2– Ma’ruza. O‘zbekistonda yengil atletikaning rivojlanishi va jismoniy tarbiya tizimidagi o‘rni reja


SPORTCHILARNI KO’RSATGAN NATIJALARI


Download 42.47 Kb.
bet3/10
Sana15.11.2023
Hajmi42.47 Kb.
#1775524
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-MA\'RUZA

2.3. SPORTCHILARNI KO’RSATGAN NATIJALARI


Mamatqul Altibaev 1953 yilning 1 yanvarida O’zbekiston sportchilari qo’lga kiritgan yutuqlarning uchtasi unga, ya’ni sobiq Ittifoq sporti ustasiga tegishlidir. Respublikada 1500, 5000, 10000 m.ga yugurishda unga teng keladigan sportchi yo’q edi.
Farida Xasanova. Sobiq Ittifoq sport ustasi. 400, 500, 800, 1000, 1500 metrli masofada O’zbekiston rekordchisi, u besh masofada musobaqalarda ishtirok etib, sportda uzoq muddatda qatnashish qobiliyati bilan barchani lol qoldirgan.
Aleksandr Chexonin. 1953 yilgi rekordlar jadvalida 800 va 1000 masofaga yugurish bo’yicha ikkita respublika rekordini qo’ygan. 50-yillarda o’tkazilgan o’rta va uzoq masofalarga chopish bo’yicha 18 marotaba O’zbekiston chempioni bo’lgan. O’rta masofaga yugurish bo’yicha mamlakatning eng etakchi o’n sportchilari orasida uning nomi ettinchi bo’lib turgan.
Nadya Borisova. 1948-1949 yillar mobaynida yengil atletikaning besh yo’nalishi bo’yicha g’alabalarga erishib, 1953 yilda respublikaning etti rekordini o’rnatishga muvaffaq bo’ladi. Sprint, to’siqlar ora yugurish bo’yicha rekordchi, ayollar musobaqalarining ko’pkurash, uchkurash, beshkurash, bellashuvlarida birinchi, ikkinchi, uchinchi o’rinlarni egallaydi. U sportga urushdan oldin kelgan bo’lib, 50-yillarda ham musobaqalarda g’oliblikni qo’ldan bermay kelgan.
Yuriy Krasilnikov. 1952 yili nayza otish bo’yicha respublika rekordini o’rnatdi. 1957 yilda esa balandlikka sakrash bo’yicha shunday yuksak zafarga erishdi. U 10 kurash bo’yicha respublika marralarini egallab, yengil atletikaning bir necha turlari bo’yicha O’zbekiston rekordchisi bo’lib kelgan.
Yuriy Krasilnikov O’rta Osiyo respublikalari va qozog’iston o’rtasida o’tkazilgan spartakiada va uchrashuvlarda 1952 yildan to 60-yillarning boshiga qadar balandlikka sakrash va nayza otishda sovrindor bo’lgan.
Valentina Ballod. 1954 yili Leningradda o’tgan maktab o’quvchilarining I ButunIttifoq spartakiadasida 145 sm balandlikka sakrash bo’yicha III o’rinni, 1955 yilda o’tgan spartakiadada 159 sm sakrab, uchkurash bo’yicha III o’rinni egallaydi.
Maktab o’quvchilarining 1955 va 1957 yillarda o’tgan ButunIttifoq spartakiadalari yengil atletika bo’yicha moxir sportchilar opa-singil Tamara va Irina Presslarni tanitdi. Murabbiy V.P.Bessekernix raxbarligida Tamara 1955 yili yadro, lappak, uchkurash musobaqalari bo’yicha uch oltin medalni qo’lga kiritdi. Irina esa 1957 yili yadro irg’itishda g’olib, beshkurash musobaqalarida ikkinchi sovrindor bo’ldi.
1956 yili Moskvada bo’lib o’tgan sobiq Ittifoq xalqlarining I Spartakiadasida O’zbekiston yengil atletikachilarining terma jamoasi 9-o’rinni egallaydi, O’rta Osiyo davlat universiteti talabasi, Valentina Ballod balandlikka sakrashda spartakiada g’olibi hamda sobiq Ittifoq chempioni bo’lib, 1956 yili Melburnda o’tgan XVI Olimpiya o’yinlarida sobiq Sovet Ittifoqi terma jamoasi tarkibida ishtirok etdi. Sportchining maxorati yildan yil o’sib, mamlakat birinchiligi uchun o’tkazilgan musobaqalarda to’rt marotaba sovrindor bo’ldi. U 1960 yili Rimda o’tgan olimpiadada ishtirok etdi. 1961 yili esa balandlikka sakrash bo’yicha yana mamlakat chempioni bo’ldi.

Download 42.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling