2– Ma’ruza. O‘zbekistonda yengil atletikaning rivojlanishi va jismoniy tarbiya tizimidagi o‘rni reja


Download 42.47 Kb.
bet1/10
Sana15.11.2023
Hajmi42.47 Kb.
#1775524
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-MA\'RUZA


2– Ma’ruza. O‘ZBEKISTONDA YENGIL ATLETIKANING RIVOJLANISHI VA JISMONIY TARBIYA TIZIMIDAGI O‘RNI
Reja:
2.1. O’zbekiston hududida yengil atletikaning rivojlanish tarixi
2.2. O’zbekistonlik sportchilarni хalqaro musobaqalarda ishtiroki
2.3. Sportchilarni ko’rsatgan natijalari
2.3.1. O’zbekiston mustaqillika erishgandan keyingi qo’lga kiritilgan natijalar
2.3.2. Olimpiyada o’yinlarida va jahon chempionatlari sportchilarimizning ishtiroki
2.3.3. Osiyo o’yinlari va chempionatlaridagi ishtiroki
2.4. Jismoniy tarbiya tizimida yengil atletikaning o’rni
2.5. Jismoniy madaniyat fakultetlarida yengil atletikaning maqsad va vazifalari


Tayanch iboralar.

  1. Olimpiada

  2. Musobaqa

  3. Atletika klubi

  4. Assotsiatsiya

  5. Mahorat

  6. Federastiya

  7. NAAF



2.1. O’ZBEKISTON HUDUDIDA YENGIL ATLETIKANING RIVOJLANISH TARIXI

Yengil atletikaning yugurish turlari qadimiy sport turlaridan hisoblanadi. Insoniyat yaralgandan boshlab yugurish turlari bilan muntazam shug’ullanib kelgan. Qadimgi grek afsonalarida aytilishicha, qadimgi yunon pahlavoni Gerakl qirol Avgiem ustidan qozonilgan g’alaba sharafiga aka-ukalar o’rtasida yugurish musobaqasini tashkil etgan. Bu yugurish musobaqasi o’tkazish joyini 600 oyoq panjasi bilan o’lchab chiqib, bu masofani uzun stadion, ya’ni stadiy nomi bilan atagan. Stadion 192,27 m teng bo’lib, dastlabki yugurish musobaqalari ushbu stadionda o’tkazila boshlagan. O’rta masofaga yugurish Gipiy uzoq masofaga yuguruvchilarni giplitodramoslar deb atalgan. Bizgacha etib kelgan qadimiy qo’lyozmalarda yozilishicha Olimpiada o’yinlari qadimdan o’tkazilib kelinganligi haqida ma’lumotlar berilgan. Yugurish musobaqalari eramizdan avvalgi 776 yillarda ham o’tkazilganligi haqida ushbu qo’lyozmalarda ma’lumotlar qoldirilgan. 1580 yillarda ham qadimiy Yunonistonda va Evropa mamlakatlarida Afina va Angliya davlatlarida musobaqalar tashkil qilib o’tkazilganligi haqida ma’lumotlar berilgan. 1850-1870 yillar davomida ham yengil atletika turlari jahon bo’ylab rivojlana boshlagan.


Yengil atletika turlarini rivojlanishi manbalarda berilishicha, O’rta-er dengizi qirg’oqlaridan emas, balki Britaniya orollaridan boshlab rivojlana boshlaganligi haqida XII asrlarda qoldirilgan bitiklardan bizga ma’lum. Yugurish turlarini rivojlanishi hamda ommalashishi haqida A.I.Jilkin va boshqa olimlar tomonidan berilgan ma’lumotlarda 1770 yillarda birinchi bor soatbay yugurishda 1 soat davomida 17 km 300 m natija qayd etilganligi berilgan. Keyinchalik XVIII asr o’rtalaridan boshlab Angliyaning London shahrida yugurish bo’yicha musobaqalar o’tkazilganligi haqida bir qancha ma’lumotlarda bayon etilgan. Angliyaning London shahri kollej o’quvchilari o’rtasida har xil masofalarga 1 yard; 4 yard, 2 milya masofalarga yugurish turlaridan musobaqa o’tkazilganligi olingan manbalardan bizga ma’lum. 1869 yillarda havaskor yengil atletika klublari Angliyada tashkil etila boshlagan, keyinchalik dunyoning ko’pgina davlatlarida ham havaskor yengil atletika klublari ochilgan. 1888 yilda Rossiyada Peterburgning Tyarlevo shaharchasida birinchi bor “Havaskor yengil atletika” klubi ochiladi. Italiya, Franstiya, Avstraliya, Germaniya, Finlyandiya, Chexiya kabi davlatlarda ham “Havaskor yengil atletika” klublari tashkil qilinadi va shu davrlardan boshlab ilk bora Yengil atletika klublari o’z faoliyatlarini boshlaganlar.
Dastlab barcha yengil atletika jamoalari kollej va institutlar tabalari barlashmalari tomonidan tashkil topgan. IAAF Halqaro havaskor yengil atletikachilar Federastiyasi 1912 yilda tashkil topgan.
Gretsiyaning Afina shahrida 1896 yilning 6-15 aprel kunlari o’tkazilgan I Olimpiada o’yinlari dasturidan yengil atletikaning o’rta va uzoq masofalarga yugurish turlari o’rin olgan. Lekin 800-1500 m. masofalarga yugurish turidan sportchilar ishtirok etishgan. 5000-1000 m. masofalarda sportchilar bo’lmaganligi uchun o’tkazilmagan. Ushbu Olimpiyada o’yinlarining 800-1500 m. masofalarida Avstraliyalik sportchi Flek E. g’alaba qozongan.
1900 yilning 20 may – 28 oktyabr oylarida Franstiyaning Parij shahrida o’tkazilgan II Olimpiada o’yinlaridan yengil atletikaning o’rta va uzoq masofalarga yugurish turlaridan medallar uchun kurashgan Buyuk Britaniyalik A. Tizou 800 m. va Ch. Bennet 1500 m. masofada g’olib chiqqanlar. G’olib yengil atletikachilar Kontinental musobaqalarda ham bir necha bor mamlakat chempionati g’olib va sovrindori bo’lishgan. Keyinchalik dunyoning barcha mamlakatlarida o’rta va uzoq masofaga yuguruvchilarni tarbiyalab halqaro musobaqalarga olib chiqishgan.
O’rta masofaga yugurish turlari 1904 yilda o’tkazilgan Olimpiada o’yinlarida 800-1500 m masofalarga yugurish turlaridan Amerika qo’shma shtatlari vakili 800 m 1:56,0 va 1500 m masofalarda D.Laytbodi 4:05,4 natija bilan Olimpiada chempioni bo’lgan.
XIX asrning 1990 yillariga kelib dunyoda o’rta masofalarga yugurish turlari rivojlana boshlagan. Amerika Qo’shma Shtatlari sportchilaridan – D.Laytbodi, M.Sheppard, Mexidit D., angliyalik sportchilardan A.Jekson, A.Xill, franstiyalik J.Gilyamo, finlyandiyadan Paavo Nurmi kabi etuk o’rta va uzoq masoflarga yuguruvchi sportchilar turli davrlarda Olimpiyada o’yinlari, mamlakat birichiligi musobaqalarida g’olib bo’lishgan.
Yengil atletika sportining ayrim turlari (yugurish, nayza otish, sakrash, to’siqlar osha yugurish va x.k.) uzoq vaqtlardan buyon Movarounnaxr o’lkasida istiqomat qiluvchilarning shug’ullanib kelgan mashg’ulotlari, xususan, Sarmish (soyidagi) tog’larida eramizdan bir necha asr oldin qoldirilgan rasmlarda, yuguruvchi, sakrovchi va nayza uloqtiruvchilarni tasviri qoldirilgan.
Buyuk mutafakkir olim Abu Ali ibn Sino bemorlarni davolashda gimnastika, suzish, kurash bilan birga tez yurish, yugurish, sakrash, nayza otish, tosh ko’tarish mashqlaridan unumli foydalangan.
Jaxongir sarkarda bobokalonimiz Amir Temur esa o’z lashkarlarini jismonan baquvvat, epchil va chidamli qilib tarbiyalashda yengil atletikani, past-baland joylarda yugurish (kross), nayza otish, tosh irg’itish, to’siqlardan sakrab yugurish mashqlaridan muntazam ravishda foydalangan.
Chor Rossiyasi Turkiston o’lkasini bosib olgandan so’ng, shu o’lkaga bosqinchilik qilib kelgan yoki surgun qilinganlarning bolalari va Peterburg, Xarkov, Moskvadan ta’tilga chiqib, ota-onalarini ko’rgani kelgan talabalar Toshkent va Skoblev (Farg’ona)da yugurish, sakrash, to’p otish bo’yicha xavaskorlar to’garaklarini ochishadi.
1916 yilda Farg’ona (Skoblev) shaxriga yugurish bo’yicha Rossiyada mashxur bo’lgan Lev Barxash keladi, u yengil atletika ishqibozlari to’garaklarini tuzib, ular bilan birgalikda Marg’ilon soy (Mustaqillik ko’chasi) qirg’og’idagi velosiped sporti bo’yicha mashqlar va poyga o’tkaziladigan o’yingoxni qayta qurib yugurish uchun moslashtiradi, 280 metrlik yugurish yo’lagi quradi va xatto, sakrash uchun qo’ndoqlar o’rnatadi.
U paytlarda shaharlarda yengil atletika to’garaklarida, asosan, katta yoshdagi, juda oz odamlar qatnashganlar. U ham bo’lsa, sport ishqibozlari jamiyatlari, xususiy sport klublari va skautlar tashkilotlari a’zolari bo’lgan.
Jismoniy tarbiya va sportning ommaviy rivojlanishiga katta e’tibor beriladi. Turkiston Respublikasi Xalq ta’limi komissariati qoshida 1919 yilda sport kollegiyasi (komissiyasi) tuziladi. U umumiy Harbiy ta’lim bosh boshqarmasi tomonidan maydonlarda namoyish etiluvchi sport chiqishlari hamda turli musobaqalarni tashkil etish, shuningdek o’quvchilar bilan o’tkaziladigan jismoniy tarbiya mashg’ulotlariga raxbarlik qilgan.
Jismoniy tarbiya madaniyatini rivojlantirish ishi Davlat tizimi bo’lgan umumiy Harbiy ta’lim Bosh boshqarmasi va uning joylardagi tizimlari (umumta’lim) vazifasiga kirgan.
Umumharbiy ta’lim to’la jismoniy tarbiya va sport ishlari ustidan raxbarlikni amalga oshirgan. O’sha paytda ishlab turgan barcha sport jamiyati va to’garaklari ro’yxatga olingan.
Sportning boshqa turlari qatorida shu yili yengil atletika bo’yicha uyushgan mashg’ulotlar tashkil etilgan. 1920 yilning oktyabrida Toshkentda I O’rta Osiyo Olimpiadasi o’tkazilgan. Uning dasturiga futbol, yengil atletika, shaxmat va sportning milliy turlari bo’yicha musobaqalar kiritilgan.
Yengil atletika bo’yicha o’tkazilgan musobaqalarda Farg’ona shaxri jamoasi quvonchli zafarlarni qo’lga kiritgan. Dasturga kiritilgan 12 turning 8 tasida mazkur jamoa a’zolari nafaqat bir marotaba, xatto ikki marotaba birinchi o’rinni egallashadi (G.Bernadskiy, D.Dadoshevich aka-uka Burmakinlar). 8x100 m estafetasida esa Farg’ona jamoasi boshqalardan ancha o’zgan xolda g’alaba qozonadi.
Jismoniy madaniyat va sportni yanada rivojlantirishga bo’lgan extiyoj 1921 yilda “Turkfront”ning umumta’lim boshqarmasi qoshida jismoniy tarbiya bo’yicha Markaziy kengash tuzishga olib keladi.
1920-30 yillarda malakali mutaxassislarga bo’lgan talab kuchli edi. Shuning uchun 1921 yildan boshlab Turkfrontning umumta’lim tizimida uch oylik kurslar ochilib jismoniy ta’lim mualliflarini tayyorlash ishlari amalga oshiriladi. 1926 yildan esa kasaba uyushmalari o’z kengashi bo’yicha sanoat korxonalarida ishlash uchun jismoniy tarbiya yo’riqchilarini tayyorlashga kirishadi.
1922 yilda yengil atletika bo’yicha Turkiston Respublikasi sportchilari qo’lga kiritgan g’alabalarining 1-jadvali tuziladi. Shu davrning etuk yengil atletikachilari: N.Ovsyannikov, P.Taranov, Ya.Valishevlar ishchi va dexqon-yoshlarni yengil atletika ishqibozlari to’garaklariga jalb qilish bo’yicha faol ish olib borishadi. 1924 yilning mayida Toshkentda, o’lkada, birinchi o’yingox (keyinchalik Pishevik deb nomlangan) ochiladi. Xozir uning o’rniga V.S.Mitrovanov nomli suv sporti saroyi barpo etilgan. Shu yilning avgust oyida Umumturkiston jismoniy madaniyat bayrami o’tkazildi. Sportning to’qqiz turi bo’yicha o’tkazilgan bu musobaqalarda respublika viloyatlaridan 260 nafar sportchi qatnashgan.
O’rta Osiyo respublikalari va qozog’istonning davlat millliy tuzilishiga ko’ra, 1924 yilda O’zbekiston SSR tashkil topdi. Shu yildan boshlab O’zbekistonning yengil atletika, bo’yicha qo’lga kiritgan g’alabalari rasman qayd etila boshlandi.
Sobiq O’zbekiston Kompartiyasining II s’ezdi qarorlarini bajara borib, respublika komsomoli jismoniy tarbiya tashkilotlari ustidan otaliqni o’z zimmasiga oldi. Yengil atletika mashg’ulotlariga qishloq yoshlari jalb qilina boshlandi.



Download 42.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling