal gemoglobinga to`g`ri keladi. Odamlar qonida doimiy 
mavjud bo`lgan normal gemoglobindan tashqari juda ko’p mutant gemoglobin turlari 
kashf etilgan. Elektroforez va xromotografiya usullaridan birgalikda foydalanish 
odamlar qonida shakli, kimyoviy tarkibi va zaryadining kattaligi bilan farqlanadigan 
150 ga yaqin mutant gemoglobinlarning uchrashini tasdiqladi. Anomal gemoglobinlar 
ko’pincha nuklein kislota molekulasida yagona aminokislotani kodlovchi 
tri’letlarning o`zgarishidan kelib chiqqan mutatsiya oqibati bo`lib, nasldan-naslga 
o`tadi. Ko’pincha bunday mutant gemoglobinlarda nordon aminokislota asos yoki 
neytral aminokslota bilan almashingan bo`ladi. 
Gemoglobin tabiatda uchraydigan barcha moddalar orasida molekulyar 
kislorod bilan qaytalama birikish qobiliyatiga ega bo`lgan birdan-bir moddadir. Bu 
xususiyat gemoglobinning qizil qon tanachalari ichida kislorodni tashib yurishdan 


iborat g`oyat muhim biologik ahamiyatini belgilaydi. 1 g gemoglobin eritmada 
normal sharoitda taxminan 1,36 ml kislorod bilan birikadi. Uning prostetik guruhi 
yoki oqsil qismi biror kimyoviy o`zgarishga uchrasa, bu xususiyat yo`qoladi. 
Gemoglobin is gazi va boshqa gazlar bilan oson birikadi, ammo qonda 
gemoglobinning bunday hosilalari uchramaydi, chunki bu gazlar nafas orqali 
organizmga kirganda hosil bo`ladi. Gemoglobinning quyidagi hosilalari muhim 
ahamiyatga ega. 

Download 432.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling