2– Ma’ruza. O‘zbekistonda yengil atletikaning rivojlanishi va jismoniy tarbiya tizimidagi o‘rni reja
OLIMPIYADA O’YINLARIDA VA JAHON CHEMPIONATLARI SPORTCHILARIMIZNING ISHTIROKI
Download 42.47 Kb.
|
2-MA\'RUZA
2.3.2. OLIMPIYADA O’YINLARIDA VA JAHON CHEMPIONATLARI SPORTCHILARIMIZNING ISHTIROKI
O’zbekiston Yengil atletika Federastiyasi 1992 yilda (IAAF) IAAFga a’zo sifatida qo’shilgan bo’lsada Barsonala-1992 Olimpiyada O’yinlarida Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH) tarkibida ishrok etgan. Shunga qaramasdan O’zbekiston MDH tarkibidan ishtirok etgan 15 mamlakat o’rtasida 1 ochko bilan 5 o’rinni egallaydi. Ramil G’anievning 10 kurashchilar 24 mamlakatdan 36 ishtirokchi o’rtasida 8 o’rinni egallab 1 ochkini mustaqili O’zbekiston tarkibiga yozadi. Bunga e’tiboran Ramil G’aniev 100 m. masofaga yugurishda 10,97 sek., uzunlikka sakarashda 749 sm, yadro itqitishdan 14,35 m., balandlikka sakrashdan 212 sm., 400 m.ga yugurishdan 49,30 sek., 110 m. g’ovlar osha yugurishdan 14,78 sek., lappak uloqtirishda 45,08 m., langarcho’p bilan sakrashda 4,90 m., nayza uloqtirishda 54,70 m. va so’nggi mashq 1500 m. masofaga yugurishda 4:42,20 natija ko’rsatib jami 8160 ochko to’plagan. 1996 yili Atlantada bo’lib o’tgan Olimpiyada o’yinlarida endi O’zbekiston Yengil atletika jamoasi ham mustaqil “O’zbekiston” qatnashib 191 mamlakat ishtirok etgan yengil atletika musobaqalari 65 o’rinni qo’lga kiritadi. Bunga yana Ramil G’aniev katta xissa qo’shadi. Bu safar uning natijalari yuqoriroq bo’ldi. Lekin oldingiga nisbatan sportchilar soni ko’proq edi 24 mamlakatdan 40 ishtirokchi o’rtasida 8 o’rinni egallaydi. 100 m. masofaga yugurishda 10,84 sek., uzunlikka sakarashda 761 sm, yadro itqitishdan 14,71 m., balandlikka sakrashdan 213 sm., 400 m.ga yugurishdan 49,14 sek., 110 m. g’ovlar osha yugurishdan 14,88 sek., lappak uloqtirishda 47,86 m., langarcho’p bilan sakrashda 5,20 m., nayza uloqtirishda 53,70 m. va so’nggi mashq 1500 m. masofaga yugurishda 4:42,74 natija ko’rsatib jami 8318 ochko to’plagan. Sekin asta O’zbekiston sportchilarining Olimpiyada O’yinlarida ishtirokchilari soni ko’payib bordi. Sidney-2000 musobaqalarida 15 nafar yengil atletikachi qatnashgan. 2004 yil Afina shahrida bo’lib o’tgan Olimpiyada o’yinlarida 12 nafar yengil atletika chilar qatnashgan. Pekin-2008 da ham 12 nafar ishtirokchi qatnashgan. Shuni alohida e’tirof etish kerakki ushbu Olimpiyada O’yinlari 2 nafar juda ham yosh sportchilarimiz Anastasiya Svechnikova (16 yoshga to’lmasda) va Bobur Shokirjonovlar (17 yoshga to’lmasda) kattalar bilan barobar kuch sinashganlirini aytib o’tish mumkin. Leonid Andreev langarcho’p bilan sakrashda yarim final 5,75 m.natija ko’rsatadi final bosqichida undan past natija ko’rsatib 12 o’rinni qo’lgan kiritadi. Jahon chempionatlarida ham o’zbekistonlik yengil atletikachilar munosib ishtirok etib kelmoqda. 2010 yil Qatarning Doha shahrida o’tkazilgan Qishki Jahon chempionatida Yuliya Tarasova 6 o’rinni va Viktoriya Katanova 8 o’rinni qo’ga kiritadi. Download 42.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling